Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
O‘n ikkinchi bob SYeHRGARLIK VA UNING FOSh ETILIShI Boshiga sariq rangli teshik kotelok-shlyapa, egniga katak shim, oyog‘iga yaltiroq botinka kiygan, noksimon burni qip-qizil kichkinagina bir odam Varete sahnasiga ikki g‘ildirakli oddiy velosiped Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) www.ziyouz.com kutubxonasi 70 minib chikdi. U fokstrot sadosi ostida sahnani bir marta aylangach, burg‘i chalib zafar na’rasini tortgan edi, velosiped orqa g‘ildiragiga turib oddi. Kichkina odam bitta g‘ildirakda bir oz sahna aylangach, oyog‘ini osmonga ko‘tarib, velosipedni qo‘li bilan boshqara boshladi va ayni paytda uning old g‘iddiragini chiqarib olib parda orqasiga dumalatib yubordi, so‘ng velosiped tepkilarini qo‘li bilan aylantirgancha bir g‘ildirakda yurishni davom ettirdi. Shundan keyin egniga triko va hammayog‘iga kumush yulduzchalar yopishtirilgan yubka kiygan, to‘ladan kelgan sariq soch ayol bir g‘ildirakli judayam baland velosiped minib chiqib, u ham sahnada aylana boshladi. Kichkina odam bu ayol bilan to‘qpash kelganida boyagadagi kotelok-shlyapasini oyog‘i bilan yechib, chinqirib salomlashardi. Nihoyat, sakkiz yoshlardagi afti qarimsiq bir bola avtomobilning kattakon gudogi osilgan qo‘shg‘ildirakli jajjigina velosiped minib chiqib, kattalar oyog‘i ostida o‘ralashib, g‘izillab yura boshladi. Uchchala artist sahnada bir necha marta gir-gir aylangach, orkestrdagi barabanning vahimali sadosi ostida yugurib sahna labiga kelishgan edi, birinchi qatorda o‘tirgan tomoshabinlar «voh», deb o‘tirgan yerlarida orqaga tashlanishdi, chunki odamlarning nazarida, uchchala artist ham velosipedlari bilan birga orkestr joylashgan chuqurga yiqilib tushayotganday bo‘lib tuyulgan edi. Lekin artistlar, velosipedlarining oldingi g‘ildiraklari musiqachilar ustiga qulagudek bo‘lgan bir paytda taqqa to‘xtashdi. Velosipedchilar «Ap!» deya qattiq qichqirishib, yerga sakrab tushdilar, ayni paytda sariq soch ayol tomoshabinlarga havoyi bo‘sa yubordi, go‘dak esa gudogini bibilatib kulgili signal berdi. Gulduros qarsaklar binoni larzaga keltirdi, havorang parda sahnaning ikki tomonidan bir-biriga yaqinlashib kelib, velosipedchilarni ko‘zdan yashirdi, eshiklar tepasidagi «chiqish» deb yozilgan yashil chiroqlar o‘chdi, gumbaz ostidagi oppoq sharsimon chiroqlar o‘rgimchak inini eslatuvchi gimnastika dorlari oralig‘idan quyoshdek charaqlab yondi. Tanaffus boshlangan edi, shu tanaffusdan so‘ng tomoshaning oxirgi bo‘limi boshlanishi kerak. Velosipedchi Jullilar oilasi namoyish qilgan mo‘‘jizaga mutlaqo qiziqmagan yagona odam Grigoriy Danilovich Rimskiy bo‘ldi. U yolg‘iz o‘zi yupqa lablarini tishlab kabinetida o‘tirarkan, chehrasi dam- badam asabdan tirishardi. Lixodeevning g‘ayritabiiy tarzda g‘oyib bo‘lgani yetmaganday, endi hech kutilmaganda administrator Varenuxaning yo‘qolib qolgani ortiqcha bo‘ldi. Rimskiy uning qayoqqa ketganini bilardi, ammo u shu ketganicha... qaytib kelmadi! Rimskiy yelkasini uchirib-uchirib qo‘yarkan, o‘zicha pichirladi: — Axir qaysi gunohim uchun?! Moliya direktoridek ishbilarmon odam uchun Varenuxa ketgan yerga qo‘ng‘iroq qilib, unga nima bo‘lganini so‘rab bilishdan oson ish bo‘lmasa ham, taajjubki, u to kechki soat o‘ngacha o‘zini bu narsaga majbur qila olmadi. Soat o‘nga borganda Rimskiy o‘zini o‘zi majbur qilib, nihoyat telefon trubkasini qulog‘iga tutdi, tutdi-yu telefonning gung bo‘lib qolganini bildi. Kurer binodagi boshqa telefonlar ham ishlamayotganini xabar qildi. Albatta, ko‘ngilsiz, ammo unchalik g‘ayritabiiy bo‘lmagan bu hol moliya direktorini, negadir, tamomila hangu mang qilib qo‘ydi, lekin ayni paytda xursand ham qildi: u qo‘ng‘iroq qilish zaruratidan forig‘ bo‘lgan edi. Tanaffusdan darak beruvchi qizil chiroq moliya direktorining boshi uzra endigina lip-lip yona boshlagan edi, kurer kirib ajnabiy artistning kelganini xabar qildi. Negadir moliya direktori bu xabardan bir seskanib tushdi va o‘rnidan turib, qovog‘idan qor yog‘gudek o‘shshaygancha, gastrolyorni kutib olgani parda orqasiga yo‘l oldi, chunki uni kutib olish uchun Rimskiydan boshqa hech kim qolmagan edi. Bir guruh sinchkov odamlar: egniga zarvaraq shohi to‘n kiyib, salla o‘ragan ko‘zboyloqchilar, to‘qima oq kurtka kiygan konki uchuvchiyu upa sepib aftini oqarTirgan bayonchi va grimchilar yo‘lakda uymalashib turisharkan, har xil vaj bilan kattakon grimxonaga mo‘ralashardi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling