Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
221
qanday baxtiyorman, qanday baxtiyorman, u bilan til biriktirganimdan behad baxtiyorman! O, iblis, 
iblis! Endi, tasadduq, jodugar xotin bilan umr kechirishingizga to‘g‘ri keladi. — Shundan keyin u 
ustaga tashlanib, uning bo‘ynidan mahkam quchoqlagancha, labidan, burnidan, yuzidan ustma-ust o‘pa 
boshladi. Ustaning taralmagan tim qora soch tolalari yelpinar, ikki yuzi va peshoiasi bo‘sa haroratidan 
lov-lov yonardi. 
— Sen chindanam jodugarga o‘xshab ketibsan. 
— Buni men inkor qilmoqchi ham emasman, — deb javob qildi Margarita, — men jodugarman va 
bundan behad mamnunman! 
— Ha, yaxshi, — dedi usta, — jodugar bo‘lsang bo‘libsan. Bu juda soz, ajoyib hol! Demak, meni 
shifoxonadan o‘g‘irlab chiqishgan! Bu ham juda ma’qul ish. Bu yerga qaytarib olib kelishgan, faraz 
qilaylik, bu ham a’lo... Hay, ana, hatto bizni qidirshmaydi deb ham tasavvur qilaylik, lekin jami avliyo-
anbiyolar haqqi, menga shuni ayt-chi, biz qanday va nima bilan kun kechiramiz? Bu gapni aytishimdan 
maqsad, men faqat seping tashvishingni qilyapman, azbaroyi xudo. Shu mahal derazada to‘mtoq 
tumshuqli bir juft botinka va taram-taram chiziqli shimning pochasi ko‘rindi. Keyin shimning tizzasi 
bukilib, kimningdir korsondek dumbasi derazadan tushayotgan yorug‘ni to‘sdi. 
— Aloiziy, uydamisan? — degan ovoz eshitiddi u yerdan. 
— Ana, boshlandi, — dedi usta. 
— Aloiziymi? — deb so‘radi Margarita dsraza tagiga borib, — uni kecha qamoqqa olishdi. Kimsiz 
o‘zi? Familiyangiz nima? 
Shu zahoti cho‘nqaygan dumba g‘oyib bo‘ldiyu ko‘cha eshikning «taq» etib yopilgani eshitildi, 
shundan keyin yana hammayoq suv quygandek jim-jit bo‘lib qoldi. Margarita divanga yotib olib
astoydil qotib-qotib kularkan, ko‘zlaridan yosh chiqib ketdi. Lekin u kulgidan to‘xtashi bilan yuzi 
tamomila o‘zgacha qiyofa kasb etdi, endi u jiddiy ohangda gapira boshladi, gapirarkan, divandan 
sirg‘alib tushdi va ustaning poyiga emaklab keldi-da, uning ko‘zlaridan ko‘zini uzmay, boshini silay 
boshladi. 
— Sho‘rlikkinam, juda ko‘p qiynalding, ko‘p iztirob chekding! Buni faqat men bilaman. Mana, 
sochlaringga oq ham oralabdi, labingning chekkasida ajinlar paydo bo‘lipti. O, mening yolg‘izim, 
azizim, hech nimani o‘ylama. Sen juda ko‘p o‘ylading, endi sen uchun ham mep o‘ylayman! Senga 
kafolat berib, ont ichib aytaman, endi turmushimiz judayam yaxshi bo‘ladi. 
— Men hech narsadan qo‘rqmayman, Margo, — dedi kutilmaganda usta va boshini ko‘targan edi, 
Margaritaning ko‘ziga u hech qachon bo‘lmagai, ammo bo‘lganligiga aniq ishongan narsasi to‘g‘risida 
asar yozgan paytidagi qiyofasida ko‘rindi, — shuning uchun ham qo‘rqmaymanki, hamma 
qiyinchiliklarni boshimdan kechirib bo‘lganman. Meni juda ko‘p qo‘rqitishgan, endi hech nima bilan 
qo‘rqita olmaydilar. Lekin men senga achinaman. Margo, hamma balo shunda, mana shuning uchup 
ham bir gapni senga takror-takror aytib yotibman. Esingni yig‘! 
Bemor va qashshoq odam bilan umr kechirib nima qilasan — umring xazon bo‘ladi-ku! Uyingga 
qayt! Senga achinganimdan aytyapman bu gaplarni. 
— E, seni qara-yu, — deb pichirlardi Margarita sochlari parishon boshini sarak-sarak qilib, — voy, 
hech nimaga ishonmaydigan sho‘rpeshonam-e. Kecha butun tun seni deb qip-yalang‘och diydirab 
turdim, o‘z ayollik xislatimni yo‘qotib, jodugarga aylandim, bir necha oy muttasil qorong‘i qaznoqda 
o‘tirib, faqat bir narsani — Yershalaim uzra momaqaldiroq gumburlagani haqida o‘yladim, uzzu kun 
yig‘layverib ko‘zlarimda yosh qolmasa-yu, endi boshimizga baxt qushi qo‘nganda meni 
haydamoqchimisan? Ha, mayli, men ketaman, ketaman, lekin bilib qo‘y, sen toshbag‘ir odamsan! Ular 
sening qalbing qo‘rini tamoman o‘chirib bo‘lishipti! 
Shunda ustaning yuragida alamli bir nazokat tuyg‘usi uyg‘ondi va yuzini Margaritaning sochlari 
orasiga olib, besabab yig‘lab yubordi. Margarita ham uning yig‘isiga jo‘r bo‘larkan, barmoqlari bilan 
ustaning ikki chakkasini paypaslagancha pichirlardi. 
— Ha, oq tolalar, boshing ko‘z oddimda qordek oqara boshlayapti, oh, ne-ne iztiroblarga bardosh 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling