Reja: Restoran biznesi haqida umumiy tushuncha. Restoranda xizmat ko‘rsatish madaniyati


Download 153 Kb.
bet2/4
Sana08.03.2023
Hajmi153 Kb.
#1251632
1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu

Kompleks brigadalar oshpazlarni, oshxona yordamchi ishchilarini, idish-tovoqlar yuvuvchilarni birlashtiradi. Bunday ishchilar sonini ko‘paytirmasdan kam sonli kishilarni rejali ishlatish orqali unumli natijalarga erishish mumkin.
  • Maxsus brigadalar bir sohada ishlovchilarnigina birlashtirishi mumkin. Bularga oshpazlar, qandolatchilar, yuk ortuvchilar, alohida-alohida ofitsiantlarni misol qilish mumkin. Ish muddatiga qarab brigadalar smenali yoki smenasiz, hamma ishlarni o‘zlari bajaradiganga bo‘linadi. Bunda esa moddiy qimmatga ega bo‘lgan buyumlar qo‘ldan-qo‘lga o‘tib yurmaydi. Bunda vaqt tejaladi.
  • Brigadalar restoran direktori buyrug‘iga binoan unga kiruvchilarning hohishiga qarab tuziladi. Agar brigada tarkibi 10 kishidan oshsa, jamoa umumiy majlisi qarori bilan brigada kengashi tuziladi, yirik umumovqatlantirish korxonalarida brigadirlar kengashi tashkil topadi. Brigadirlarni, odatda brigada a’zolari saylaydi. Mehnatni brigada shaklida tashkil qilish jamoa va shaxsning moddiy mas’uliyatini, moddiy manfaatdorlik hissini kuchaytiradi. Mehnatga haq to‘lash brigadada ish natijasiga qarab belgilanadi.
  • Restoran va umumiy ovqatlantirish korxonalari xodimlarining huquq va burchlari maxsus yo‘riqnoma va ichki tartib-qoida hujjati bilan amalga oshiriladi.
  • Restoran direktori hamma tashkiliy ishlar, savdo, ishlab chiqarish harakatining natijalari, restoranning tijorat-xo‘jalik-moliyaviy faoliyati uchun javob beradi. Direktor mijozlarga madaniy xizmat ko‘rsatish, taomlarning yaxshi sifatda bo‘lishi, hisob-kitob va nazorat holati, moddiy boyliklarning saqlanishi uchun mas’ul hisoblanadi. U mehnat qonunchiligiga rioya qilishi kerak. Restoran direktori xodimlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish ishlarini mustaqil hal qiladi.
  • Restoranga tushadigan daromadga qarab, restoran direktori mustaqil ravishda xodimlar maoshini oshirish huquqiga ega. Bu albatta korxona hisobidan bo‘ladi. Meh-natga haq to‘lash fondi miqsori korxonaning savdodan tushgan daromadiga bog‘liq. Mehnatga haq to‘lash fondini belgilashda mol aylanish darajasini hisobga olish kerak.
  • Restoran direktorining yana bir vazifasi – mehnatni tashkil qilishning brigada shaklini joriy qilishdir. Agar ishning yaxshi borishi uchun foydali bo‘lsa, brigada tizimiga rahbar, injener-texnik xodimlarni, mutaxassislarni, xizmatchilarni ham jalb qilishi lozim. Bunda moddiy manfaatdorlik ham oshadi.
  • Jamoa boshida mutaxassis, ishbilarmon rahbar turishi, odamlar bilan ishlay biladigan, ilmiy-texnika yutuqlaridan unumli foydalana biladigan, masalani o‘zi mustaqil hal qiladigan, jamoa ishlab topgan mablag‘dan maqsadli foydalana oladigan kishi bo‘lishi lozim.
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling