Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
164 payvand qilinganday juft-juft bo‘lishib, chir-chir aylangancha, yo‘lida duch kelgan hamma narsani bosib payhon qilgudek, mudom bir tomonga bostirib borardilar. Turfa rang tirik kapalaklar tantsa tushayotgan olomonning boshi uzra sho‘ng‘ir, shiftdan esa gullar yog‘ilardi. Elektr chiroqlari o‘chgan paytda ustunlarning bo‘g‘otlarida tumonat yaltiroq qurtlar miltillar, havoda esa to‘qay chiroqlari suzib yurardi. Keyin Margarita ustunlar bilan qurshalgan juda ham ulkan hovuzda ko‘rdi o‘zini. Mahobatli qora Neptun haykali og‘zidan pushti rang suyuqlik yelpig‘ichsimon yoyilib, tizillab otilardi. Hovuzdan shampan vinosining sarmast qiluvchi atri gupillab ko‘tarilardi. Bu yerda betakalluf xushchaqchaqlik hukm surardi. Xonimlar qotib-qotib kulishgancha, tuflilarini yechishar, sumkachalarini o‘z juftlariga yoki choyshab ko‘tarib zir yugurib yurgan negrlarga berishib, chinqirishgancha hovuzga sho‘ng‘irdilar. Shunda ko‘pikli to‘lqin balandga otilardi. Hovuzning billur tubida yoqilgan chiroqlar vino qatlamini yorib o‘tib, hovuzda suzib yurgan oppoq badanli xonimlarni yoritardi. Ular hovuzdan g‘irt mast bo‘lib chiqishar, ustunlar poyida ko‘tarilgan qahqaha xuddi hammomdagidek yangrardi. Mana shu to‘s-to‘polonda faqat g‘irt mast bir ayolning ma’nosiz boquvchi va ayni paytda yolboruvchi ko‘zlari, yana u aytgan bir og‘iz so‘z — «Frida!» — miyaga o‘tirib qolgan edi. Vinoning hididan Margaritaning boshi aylana boshladi, u endigina hovuzli zaldan chiqib ketmoqchi bo‘lgan edi, mushuk bir nayrang ko‘rsatib, Margaritaning diqqatini tortdi. Begemot Neptunning og‘zi oldida qandaydir bir afsun o‘qigan edi, shu zahoti hovuzdagi shampan vinosi shovullab, pishillab g‘oyib bo‘ldi, shundan keyin Neptunning og‘zidan to‘q-sariq rangdagi ko‘pirmaydigan suyuqlik sharillab oqa boshladi. Xonimlar: — Konyak! — deb chinqirishdi, ayyuhannos solishdi va o‘zlarini hovuz bo‘yidan chetga, ustunlar panasi-ga olib qochishdi. Bir necha soniyadan keyin hovuz lim-lim to‘ldi, shunda mushuk havoda uch marta chirpirak bo‘lib mavjlanayotgan konyakka sho‘ng‘idi. U pishqirib-pishqirib hovuzdan chiqqanida qotirma galstugi shalviragan, mo‘yloviga sepgan zar upa yuvilib ketgan, durbini yo‘qolgan edi. Begemotga faqat nayrangboz tikuvchi ayol bilan uning jufti — notanish bir mulat yigit takdid qilishdi. Ikkovlari konyakka sho‘ng‘ishdi, lekin shu mahal Korovyov Margaritani qo‘ltiqlab oldiyu ikkovlari konyak hovuzini tark etishdi. Korovyov kuzatuvidagi Margarita yana bal bo‘layotgan zalda ko‘rdi o‘zini, lekin endi tantsa to‘xtagan va mehmonlar olomoni zal o‘rtasini bo‘sh qoldirib, ustunlar oralig‘iga tiqilishgan edi. Margaritani zal o‘rtasidagi ochiq yerda paydo bo‘lgan supachaga chiqarib qo‘yishdi, ammo kim chiqarib qo‘yganini u eslay olmadi. U supachaga ko‘tarilganda qaerdadir soat yarim kechaga jom chala boshladi, buni eshitgan Margarita hayron qoldi, chunki uning taxminicha tun yarmidan og‘ganiga ancha vaqt bo‘lgan edi. O‘sha mavhum soat oxirgi — o‘n ikkinchi marta jom chalishi bilan butun mehmonlar olomoni sukutga toldi. Shunda Margarita yana Volandni ko‘rdi. Uni Abadonna, Azazello va yana Abadonnaga o‘xshab ketuvchi bir nechta qora kiygan yigitlar kuzatib kelishardi. Endi Margarita o‘z supasi qarshisida Voland uchun hozirlangan boshqa bir supani ham ko‘rdi. Lekin Voland u supaga chiqmadi. Margaritani hayratga solgan narsa shu bo‘ldiki, Voland buyuk balning mazkur tantanali intihosiga boya yotoqxonada qanday libosda bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha libosda chiqib kelgan edi. Egnida o‘sha isqirt, yamoq tungi ko‘ylak, oyog‘iga esa to‘zib mayishib ketgan tungi shippak kiygan edi. Qo‘lida yalang‘och shamshir bor edi, ammo Voland undan hassa o‘rnida foydalanib, tayanib turardi. U oqsoqlanib kelib, o‘z supasi yonida to‘xtadi, shu zahoti lagan ko‘targan Azazello uning qoshida paydo bo‘ldi. Bu laganda Margarita old tishlari sinib, og‘zi o‘pirilgan odam boshini ko‘rdi. Zalda benihoya teran sukunat hukm surardi, bu sukunatni ko‘cha eshik qo‘ng‘irog‘i jarangini eslatuvchi, ammo mazkur sharoitga mutlaqo yopishmaydigan qo‘ng‘iroq sadosi faqat bir marta buzdi, xolos. — Mixail Aleksandrovich, — deb murojaat qildi Voland kallaga, shunda o‘lik kallaning qovoqlari ko‘tarilib, Margarita uning ma’no va ehtiros to‘la tirik ko‘zlarini ko‘rib seskanib ketdi. — Hamma aytganlarimiz ro‘yobga chikdi, shunday emasmi? — deb gapida davom etdi Voland o‘lik kallaning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling