Reja: Restoran biznesi haqida umumiy tushuncha. Restoranda xizmat ko‘rsatish madaniyati


Restoranning ishlab chiqarish bo‘yicha mudiri vazifasi


Download 153 Kb.
bet3/4
Sana08.03.2023
Hajmi153 Kb.
#1251632
1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu

Restoranning ishlab chiqarish bo‘yicha mudiri vazifasi:
  • mijozlar ehtiyojini o‘rganish;
  • xomashyodan unumli foydalanishni ta’minlash va yuqori sifatli taom tayyorlashda pazandalik qoidalariga, texnologik ko‘rsatmalariga amal qilish;
  • mavjud mahsulotlar assortimenti minimumini hisobga olgan holda taomnoma tuzish, taomlar assortimentini ko‘rib chiqish;
  • xodimlarning ishga chiqish grafigini tuzish, ularni joy-joyiga qo‘yish;
  • ishlab chiqarishda sanitariya- gigiyena qoidalariga qarab mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasiga rioya qilish;
  • mahsulot, moddiy boyliklarni sarflash bo‘yicha o‘z vaqtida buxgalteriyaga hisobot berish.
    • Shveysar – restoran direktori tomonidan qo‘yiladi, u mehmonlarni kutib olishi kerak, eshiklarni ochib-yopib turadi, zallarning joylanishi haqida restoranga keluvchilarga axborot beradi. Restoran yopilishi oldidan kiruvchilarni to‘xtatadi. Mehmonlar iltimosiga ko‘ra taksi chaqirib berish ham uning vazifasiga kiradi. Restoranning kirish qismi tozaligiga qarab, oyna, eshiklarni, polni artib tozalab turadi. Restoran eshigi atrofidagi qorlarni kuraydi, tashqari ozodaligini ham nazorat qiladi. Signalizatsiya sistemasini, reklamalar to‘g‘ri osilganligini kuzatadi. Shveysar o‘z ishining mutaxassisi bo‘lishi kerak.
    • Umumiy ovqatlantirish korxonalariga tashrif buyuruvchilarga xizmat qilish qoidalarini, restoran zallarining joylashishini yaxshi bilishi, yong‘inga qarshi vositalarning qayerda o‘rnatilganligini, eng yaqin joylashgan umumiy ovqatlantirish tarmoqlarining, militsiya, tez yordam, taksi telefonlarini yoddan bilishi shart.
    • Kiyim iluvchi. Restoranga kirishda ustki kiyimlarni yechadigan joy bo‘ladi. Bu yerda xizmat qiluvchi mehmonlar-ning ustki kiyimlarini va boshqa buyumlarini qabul qilib oladi, kiyim osilgach, osqich nomeri yozilgan jeton beradi. Kiyimlar qabul qilib oluvchi topshirilgan buyumlar uchun mas’ul hisoblanadi. Jeton qaytarilgach, topshirilgan buyumlar olib beriladi, kiyim qabul qiluvchi ustki kiyimni kiyishda mehmonga yordamlashadi. Kiyim tugmalari, ilgichlar uzilgan bo‘lsa, tikib beradi. Bu ishlar uchun xizmat haqi talab qilinmaydi.
    1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling