Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

 
O‘ttizinchi bob 
 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
220
RIHLAT PAYTI KYeLDI! 
 
Bilasanmi, — derdi Margarita, — kecha kechasi sen uxlab yotganingda men O‘rtaer dengizi 
tomonidan kelgan zulmat haqida o‘qib o‘tirdim... keyin o‘sha ma’budlar, oltin ma’budlar to‘g‘risida 
ham. Negadir ular meni mudom tashvishga solmokda. Nazarimda, hozir ham yomg‘ir yog‘adiganga 
o‘xshaydi. Salqin tushyapti, sezyapsanmi? 
Usta papiros chekib, tutunini kafti bilan yelpib o‘tirarkan, javob qildi: 
Bular-ku hammasi yaxshi, ma’budlar ham yaxshi, havolasi xudoga ularning, lekin bundan bu 
yog‘iga nima bo‘ladi — hech aqlim bovar qilmayapti. 
Bu suhbat kunbotar chog‘da, ayni tom boshidagi ayvonda turgan Volandning qoshiga Leviy 
Matvey kelgan paytda bo‘lgan edi. Podval darchasi ochiq edi, agarda hozir birov undan ichkariga 
mo‘ralasa, suhbatdoshlarning nihoyatda antiqa qiyofada ekanligini ko‘rib hang-mang bo‘lib qolardi. 
Chunki qip-yalang‘och Margaritaning yelkasiga qora rido tashlangan, usta esa kasalxonadan kiyib 
kelgan ichki ko‘ylak-ishtonda edi. Bunga sabab: Margaritaning hech qanday libosi yo‘q edi bu yerda 
(uning hamma kiyim-kechagi erining uyida qolgan, garchi u uy bu yerdan uncha uzoq bo‘lmasa ham, 
Margarita u yerga borib, o‘z buyumlarini olib kelishni xayoliga ham keltirmas edi). Usta esa garchi 
uning barcha kiyim-boshi shkafda bekamu ko‘st osilib turgan bo‘lsa ham, Margaritaga, hademay 
qandaydir mutlaqo bema’ni voqea sodir bo‘ladi, degan fikrni uqdirib, kiyinib olishni istamagan edi. 
To‘g‘ri, o‘sha mash’um kuz kechasidan beri endi birinchi marta soqolini ustarada olgan edi 
(shifoxonada upipg soqolini mashinkada olishardi). 
Xona ham alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib ketgan va bu yerda ne hol yuz berganini tushunish mahol edi. 
Qo‘lyozmalar yerda, gilam ustida, shuningdek, divanda sochilib yotar. Qaysiyam bir ochiq kitob 
kresloga to‘nkarib qo‘yilgan. To‘garak stol usti har xil taomlar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, ular orasida bir 
nechta shisha ham bor edi. Bu noz-ne’matlaru ichkiliklarning qayoqdan paydo bo‘lganini Margarita 
ham, usta ham bilmas edi. Ular uyqudan uyg‘onishganda bularning bari stol ustida muhayyo edi. 
Shanba kunining qosh qorayguniga qadar uxlagan usta bilan uning rafiqasi endi o‘zlarini juda tetik 
his qila boshladilar, faqat bir narsa — ikkovlarining chap chakkalari bir oz simillab turgani kechagi 
sarguzashtlardan dalolat berardi. Lekin ikkovining ham ruhiyatida juda katta o‘zgarish sodir bo‘lgan 
edi-ki, podvaddagi kvartiradan eshitilayotgan suhbatga quloq solgan har qanday odam bu holni darhol 
fahmlagan bo‘lar edi. Lskip bu yerda quloq soladigan bironta ham kimsa yo‘q edi. Hovli hamisha 
huvillab yotardi. Kun sayii yashil libosini qalinroq qilib kiya boshlagan jo‘ka va oqtollarping bahor 
atrini endigina uyg‘ongan shabboda ochiq derazadap podvalga purkardi. 
— Yo tavba! — deb yubordi birdan usta, — hech aql bovar qilmaydigan hol, — u papiros 
qoldig‘ini kuldonga ezib o‘chirdi-da, ikki qo‘li bilan boshini changalladi, — yo‘q, o‘zing o‘ylab ko‘r, 
sen axir esli-hushli ayolsan, menga o‘xshab jinni ham bo‘lmagansan. Kecha biz iblisning huzurida 
bo‘lganimizga jiddiy ishonasanmi? 
— Mutlaqo jiddiy, — deb javob qildi Margarita. 
— Ha, albatta, albatta, — dedi usta kinoyaviy ohagda, — demak, endi bitta jinni ikkitaga 
ko‘payibdi-da! Er-xotin jinnilar. — U qo‘llarini ko‘kka cho‘zib qichqirdi: — Yo‘q, faqat shayton 
qilishi mumkin bu ishni! Shayton, shayton, shayton! 
Margarita javob qaytarish o‘rniga o‘zini divanga otib, yalang‘och oyoqlarini likillatgancha xandon 
tashlab kularkan, chinqirib dedi: 
— Voy, chidolmayman! Voy, ichagim uzilib ketadi hozir! O‘zingga bir qara, nimaga o‘xshaysan! 
Usta kasalxonadan kiyib kelgan ishtonini iymanibgina tortib-tortib qo‘yarkan, bu orada rosa miriqib 
kulib olgan Margarita jiddiy tarzda gapira boshladi: 
— Hozir sen beixtiyor haqiqatni gapirding, — dedi u, — faqat shaytonning qo‘lidan keladi bu ish, 
deb aytding, gapimga ishonaver, darhaqiqat, shayton hamma narsani jobajo qiladi! — Birdan uning 
ko‘zlarida o‘t chaqnadi, «dik» etib o‘rnidan turdi-da, shu yerda raqs tushib chinqira boshladi: — O, 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling