Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
62 ayol kirib keldi. U kamariga osilgan kichkina sumkasidan chorburchak oq qog‘oz bilan daftar oldi-da, so‘radi: — Varete shu yermi? Sizlarga o‘ta shoshilinch telegramma. Ko‘l qo‘ying. Varenuxa ayolning daftariga qandaydir aji-buji imzo chekdi, ayol chiqib ketib, eshik yopilgandan keyingina u chorburchak qog‘ozni ochdi. U telegrammani o‘qib chiqib, hayratdan ko‘zlari pir-pir ucha boshladi-yu, uni Rimskiyga uzatdi. Telegrammada quyidagi so‘zlar yozilgan edi: «Yaltadan Moskvaga. Varete. Bugun o‘n biru o‘ttizda jinoiy qidiruv bo‘limiga tungi ko‘ylak, shim kiygan sarpoychan, qo‘ng‘ir soch bir telba kelib, o‘zini Varete direktori Lixodeev deb tanitdi. Direktor Lixodeevning qaerdaligi haqida Yalta jinoiy qidiruv bo‘limiga shoshilinch telegramma yuboring». — Ana xolos, pishdi gilos! — deb yubordi Rimskiy va ilova qilib dedi: — Endi shu yetmay turuvdi! — Soxta Dmitriy, — dedi Varenuxa va tslefon trubkasini olib gapira boshladi: — Telegrafmi? Varete hisobidan. O‘ta shoshilinch telegramma... Eshityapsizmi?.. «Yalta, jinoiy qidiruv bo‘limi... Direktor Lixodeev Moskvada. Moliya direktori Rimskiy»... Shundan keyin Varenuxa Yaltadan olingan ma’lumotga qaramay, yana Styopapi telefon orqali hamma-hamma yerdan axtara boshladi, ammo turgan gapki, uni hech yerdan topmadi. Varenuxa qo‘lidan telefon trubkasini qo‘ymagancha, yana qaerga qo‘ng‘iroq qilsam ekan deb bosh qotirib turgan edi, yana boya birinchi telegrammani olib kelgan ayol kirib kelib, Varenuxaga yangi konvertcha tutqazdi. Varenuxa uni shosha-pisha ochdi-yu, o‘qib chiqib hushtak chalib yubordi. — Yana nima balo? — so‘radi Rimskiy asabdan bir sapchib tushib. Varenuxa telegrammani indamay moliya direktoriga uzatdi, u quyidagi so‘zlarni o‘qidi: «Ishonishingizni o‘tinib so‘rayman. Volandning gipnozi bilan Yaltaga tashlandim. Jinoiy qidiruv bo‘limiga shaxsiyatimni tasdiqlovchi shoshilinch telegramma yuboring. Lixodeev». Rimskiy bilan Varenuxa boshlari bir-biriga tekkuday bo‘lib, telegrammani qaytadan o‘qiy boshlashdi, o‘qib chiqib, churq etmay bir-birlariga tikilib qolishdi. — Grajdanlar! — dedi ayol achchig‘i chiqib. — Oldin imzo cheking, keyin, xohlaganingizcha dim o‘ynayvering! Axir men shoshilinch telegrammalar tarqataman. Varenuxa ko‘zini telegrammadan uzmasdi, daftarga qing‘ir-qiyshiq qilib imzo chekdi, ayol ham chiqib ketdi. — Axir sen u bilan telefonda soat o‘n birlarda gaplashganmiding? — dedi administrator mutlaqo hayratlanib. — G‘irt maynavozchilik bu! — deb baqirib yubordi Rimskiy. — Gaplashdimmi, gaplashmadimmi, baribir, u hozir Yaltada bo‘lishi mumkin emas! Voajab! — U mast... — dedi Varenuxa. — Kim mast? — so‘radi Rimskiy, so‘ng yana ikkov-lari bir-birlariga tikilib qolishdi. Yaltadan telegramma yuborgan biron qallob yoki telba odam bo‘lishi mumkin — bunga hech shubha yo‘q edi; lekin boshqa narsa boshni qotirayotgan edi: o‘sha yaltalik firibgar, kuni kecha Moskvaga kelgan Volandni qaerdan tanirkin? Shuningdek, u bilan Lixodeev o‘rtasidagi munosabatni qayoqdan bila qoldiykin? — «Gipnoz bilan...» — deb takrorladi Varenuxa telegrammadagi so‘zlarni, — lekin u qayoqdan bilarkin Volandni? — U ko‘zlarini pirpiratib turib birdan qat’iyat bilan chinqirib yubordi: — E yo‘q, g‘irt safsata bu! Ishonmayman, ishonmayman! — Qaerda turipti o‘zi o‘sha la’nati Voland? — so‘radi Rimskiy. Varenuxa darhol inturist byurosiga qo‘ng‘iroq qildi va shu zahoti, Volandning Lixodeev kvartirasida joylashganligini xabar qilib, Rimskiyning og‘zini ochirib qo‘ydi. Shundan keyin u Lixodeev kvartirasiga qo‘ng‘iroq qilib, trubkadan eshitilayotgan uzun-uzun signalga uzoq vaqt quloq |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling