Reja: Restoran biznesi haqida umumiy tushuncha. Restoranda xizmat ko‘rsatish madaniyati


Download 153 Kb.
bet1/4
Sana08.03.2023
Hajmi153 Kb.
#1251632
  1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu

  • Reja:
  • Restoran biznesi haqida umumiy tushuncha.
  • Restoranda xizmat ko‘rsatish madaniyati.
  • Xizmatlarni standartlash va sertifikatsiyalash.
  • 4. Dunyoning mashhur restoran zanjirlari.
  • Restoran va umumiy ovqatlantirish korxonalarida bir maromda mahsulotlar tayyorlash, xizmatning oliy darajada bo‘lishi faqat restoranning texnik holatiga, binoning shinamligiga va zallarning texnologik jihoziga bog‘liq bo‘libgina qolmay, balki rahbarlarning ishchanlik sifatiga ham bog‘liq bo‘ladi.
  • Quyidagilarni bajarish restoranlarni boshqarishga kiradi:
  • umumiy ovqatlantirish korxonasi va uning filiallari ustidan umumiy rahbarlik;
  • ishlab chiqarish va xizmatchi xodimlarni texnologik va texnik jihatdan tayyorlash;
  • texnik-iqtisod bo‘yicha rejalashtirish;
  • hisob va moliya faoliyati;
  • texnik va ishlab chiqarish ta’minoti.
  • Boshqarishning eng muhim qismi – mehnatni tashkil qilish, bunga xodimlarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish kiradi.
  • Bir nechta xodimlardan iborat boshqaruv organi tizimi qismlarining bajaradigan vazifalaridan biri bu – iste’molchi ehtiyojini qondirishdir. Bu guruhga alohida xodim rahbarlik qiladi va unga ishonib topshirilgan sohani (restoran, uning filiallari, sexlar va h.k.) boshqaradi. Restoran jamoasini esa ma’muriyat boshqarib turadi.
  • Ma’muriyat – mehnat jamoasining bir qismini tashkil qiladigan direktor, boshliq, mansabdor shaxslardir. Ma’muriyat o‘z huquq va majburiyati doirasida jamoa faoliyati ustidan rahbarlikni amalga oshiradi, mehnat jamoasi nomidan ish qiladi, ularning manfaatini himoya qiladi va burchlarini bajarishi uchun javob beradi. Shuningdek, mehnat jamoasi ma’muriyat bilan bir qatorda restoran boshqaruvida qatnashadi.
  • Restoran va umumiy ovqatlantirish korxonalari mehnat jamoasi tarkibiga brigadalar va zvenolar kiradi. Restoranlarda tashkil etiladigan oshpazlar brigadalari, ofitsiantlar – mehnat jamoasining asosiy qismi hisoblanadi. Brigadalar kompleks va maxsus bo‘lishi mumkin.
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling