Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
103
Keyin uzoq bir yerdan ikki marta qarsakbozlik eshitilipti. 
— Ayollar teatridayam bitta oyimcha topshiryapti, — deb birdan tilga kiripti Nikonor 
Ivanovichning mallasoch, paxmoq soqol qo‘shnisi va bir xo‘rsinib qo‘yib ilova qilipti: — Eh, agar 
g‘ozlarim bo‘lmagan-da edi! Lianozovada, azizim, mening urishqoq g‘ozlarim bor. Mensiz qirilib 
ketishmasaydi, deb qo‘rqaman. Jangari qush nozik bo‘ladi, parvarish talab qiladi... Eh, g‘ozlarim 
bo‘lmaganda-yu!.. Pushkin bilan meni avrab bo‘psanlar, — shunday deb u yana xo‘rsinib qo‘yipti. 
Shu mahal zal charog‘on bo‘lib yorishib ketipti-yu, Nikonor Ivanovichning tushida endi hamma 
eshiklar-dan zalga oq qalpoq kiyib, cho‘mich ushlagan oshpazlar kirib kela boshlapti. Oshpaz 
shogirdlari esa yog‘och bochkada suyuq osh bilan yassi qutida kesilgan qora non olib kirishipti. 
Tomoshabinlarga jon kiripti. Quvnoq oshpazlar tomoshabinlarni oralab yurib, ularning tovoqlariga 
suyuq osh suzishar, ion ulashisharmish. 
— Ovqatlaninglar-u, yigitlar, — deb qichqirisharmish ular, — keyin valyutalaringaznn 
topshiringlar! Nima qilasizlar bu yerda bekorga vaqtinglarni o‘tkazib? Nima, zormyasizlar shu shildir 
sho‘rvaga? Undan ko‘ra, uyingizga borib, keragicha otib olib, miriqib gazak qilganlaring 
yaxshimasmi! 
— Mana, masalan, sen boboy, nima qilib yalpayib o‘tiribsan? — deb shaxsan Nikonor Ivanovichga 
yuzlanipti bo‘yni xo‘rozning toji kabi qip-qizil, xo‘ppa-semiz oshpaz unga bittagina karam bargi suzib 
yurgan bir tovoq yovg‘on sho‘rva uzatarkan. 
— Yo‘q! Yo‘q! Io‘q menda valyuta! — jon-jahdi bilan baqiripti Nikonor Ivanovich. — 
Tushunyapsan-chi, yo‘q! 
— Yo‘q? — deb o‘kiripti oshpaz do‘rillagan ovoz bilan, so‘ng: — Yo‘q? — deb so‘rapti u zaifona 
muloyim ovoz bilan, keyin: — Yo‘q, yo‘q, — deb tasalli bera boshlapti u feldsher ayol Praskovya 
Fyodorovna qiyofasiga kirib. 
Chunki uyqusida bosinqirayotgan Nikonor Ivanovichning yelkasiga shu ayol ohista turta boshlagan 
edi. Shunda birdan oshpazlar gumdon, teatr va uning pardasi g‘oyib bo‘ldi. Nikonor Ivanovich yosh 
to‘la ko‘zini ochib, shifoxonadagi o‘z xonasini, maslahat beraverib hammani bezor qilgan surbet 
oshpazlarni emas, oq xalat kiygan ikki odamni, ya’ni doktor bilan qo‘lida tovoq emas, ustiga doka 
yopilgan shpritsli tarelka ushlagan Praskovya Fyodorovnani ko‘rdi. 
— Axir bu nima degan gap, — achchiq alam bilan derdi Nikonor Ivanovich unga ukol 
qilishayotgan chog‘da, — yo‘q, axir u menda yo‘q! Pushkin bersin ularga valyutani. Yo‘q! 
— Ha, yo‘q, yo‘q, — deb yupatardi uni saxovatli Praskovya Fyodorovna, — yo‘qni yo‘ndirib 
bo‘larmidi. 
Nikonor Ivanovich ukoldan keyin ancha yengil tortib, endi hech qanday tush ko‘rmay uxlab ketdi. 
Lekin uning baqiriqlari oqibatida vujudga kelgan vahima 120-xonaga o‘tib, u yerda yotgan bemorni 
uyg‘otib yubordi (bu bemor tura solib, o‘z boshini qidirishga tushdi) va 118-xonaga kirib, noma’lum 
us-taning qalbini g‘ulg‘ulaga soldi. U hasrat to‘la ko‘zlarini oyga tikarkan, hayotidagi kuzning oxirgi 
nadomatli oqshomini, podvaldagi xonasi eshigi ostidan tushib turgan shu’lani va mahbubasining 
yelpingan soch tolalarini esladi. 
Vahima 118-xonadan balkon osha Ivanning xonasiga uchib o‘tdi-yu, u uyg‘onib ketib, yig‘lab 
yubordi. 
Lekin vrach bezovta bo‘la boshlagan bu notavonlarni birpasda yupatdi va ular yana uxlab ketishdi. 
Hammadan keyin, daryo uzra tong yorisha boshlaganda, Ivan ham mizg‘ib ketdi. Dori uning butun 
vujudini xuddi dengiz to‘lqini ko‘mib yuborgandek qamrab olgach, u taskin topdi. Jismi yengillashdi, 
boshi esa mudroqning iliq shabadasidan halovat topdi. U uyquga ketarkan, qulog‘iga chalingan eng 
so‘nggi saslar — o‘rmondagi qushlarning tong oldi chug‘ur-chug‘uri bo‘ldi. Lekin hademay ularning 
ovozi o‘chib, Ivan tush ko‘ra boshladi. Tushida Taqir Tepa uzra quyosh endi mag‘ribga og‘a boshlagan 
va uning gir aylanasi ikki qavatlama o‘rab olingan edi. 
 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling