Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
205
dovrug‘i ketgan direktori Stepan Bogdanovich Lixodeev tergov ahliga ro‘para bo‘ldi. U ham yangi 
ma’lumotlar berdi. Ana endi Volandning Styopa Lixodeevni gipnoz qilib qo‘yib, Varetega artist 
qiyofasida kirib borgani, keyin uni jodu yo‘li bilan Moskvadan bir necha ming kilometrga uloqtirgani 
ma’lum bo‘ldi. Dalillar shu tarz-da tog‘-tog‘ bo‘lib uyulib ketayotgan bo‘lsa ham, bundan ish 
yengillashmadi, balki, hatto, bir oz og‘irlashdi desa ham bo‘ladi, chunki Stepan Bogdanovichning 
boshiga ne savdolarni solgan o‘sha nayrangboz shaxsni qo‘lga ilintirish juda mushkul ekanligi yaqqol 
ko‘rinib turardi. Bu o‘rtada Lixodeev, o‘z iltimosiga ko‘ra, mustahkam kameraga qamab qo‘yildi. Bu 
asnoda deyarli ikki kecha-kunduz dom-daraksiz ketib, yana o‘z kvartirasida paydo bo‘lgan va o‘sha 
yerda hibsga olingan Varenuxa tergovchilar oldida guvohlik bera boshladi. 
Garchi u Azazelloga, boshqa yolg‘on so‘zlamayman, deb so‘z bergan bo‘lsa ham, tergovda gapni 
yolg‘ondan boshladi. Lekin buning uchun uni judayam ayblamaslik ke-rak. Chunki Azazello telefonda 
yolg‘iz so‘zlash, qo‘rslik qilishni man qilgan edi unga, hozir esa, ma’mur o‘sha apparat yordamisiz 
gapirayotgan edi. Ivan Savelevich tergov qilayotganlardan ko‘zini olib qochishga urinib hikoya qila 
boshladi: 
— Payshanba kuni kunduzi Varetedagi kabinetimda yolg‘iz o‘zim to mast bo‘lib qolgunimcha 
ichdim. Keyin ketdim, qayoqqa — eslolmayman, allaqaerda to‘xtab, yana starka ichdim, ammo qaerda 
— eslolmayman, qaysiyam bir devor tagida uchib qoldim, lekin qaysi devor ekanliginiyam 
eslolmayman... 
Varenuxa o‘zining bema’ni va betuturiq raftori bilan muhim ish yuzasidan tergov olib borishga 
xalaqit berayotganini va bu qilmishi uchun albatta javobgarlikka tortilajagini aytishgandan  keyin, u 
ho‘ngrab yig‘lab yubordi va hammayoqqa olazarak bo‘lib qarab, titroq ovoz bilan pichirlagancha, 
yolg‘on gapirganiga, chunki Voland to‘dasining qasos olishidan qo‘rqib shunday qilganiga iqror bo‘ldi 
va o‘zini zirhlangan kameraga qamashlarini yolvorib iltijo qila boshladi. 
— Obbo! Bunisigayam zirhlangan kamera zarur bo‘lib qopti, — deb to‘ng‘illadi tergovchilardap 
biri. 
— Anavi yaramaslar qattiq qo‘rqitib qo‘ygan bularni, — dedi Ivanushkaning oldida bo‘lib qaytgan 
tergovchi. 
Varenuxaga qo‘ldan kelgancha tasalli berishib, sizni kamerasiz ham himoya qilamiz, deb va’da 
qilishdi, shundan keyin uning hech qanday devor tagida starka ichmagani, aksincha, so‘yloq tishli 
malla odam bilan baq-baqaloq bir nusxa uni do‘pposlagani ma’lum bo‘ldi. 
— O‘sha baqaloq mushukka o‘xsharmidi? 
— Ha, ha, ha, — deb pichirlardi ma’mur qo‘rquvdan shamdek qotib va zum o‘tmay atrofiga 
olazarak bo‘lib qarab, so‘ng u qariyb ikki kun 50-kvartirada qonxo‘r poyloqchi sifatida kun kechirgani 
va sal bo‘lmasa moliya direktori Rimskiyning umriga zomin bo‘layozgani haqida batafsil so‘zlab 
berdi... 
Shu payt Leningrad poezdidan tushgan Rimskiyni olib kirishdi. Biroq avvalgi moliya direktoriga 
butkul o‘xshamay qolgan, qo‘rquvdan dag‘-dag‘ titrayotgan, ruhiy kasalga mubtalo bo‘lgan, sochlari 
oqarib ketgan bu chol oyoq tirab turib olib haqiqatni gapirishdan butkul bosh tortdi. U o‘z kabinetining 
derazasida tunda hech qanday yalang‘och Gellani ham, shuningdek, Varenuxani ham ko‘rmagani, balki 
ko‘ngli behuzur bo‘lib, hushi og‘ib, bilmay Leningradga ketib qolgani haqida gapira boshladi. Qizig‘i 
shundaki, betob Rimskiy guvohlik berib bo‘lib, yana uni zirhlangan kameraga qamashlarini iltimos 
qila boshladi. 
Annushka esa Arbatdagi univermag kassiriga o‘n dollarlik qog‘oz pul tutqizmoqchi bo‘lganida 
qo‘lga olindi. Uning Sadovaya ko‘chasidagi uyning derazasidan uchib chiqib ketgan odamlar va 
taqacha haqidagi (Annushkaning aytishicha, u taqani militsiyaga eltib berish uchun yerdan ko‘targan 
ekan) gaplarini diqqat bilan eshitishdi. 
— Taqacha chinakam oltindanmidi, gavhar toshlari ham bormidi? — deb so‘rashdi Annushkadan. 
— Voy, gavharning qanaqaligini bilmay o‘libmanmi, — deb javob qildi Annushka. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling