Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
218 odam — o‘sha Leviy Matvey edi). — Men bilan shuning uchun ham bahslasha olmaysanki, sen, boya aytganimdek, tentaksan, — deb javob qiddi Voland va so‘radi. — Qani, meni toliqtirmay, maqsadga o‘t, nega kelding? — Meni u yubordi. — Qanday gap olib kelding undan, qul? — Men qul emasman, — tobora ko‘proq achchig‘lanib javob qildi Leviy Matvey, — men uning shogirdiman. — Biz, har galgidek, sen bilan boshqa-boshqa tilda gaplashyapmiz, — dedi Voland, — lekin bu bilan suhbatimiz mavzui bo‘lgan narsalar o‘zgarmaydi. Xo‘sh, shunday qilib... — U ustaning asarini o‘qib chiqdi, — deb gapira boshladi Leviy Matvey, — shu bois, u sendan ustani o‘zing bilan olib ketib, unga orom baxsh etishingni iltimos qildi. Nahotki bu ish sen uchun qiyin bo‘lsa, yovuzlik sultoni? — Men uchun qiyin ish yo‘q, — deb javob qildi Voland, — buni o‘zing ham yaxshi bilasan. — U bir oz tek qoldi, so‘ng ilova qildi: — Nega endi uni o‘zlaringga — yorug‘likka olib ketmayapsizlar? — U yorug‘likka emas, oromga sazovor, — dedi Leviy g‘amgin ovoz bilan. — Borib ayt, buyruq bajariladi, — javob qildi Voland va: — Lekin sen darhol ko‘zimdan yo‘qol, — deb ilova qilar ekan ko‘zida o‘t chaqnadi. — Uning yana bir iltimosi shuki, ustani sevgan va u deb iztirob chekkan ayolni ham olib ketarmishsizlar, — deb Leviy birinchi marta yolboruvchi ohangda murojaat qildi Volandga. — Aytmasang, o‘zimizning aqlimiz yetmas ekanmi bunga? Jo‘na. Shu gapdan so‘ng Leviy Matvey g‘oyib bo‘ldi, Voland esa Azazelloni chaqirib olib, unga buyurdi: — Darhol uchib borib, ularni safarga shayla. Azazello ayvonni tark etdi, tom boshida Voland yolg‘iz qoldi. Lekin uning yolg‘izligi uzoq cho‘zilmadi. Ayvonning tosh terilgan sahnida oyoq tovushlari va gangir-gungur ovozlar eshitildi. Volandning karshisida endi Korovyov bilan Begemot paydo bo‘lishdi. Biroq Begemotning qo‘lida primus yo‘q edi, u boshqa narsalarni ko‘tarib olgan edi. Chunonchi, u qo‘ltig‘iga dala manzarasi tasvirlangan mo‘‘jazgina zarrin ramka qistirib olgan, bilagiga yarmi kuyib ketgan oshpazlar xalati tashlangan, ikkinchi qo‘lida butun boshli syomga balig‘i bor edi. Korovyov bilan Begemotdan kuyindi hidi kelar, Begemotning basharasiga qora kuya surtilgan, kepkasining yarmi kuygan edi. — Salyut, messir, — deb chinqirishib salomlashdi tinib-tinchimas oshnalar, Begemot esa hatto syomga balig‘ini havoda silkib qo‘ydi. — Qoyil, azamatlar, — dedi Voland kesatib. — Messir, bir tasavvur qiling-a, — deb chiyilladi Begemot hayajon va quvonch bilan, — meni kafando‘z deb o‘ylashsa bo‘ladimi? — Ko‘tarib kelgan narsalaringga qaraganda, — deb javob qildi Voland ramkadagi suratni ko‘zdan kechirarkan, — g‘irt kafando‘zdning o‘zisan. — Ishonasizmi, messir... — deb Begemot samimiy ohangda gap boshlagan edi... — Yo‘q, ishonmayman, — deb qisqagina javob bilan uning so‘zini bo‘ldi Voland. — Ont ichib aytamanki, messir, kamina jonbozlik ko‘rsatib, hamin qadar ko‘proq narsani qutqarishga urindim, illo saqlab qolgan narsalarim mana shular xolos. — Sen yaxshisi, menga ayt, qanday qilib o‘t ketdi Griboedovga? — so‘radi Voland. Korovyov ham, Begemot ham «hayronmiz» degan ma’noda kiftlarini uchirib, ko‘zlarini ko‘kka tikishdi. Begemot esa yana chinqirib dedi: — Aqlim bovar qilmaydi! Sho‘xlik qilmasdan, tinchgina, ovqatlanib o‘tirgan edik... — Shu mahal birdan «paq, puq!» — deb gapni ilib ketdi Korovyov, — o‘q otila boshladi! Begemot ikkovimiz dahshatdan esimiz og‘ib qolib, xiyobon tomon yugurdik, orqamizdan quva boshlashdi, biz Timiryazev tomonga o‘zimizni urdik! — Lekin burchga sadoqatlilik tuyg‘usi, — deb gapga aralashdi Begemot, — sharmandalarcha |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling