Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
215
Restoran boshlig‘ining bu o‘ta shubhali nusxalar bilan qilayotgan muomalasini ko‘rgan ofitsiantlar 
har qanday shubhani tark etib, ishga jiddiy kirishishdi. Biri cho‘ntagidan papiros qoldig‘ini olib 
chekmoqchi bo‘lgan Begemotga gugurt chaqib tutdi, ikkinchisi yelib-yuturib, pichoq, qoshiq, 
sanchiqlar yoniga kichkina ryumkalar, vino ichiladigan cho‘zinchoq ryumkalar va nafis qadahlarni 
jaranglatib terib chiqa boshgladiki, bunday qadahlardan soyabon ostida o‘tirib, muzday narzan suvi 
ichish kishiga huzur bag‘ishlaydi... yo‘q, voqeadan bir oz oldinlab ketib aytishimiz mumkinki... narzan 
suvi ichish huzur bag‘ishlagan edi mashhur Griboedov rovoshshing soyaboni ostida. 
— Bulduruqning biqin go‘shti bilan mehmon kilishim mumkin, — deb xirgoyi qilayotganday 
ming‘illardi Archibald Archibaldovich. Mehmon uning taklifini to‘la-to‘kis ma’qulladi va 
pensnesining darz ketgan benaf oynasi orqali unga iltifot bilan tikildi. 
Qo‘shni stolda o‘z xotini bilan qovurilgan cho‘chqa go‘shti yeb o‘tirgan belletrist Petrakov-
Suxovey barcha yozuvchilarga xos bo‘lgan kuzatuvchanlik bilan Archibald Archibaldovichning 
xushomadlarini ko‘rib, juda-juda taajjubda qoldi. Uning rafiqasi, g‘oyat muhtarama xonim esa 
Archibald Archibaldovichni Korovyovdan qizg‘anib, hattoki... — nega bizga qaramay qo‘yishdi... axir 
muzqaymoq tortishlari kerak-ku! Bu nimasi? — demoqchi bo‘lganday qoshiqchasi bilan stolni 
to‘qillata boshladi ham. 
Biroq Archibald Archibaldovich nazokatli jilva bilan ular tomon boqdi-yu, u yoqqa darhol 
ofitsiantni yo‘lladi, o‘zi esa aziz mehmonlari oldidan jilmadi. Oh, zukko odam edi Archibald 
Archibaldovich! Kuzatuvchanlikda esa har qanday yozuvchidan ham qolishmasdi. U Vareteda berilgan 
sehrgarlik seansidan ham, shu keyingi kunlarda yuz bergan ko‘pgina hodisalardan ham voqif edi, lekin 
bunaqa odamlarning aksi o‘laroq, «katak kamzulli» va «mushuk» degan so‘zlarni yodida mahkam 
saqlab qolgan edi. Archibald Archibaldovich bu ikki mehmonning kimligini darrov fahmlab oldi. 
Fahmlagach, turgan gapki, ular bilan janjallashib o‘tirmadi. Afsus, Sofya Pavlovna qovun tushirib 
qo‘ydi-da! Tavba, kelib-kelib shu ikki mushtariyning yo‘lini to‘sib o‘tiripti-ya! E, nimaniyam 
tushunardi u! 
Petrakova xonim eriy boshlagan muzqaymoqqa kalondimog‘lik bilan qoshiqchasini niqtab 
o‘tirarkan, allaqanday masxarabozlarga o‘xshab kiyingan ikki mushtariy o‘tirgan stol sathining 
qandaydir sehr-jodu bilan turli noz-ne’matlarga to‘la boshlaganini g‘araz bilan kuzatardi. Ana, yangi 
ikra bilan to‘ldirilgan vaza sathida yaraqlaguncha tozalab yuvilgan ko‘katlar paydo bo‘ldi... yana zum 
o‘tmay, stolga olib kelib tirkalgan maxsus stolchada sovukdan terlagan kumush chelakcha paydo 
bo‘ldi... 
Archibald Archibaldovich faqat hamma narsa bekamu ko‘st muhayyo qilinganiga ishonch hosil 
qilgach va usti yopilgan, ichida nimadir jiz-biz qilayotgan tova ofitsiantlar qo‘lida uchib kelib stol 
ustiga qo‘ngandan keyingina ikki sirli mushtariyni tark etishga jur’at etdi, shunda ham ketishi oldidan 
ularning qulog‘iga shipshishni unutmadi: 
— Uzr! Bir daqiqaga! Bulduruq go‘shtidan shaxsan o‘zim xabar olmoqchiman. 
U pildirab borib, restoran ichkarisiga kirib ketdi. Agar biron kishi Archibald Archibaldovichning 
shundan keyingi o‘zini tutishini kuzata olganda edi, uning xiyla jumboqli harakat qilganini ko‘rgan 
bo‘lardi. 
Boshliq bulduruq go‘shtining pishishini kuzatgani oshxonaga emas, balki restoranning 
omborxonasiga yo‘l olgan edi. U omborxonani o‘z kaliti bilan ochib kirib, eshikni ichidan berkitib 
oldi, so‘ng yengini iflos qilmaslikka urinib, muzli dambadan ehtiyot bilan zilday-zilday ikkita qizil 
baliqni olib, gazetaga o‘radi-da, ustidan avaylab kanop bilan bog‘ladi va bir chetga qo‘yib qo‘ydi. 
Keyin qo‘shni xonaga o‘tib, shoyi astarli yozlik paltosi bilan shlyapasini ko‘zdan kechirdi, shundan 
keyingina oshxonaga yo‘l oldi, bu yerda oshpaz mehmonlarga va’da qilingan bulduruq go‘shtini zo‘r 
hafsala bilan pishirardi. 
Shuni aytish kerakki, Archibald Archibaldovichning bu xatti-harakatlarida ajablanadigan yoki 
shubhali hech nima yo‘q edi, faqat yuzaki kuzatgan odamgina uning raftoridan taajjub qilishi mumkin 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling