Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
O‘n beshinchi bob NIKONOR IVANOVIChNING TUShI Turgan gapki, shifoxonaning 119-xonasiga yotqizilgan basharasi qip-qizil, baqaloq odam Nikonor Ivanovich Bosoy edi. Biroq u professor Stravinskiyning ixtiyoriga kelmasdan oldin boshqa yerda ham bo‘ldi. Nikonor Ivanovichning xotirasida o‘sha boshqa yerdan juda oz narsa: faqat yozuv stoliyu shkaf bilan divan qoldi. Miyasiga quyilgan qondan va qattiq hayajonlanganidan ko‘z oldi xiralashgan Nikonor Ivanovich bilan u srda suhbatlashishdi, ammo suhbat juda g‘alati, poyintar-soyintar bo‘lib chiqdi, to‘g‘rirog‘i, suhbat chiqmadi. Nikonor Ivanovichga berilgan birinchi savol bunday edi: — Siz — Sadovaya ko‘chasidagi uch yuz ikkinchi-bis uy komitetining raisi Nikonor Ivanovich Bosoysiz, shundaymi? Bunga javoban Nikonor Ivanovich dahshatli xoxolab, shunday javob qildi: — Men Nikonorman, to‘g‘ri, Nikonorman! Lekin qanaqasiga rais bo‘lay? — Buni qanday tushunish kerak? — deb so‘rashdi Nikonor Ivanovichdan ko‘zlarini qisgancha. — Aytmoqchimanki, — deb javob qildi u, — agar rais bo‘lganimda, bir qarashdayoq uning shayton ekanligini fahmlagan bo‘lardim! Axir o‘zingiz o‘ylab ko‘ring! Pensnesining oynagi darz ketgan... ust- boshi bir holatda-yu... Axir qanaqasiga xorijlik odamning tarjimoni bo‘lishi mumkin? — Kimni gapiryapsiz o‘zi? — deb so‘rashdi Nikonor Ivanovichdan. — Korovyovni-da! — deb chinqirdi Nikonor Ivanovich, — uyimizning elliginchi kvartirasini egallab olgan u! Yozing! Korovyov. Darhol qo‘lga olish kerak uni! Yozing! Oltinchi pod’ezd. U o‘sha yerda. — Valyutani qaerdan olding? — deb muloyim ohangda so‘rashdi Nikonor Ivanovichdan. — Haq taolo, qodir xudo, — deb gapira boshladi Nikonor Ivanovich, — hammasini ko‘rib turiiti, o‘zimning boradigan yerim ham o‘sha yoq. Hech qachon qo‘limga ushlamaganman, valyuta o‘zi qanaqa bo‘lishini tasavvur ham qilmaganman! Xudo meni badkirdorligim uchun g‘azabiga olmoqda, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling