Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
78
va u yerda to‘rt soatcha mehmon bo‘lib qolgan. 
Shu teran sukutda kimningdir iztirobli nidosi eshitiddi: 
— Voy! —  
Arkadiy Appolonovichning yosh qarindoshi birdan do‘rillovchi dahshatli ovoz bilan xaxolab 
yubordi. 
— Gap buyoqda ekan-da! — dedi u, — o‘zimam ko‘pdan shubha qilib yurardim buni. Luiza roli 
nima sababdan o‘sha noshudga berilgani mana endi oydinlashdi menga! 
Shunday deb turib u birdan qo‘lidagi kalta dastali binafsharang yo‘g‘on zonti bilan Arkadiy 
Appolonovichning boshiga ayamay tushirdi. 
Yaramas Fagot, ya’ni Korovyov esa baqirdi: 
— Mana, muhtaram grajdanlar, Arkadiy Appolonovich qo‘yarda-qo‘ymay talab qilgan fosh qilish 
hodisalaridan biri! 
— Arkadiy Appolonovichga qo‘l ko‘tarishga qanday hadding sig‘di, manjalaqi? — deb dag‘dag‘a 
qildi Arkadiy Appolonovichning xotini mahobatli qaddini tiklab o‘rnidan turarkan. 
Qarindosh juvon yana bir marta iblisona qah-qah urib kuldi. 
— Boshqalarning haddi sig‘masayam, — deb javob qiddi xaxolagancha, — mening haddim sig‘adi 
qo‘l ko‘tarishga! — Shunda ikkinchi marta «qars» etgan tovush eshitiddi — ayolning zonti Arkadiy 
Appolonovichning boshiga urilib koptokdek sakragan edi. 
Shunda Sempleyarovning xotini: 
— Militsiya! Qamoqqa olinglar buni! — deb shunday dahshatli shang‘illadiki, ko‘pchilik 
odamlarning yuragi «shuv» etib ketdi. 
Buning ustiga mushuk ham sahna oldiga otilib chiqib, butun teatrni boshiga ko‘tarib birdan 
odamzod ovozi bilan baqirdi: 
— Seans tamom! Maestro! Marshni do‘ndiring! Es-hushini yo‘qotib qo‘ygan dirijyor o‘zining nima 
qilayotganini tushunmay, dirijyorlik cho‘pini silkidi va orkestr qandaydir g‘ayritabiiy benihoya 
odobsiz bir marshni chalmadi, gumburlatmadi, balki mushukning razilona iborasi bo‘yicha — 
do‘ndirdi... 
Lekin eng muhimi bu emas, balki shu voqealardan keyin Vareteda qiyomat qoyim boshlangani 
bo‘ldi. Militsionerlar Sempleyarovlar o‘tirgan loja tomon yugurib ketishdi, tomoshatalablar loja 
to‘sig‘idan oshib o‘tmoqchi bo‘lishar, mudhish qahqaha, vahshiyona baqiriqlar va bularning 
hammasini bosgudek bo‘lib orkestrdagi mis zilning jarangi yangrardi. 
Xuddi shu paytda sahna birdan bo‘m-bo‘sh bo‘lib qoldi, boya janda eskirgan kresloda o‘tirgan 
sehrgar shu kreslo bilan birga qanday g‘oyib bo‘lgan bo‘lsa, endi Fagot bilan surbet mushuk 
Begemotning bir dam solishi bilan vujudga kelgan narsalar ham shunday g‘oyib bo‘lgan edi. 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling