Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
65
— Ivan Savelevich? — shodlanib qichqirib yubordi trubkadagi ovoz. — Benihoya xursandman 
ovozingizni eshitganimdan! Salomatligingiz qalay? 
— Mersi, — javob qildi hayron qolgan Varenuxa, — kim bu gapirayotgan? 
— Uning yordamchisi, yordamchi va tarjimoni Korovyovman, — deb javrardi trubkadagi ovoz, — 
kamina xizmatingizga tayyorman, e’zozli Ivan Savelevich! Nima ishingiz bo‘lsa, hech tortinmay 
menga aytavering. Qulog‘im sizda! 
— Kechirasiz, Stepan Bogdanovich Lixodeev hozir uyda yo‘qmi? 
— Afsuski, yo‘qlar! Yo‘qlar! — shang‘illadi trubka. — Ketganlar. 
— Qayoqqa? 
— Shahar tashqarisiga, mashinada sayr qilgani.. 
— Qa... qayoqqa? Sa... sayrga?.. Qachon qaytib keladi. 
— Bir oz toza havoda dam olamanu qaytib kelaman, deb aytdilar! 
— Tushunarli... — dedi esankirab qolgan Varenuxa. — Mersi. Iltimos, mose Volandga aytib 
qo‘ysangiz, u kishi bugun sahnaga uchinchi bo‘limda chiqadilar. 
— Aytaman. Bo‘lmasam-chi. Albatta. Shoshilinch garzda. Shak-shubhasiz. Aytaman, — trubkadan 
uzuq-uzuq javob keldi. 
— Xo‘p, omon bo‘ling, — dedi ajablangan Varenuxa. 
— Mening eng samimiy, eng otashin salomimni va istaklarimni qabul qilgaysiz! — derdi trubka. — 
Sizga muvaffaqiyatlar! Omad, baxt-saodat tilayman. Salomat bo‘ling! 
— Hammasi ravshan! Aytuvdim-ku! — deb baqirdi administrator jig‘ibiyroni chiqib. — Hech 
qanaqa Yalta-palta yo‘q; shahar tashqarisiga sayrga ketipti! 
— Agar shu rost bo‘lsa, — dedi g‘azabdan rangi dokadek oqarib ketgan moliya direktori, — 
bunday to‘ng‘izlikni nima deb atashni ham bilmayman! 
Shu payt administrator sapchib turib ketib shunday shang‘illab baqirvordiki, Rimskiy seskanib 
ketdi: 
— Bo‘ldi! Esimga tushdi! Pushkinoda «Yalta» degan cheburekxona ochilgan! Hammasi tushunarli! 
Styopa o‘sha yoqqa borgan, molday ichib olib, endi o‘sha yerdan telegramma yuborib yotipti! 
— Bu endi g‘irt bema’nilik, — dedi Rimskiy asabdan yonog‘i pir-pir uchib, azbaroyi 
g‘azablanganidan ko‘zlarida o‘t chaqnarkan, — hali shoshmay tursin, bu sayr unga juda qimmatga 
tushadi, — shunday deb turib u birdan to‘xtab qoldi va taraddudlanib ilova qildi: — Ie, jinoiy qidiruv 
nima bo‘ladi... 
— E, safsata u! Uning odatdagi nayrangi, — deb Rimskiy so‘zini bo‘ldi qiziqqon administrator va 
so‘radi: — Paketni eltib beraveraymi? 
— Albatta, — dedi Rimskiy. 
Shu payt eshik ochilib, yana o‘sha ayol kirib keldi... «O‘sha!» — deb o‘yladi Rimskiy negadir 
ma’yuslik bilan. Ikkovlari ham pochtachi ayolga peshvoz turishdi. 
Bu galgi telsgrammada quyidagi so‘zlar yozilgan edi: 
«Tasdiqlaganingiz uchun rahmat. Jinoiy qidiruv bo‘limi adresiga men uchun shoshilinch besh yuz 
yuboring, ertaga Moskvaga uchaman. Lixodeev». 
— Jinni bo‘lib qolipti... — dedi Varenuxa zo‘r-bazo‘r. 
Rimskiy esa kalitni sharakdatib, temir kassa yashigini ochdi-da, undan besh yuz so‘m pulni sanab 
olib, qo‘ng‘iroq chalib kurerni chaqirdi, pulni uning qo‘liga tutqazib, telegrafga yubordi. 
— Esing joyidami, Grigoriy Danilovich? — dedi Varenuxa o‘z ko‘zlariga ishonmay. — Menimcha, 
pul yuborib bekor qilyapsan. 
— Bekor bo‘lsa, qaytib keladi, — dedi Rimskiy sekingina, — lekin bu maishatbozligi uchun u hali 
rosa adabini yeydi, — so‘ng Varenuxaning portfeliga ishora qilib qo‘shib qo‘ydi: — Sen boraqol, Ivan 
Savelevich, fursat g‘animat. 
Shundan keyin Varenuxa qo‘lida portfeli bilan kabinetdan o‘qday otilib chiqib ketdi. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling