Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
94 emas, ikki marta yana yer yuzalab suzgandek tuyuldi unga. Moliya direktori kresloda juda g‘alati yo‘sinda gujanak bo‘lib o‘tirib, xuddi chiroq shu’lasidan ko‘zini olib qochmoqchi bo‘lganday yuzini gazeta bilan go‘sib, muttasil stol lampasining havorang soyasi panasida bo‘lishga uringan administratordan bir zum ham ko‘zini uzmas ekan, paqqos: bularga qanday tushunish kerak? — deb bosh qotirardi. Axir, shunday bemahalda kirib kelgan administrator butun bino sukutga tolib, huvillab yotgan bo‘lishiga qaramay, nega endi ayyorona yolg‘on gapiryaptiykin? Shunday xayolga borgan moliya direktorining qalbini, oqibat, mavhum, ammo mudhish xatar hissi kemira boshladi. U Varenuxaning gapni chalg‘itayotganini ham, yuzini gazeta bilan to‘sib nayrang qilayotganini ham go‘yo payqamaganday bo‘lib, uning javrashlariga deyarli quloq solmay, yuziga astoydil tikilib qaray boshladi. Varenuxaning yuzida izohlab bo‘lmaydigan qandaydir o‘zgarish mavjud ediki, bu — Pushkino sarguzashtlari haqidagi uydirmalarning nima sababdan to‘qilganidan ham mavhumroq edi, ya’ni o‘sha «qandaydir» deganimiz — administratorning tashqi qiyofasi va sulukatidagi o‘zgachalik edi. U yuzini soya qilish uchun kepkasining o‘rdak-tumshuq soyabonini ko‘zlarigacha bostirib kiyishga qanchalik urinmasin, qo‘lidagi gazetani qanchalik yoyib, aylantirib ko‘rmasin, — baribir, Rimskiy uning o‘ng yuzi, burnining yoni momataloq bo‘lganini ko‘rib oldi. Bundan tashqari, odatda hamisha jo‘shqin tabiat administrator hozir xasta odam kabi bo‘zday oqarib ketgan, bo‘yniga esa shu tungi dim havoda negadir eskirib ketgan yo‘l-yo‘l sharf o‘rab olgan edi. Bu o‘zgarishlarga yana administratorning teatrda bo‘lmagan shu qisqa vaqt ichida tishlari orasidan havo so‘rib tamshanishdek xunuk odat chiqarganini, ovozining judayam o‘zgarib, bo‘g‘iq va dag‘al bo‘lib qolganini, ko‘zlarida olazaraklik va qo‘rquv alomati paydo bo‘lganini ilova qiladigan bo‘lsak — Ivan Savelevich Varenuxani tanib bo‘lmay qopti, deb dadil aytish mumkin. Moliya direktorini yana allanima qattiq bezovta qilardi, lekin u sertashvish miyasini qanchalik qotirib ko‘rmasin, Varenuxaga qanchalik tikilib qaramasin, o‘sha bezovta qilayotgan narsaning nimaligini hech fahmlay olmasdi. U faqat bir narsani — administ-ratorning Rimskiyga juda tanish bo‘lgan kresloda o‘tirishda qandaydir g‘ayritabiiylik mavjudligini, Varenuxa bilan kresloning bir- biriga qovushmayotganligini ta’kidlashi mumkin edi. — Xullas, axiyri uni tappa tutib mashinaga bosishdi, — deb g‘o‘ldirardi Varenuxa momataloq yuzini kafti bilan to‘sib gazeta osha mo‘ralarkan. Shunda Rimskiy birdan go‘yo bexosdan kaftini yoygancha qo‘lini uzatdida, ayni paytda, barmoqlarini stol ustida o‘ynatib turib, elektr qo‘ng‘iroq tugmasini bosib yubordi va... serrayib qoldi. Bo‘m-bo‘sh binoda qo‘ng‘iroq ovozi jaranglab eshitilishi kerak edi, albatta. Lekin eshitilmadi, tugmacha stolga botdi-yu, ammo sado chiqmadi. Tugma o‘lik, qo‘ng‘iroq buzuq edi. Moliya direktorining bu nayrangini Varenuxa payqadi, albatta, u kiftini uchirib, ko‘zlaridan jaholat uchquni sochgancha so‘radi: — Nega qo‘ng‘iroq qilding? — Qo‘lim tegib ketdi, — dedi bo‘g‘iq ovoz bilan Rimskiy va qo‘lini tortib oldi, so‘ng o‘z navbatida u ham hadiksirab so‘radi: — Yuzingga nima qildi? — Mashina keskin burilgan edi, eshik bandiga urilib ketdim, — deb javob qildi Varenuxa ko‘zini undan olib qocharkan. «Gapi yolg‘on!» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi moliya direktori. Shunday xayolga bordi-yu, birdan ko‘zlari kosasidan chiqib ketgudek chaqchayib, telbalarcha boqdi — u kreslo suyanchig‘iga tikilib qolgan edi. Kreslo orqasida, polda bir-birini kesib o‘tgan ikkita soya yotardi, biri quyuqroq va qoraroq, ikkinchisi xiragina, kulrang tusda edi. Kreslo suyanchig‘ining ham, o‘tkir uchli oyoqlarining ham soyasi polda yaqqol ko‘rinib turar, ammo Varenuxaning suyanchiq uzra ko‘rinib turgan boshining, shuningdek, kreslo poyidagi oyoqlarining soyasi ko‘rinmasdi. «Axir uning soyasi yo‘q-ku!» — deb jonholatda dohilan chinqirib yubordi Rimskiy. Vujudi dag‘- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling