Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
222 bergan sho‘rlik boshing. Qara, ko‘zlaring juda boshqacha-yu! Ko‘zlaripgda faqat bo‘shliq namoyon... Yelkalaring, yelkalaring esa xuddi og‘ir yuk ko‘targandek cho‘kkan... Mayib, majruh qilib qo‘yishipti seni, — Margaritaning gaplari bir-biriga qovushmas, u yig‘idai entikib-entikib qo‘yardi. Shunda usta ko‘zyoshlarini artdi-da, tiz cho‘kkan Margaritani oyoqqa turg‘azdi, o‘zi ham o‘rnidan turib, qat’iy ohangda dedi: — Bo‘ldi, yetar! Meni yomon izza qildiig. Endi hech qachon irodasiz bo‘lmaymap, bu xmasalaga boshqa qaytmayman ham, ko‘ngling to‘q bo‘lsin. Bilaman, ikkovimiz ham o‘z ruhiy kasalligimiz qurboni bo‘lganmiz, bu dardni senga men yuqtirdim... Nachora, bu dard azobini birgalikda tortamiz endi. Margarita og‘zini ustanipg qulog‘iga yaqin olib borib pichirladi: — Sening hayoting haqqi, sen kashf etgan o‘sha munajjimzoda haqqi ont ichib aytamanki, turmushimiz yaxshi bo‘ladi. — Yaxshi bo‘lsa, yanayam yaxshi, — dedi usta va kulib turib ilova qildi: — Albatta-da, agar odamlar senu menga o‘xshab butkul toroj etilgan bo‘lsa, turgan gap-ki, ular u dunyo quvvasidan panoh izlaydilar. Yaxshi, men ham o‘sha yoqdan panoh qidirishga roziman. — Mana, mana, nihoyat avvalgi holingga qaytding, kulyapsan ham, — dedi Margarita, — ammo qurib ketsin o‘sha ilmiy so‘zlaring. U dunyomi yo bu dunyomi — bari bir emasmi? Mening qornim ochdi. Shunday deb u ustaning qo‘lidan yetaklab stol tomon yurdi. — Bu taomlar hozir yer qa’riga kirib ketsa yoki deraza orqali uchib chiqib ketsa, hech ajablanmasdim, — dedi tamoman xotirjam kayfiyatga o‘tgan usta. — Qo‘rqma, uchib ketmaydi! Ayni shu payt darcha ortidan bir manqa ovoz eshitildi: — Salomlar bo‘lsin. Usta bir seskanib tushdi, lekin har xil g‘ayrioddiy voqealarga ko‘nikib qolgan Margarita chinqirib yubordi: — Voy, Azazello-ku! O, qanday yaxshi bo‘ldi kelgani! — keyin ustaga pchirladi: — Ko‘rdingmi, ana, bizni unutishmapti! — shunday deb eshik ochgani yugurdi. — Hech bo‘lmasa etagingni berkitsang-chi, — deb qichqirib qoddi usta uning orqasidan. — Bo xudo... — deb javob qiddi Margarita dahlizdan. — Mana, xonaga kirgan Azazello endi g‘ilay ko‘zini ustaga tikkancha ta’zim bajo qilib u bilan salomlashdi, Margarita esa bunday dedi: — Voy, boshim osmonga yetdi! Umrimda hech qachon bunchalik xursand bo‘lmagandim! Lekin yalang‘ochligim uchun meni afv eting, Azazello! — Aslo aziyat chekmang, — dedi Azazello, — kamina umrimda nafaqat yalang‘och ayollarni, hattoki boshdan-oyoq terisi shilingan ayollarni ham ko‘rganman, — shunday deb u qora matoga o‘ralgan bir tugunchakni pechka yoniga qo‘ydi-da, darrov mezbonlar davrasiga kelib o‘tirdi. Margarita konyak quyib uzatdi, Azazello uni huzur qilib ichib yubordi. Usta undan ko‘z uzmay o‘tirarkan, ahyon-ahyonda stol ostida sekingina o‘zining chap bilagini chimchilab qo‘yardi. Lskin bu chimchilashlar Azazelloga ta’sir qilmadi. U havoda erib ketmadi, undan keyin, sirasini aytganda, bunga hech qanday ehtiyoj ham yo‘q edi. Chunki bu pakana malla odamning, agar ko‘ziga oq tushganini va libosining sal g‘alatiroq (ridonamo plash) ekanligini hisobga olinmasa, hech qanaqa qo‘rqinchli jihati yo‘q edi. Vaholanki, jodugarlikdan yiroq bo‘lgan oddiy odamning ham ko‘ziga oq tugagan bo‘lishi mumkin, agar jiddiy o‘ylab ko‘riladigan bo‘lsa, har qanday odam ham ridonamo plash kiyib yurishi mumkin edi. Konyakni ham u hamma odamlar singari, mohirlik bilan bir ko‘tarishda ichib, gazak qilmadi. Lekin ustaning boshi epdi konyakdan g‘uvullay boshladi va u: «Yo‘q, Margarita haq! Chindan ham ro‘paramda iblisning elchisi o‘tiripti. Axir o‘zim ham o‘tgan kuni tunda Ivanga, Patriarx ko‘li bo‘yida shaytonni uchratgansiz, deb uqdirgan edim-ku, endi bo‘lsa, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling