Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
37 xabardan ham ko‘proq hayratga solgan mutlaqo kutilmagan antiqa bir voqea yuz bermaganda. Birinchi bo‘lib Griboedov uyining darvozasi oldida yo‘lovchilarni kutib turgan izvoshchilar bezovta bo‘la boshlashdi. Ulardan qaysi biriyam o‘rindiqdan turib, qichqirib yubordi: — Ye tavba! Anavini qaranglar! Shu payt cho‘yan panjara oldida qayokdandir paydo bo‘lgan olov «milt» etib yonib, peshayvon tomon yaqinlasha boshladi. Stollar atrofida o‘tirgan xo‘randalar o‘rinlaridan turib, o‘sha tomonga tikilib qaray boshlashdi va o‘sha miltillagan olov bilan birga oppoq bir sharpaning ham restoran tomonga yaqinlashayotganini ko‘rishdi. U shundoqqina gul so‘risi tagiga kelganda xo‘randalarning bari qo‘llarida vilkalarga ilingan sterlyad balig‘i bilan ko‘zlarini baqraytirgancha o‘tirgan o‘rinlarida serrayib qoldilar. Shu mahal papiros chekish maqsadida restoran garderobxonasidan hovliga chiqqan eshikog‘asi papirosni tovoni bilan ezg‘iladi-yu, sharpaning restoranga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun u tomon yura boshladi, lekin keyin, negadir, bu ahdidan qaytib, taqqa to‘xtab qoldida, ovsarona tirjaydi. Oqibat sharpa gul so‘risi ostidan o‘tib, bemalol rovonga qadam qo‘ydi. Ana shundagina bu sharpaning hech qanday sharpa emas, balki taniqli shoir Ivan Nikolaevich Bezdomniy ekaniga hamma shohid bo‘ldi. U yalangoyoq, egniga yirtilib dabdala bo‘lgan oqish rang uzun ko‘ylak va yo‘l-yo‘l oq ishton kiygan edi; ko‘ylagining ko‘ksiga ingliz to‘g‘nog‘ichi bilan noma’lum avliyoning tasviri tushirilgan (tasvir ham o‘chib ketgan edi) qog‘oz ikonani qadab olgandi. Ivan Nikolaevichning qo‘lida yoniq nikoh shami bor edi. Uning o‘ng yonog‘i shilingan edi. Shu hodisa oqibatida rovonda vujudga kelgan sukunatning nechog‘liq teranligini o‘lchash mutlaqo mahol edi. Bir ofitsiantning qo‘lidagi qiyshiq ushlangan krujkadan pivo jildirab oqardi. Shoir shamni boshi uzra ko‘tarib, baland ovoz bilan dedi: — Salom, do‘stlar! — shundan keyin u yaqinroqda turgan stolning tagiga mo‘ralab qaradida, qayg‘uli ohangda dedi: — Yo‘q, bu yerdayam yo‘q u! Shu choq bir erkak va bir ayolning ovozi eshitildi: — Tamom bo‘pti. Telba bo‘lib qolipti, — dedi do‘rillagan erkak ovozi rahmsiz ohangda. — Bu ahvolda uni militsiya qanday tutib olmadi ekan ko‘chada? — dedi qaysiyam bir ayol qo‘rquv ohangida. Ivan Nikolaevich bu gapni eshitib, javob qildi: — Xa, ikki marta: Skatertniy bilan Bronnayada meni ushlamoqchi bo‘lishdi, lekin men devordan oshib qochib qoldim, mana, yuzim shilinib ketdi! — Shundan keyin Ivan Nikolaevich shamni baland ko‘targancha qichqirdi: — Birodari adiblar! (Uning hirqiroq ovozi o‘tkirlashgan va qizg‘inlashgan edi.) Hammangiz gapimga quloq solingiz! U paydo bo‘ldi! Darhol uni tutinglar, aks holda ko‘p og‘ir falokatlarga sababchi bo‘ladi! — Nima? Nima? Nima dedi u? Kim paydo bo‘lipti? — deya shov-shuv ko‘tarishdi odamlar chor yoqdan. — Kottsultant! — javob qildi Ivan. — Ana o‘sha konsultant hozir Patriarx ko‘li yaqinida Misha Berliozni o‘ldirdi. Shu payt ichki zaldan olomon gurra yopirilib chiqib, Ivanning shami atrofida jipslana boshladi. — Kechirasiz, aniqroq gapirsangiz, — degan muloyim ovoz ohista eshitildi Ivan Nikolaevichning qulog‘i ostida. — Aytingchi, qanday o‘ldirdi o‘zi? Kim o‘ldirdi? — Ajnabiy konsultant, professor va josus! — atrofga alanglagancha javob berdi Ivan. — Familiyasi nima uning? — deb Ivanning qulog‘i oldida pichirlashdi. — Hamma balo shunda-da! — alam bilan chinqirib yubordi Ivan. — Koshkiydi familiyasini bilsam! Uning tashrifnomasida yozilgan familiyasini yaxshi ko‘rolmay qoldim... Faqat familiyasining bosh harfi esimda: «Ve». «V»dan boshlanardi familiyasi! Qanaqa familiya «V» bilan boshlanishi mumkin? — Ivan peshanasini changallagancha o‘ziga o‘zi savol berdi va birdan g‘o‘ldiray boshladi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling