Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
77 Kechikkan ayollar sahnaga otilishar, ayni paytda bal ko‘ylaklari, ajdar gulli pijamalar, sipo tashrif liboslari, bir qoshga bostirilgan shlyapalar kiygan baxtiyor ayollar sahnadan tizilishib tushib kelishardi. Shu payt Fagot, vaqt kech bo‘lgani sababli yana bir daqiqadan keyin magazin ertaga kechqurungacha yopiladi, deb e’lon qilgan edi, sahnada g‘ayri tavsif besaranjomlik boshlandi. Ayollar oyoqlariga kiyib ham ko‘rmasdan tuflilarga apil-tapil chang sola boshlashdi. Bir ayol sahna orqasiga naq bo‘rondek uchib kirib, egnidagi kiyimini shartta yechib tashladi-yu, qo‘liga ilingan birinchi libosga — parcha-parcha gulli shoyi xalatga chang soldi, bundan tashqari, yana ikki shisha atirni ham ilib ketdi. Rosa bir daqiqadan keyin pistoletdan o‘q uzilib, toshoynalar g‘oyib bo‘ldi, vitrina va kursilar qayoqqadir cho‘kdi, gilam ham, darpardalar ham havoda erib yo‘q bo‘ldi. Eng oxirida tog‘-tog‘ bo‘lib uyilib yotgan eski ko‘ylaklaru poyabzallar g‘oyib bo‘ldi va sahna yana avvalgi bo‘m-bo‘sh huvillagan holiga kirdi. Ana shunda oraga yangi personaj aralashdi. Ikkinchi lojadan bir xushovoz erkakning yoqimli va jarangdor ovozi eshitildi: — Har qalay, grajdanin artist, hozirning o‘zida fokuslaringizning texnikasini, ayniqsa qog‘oz pul borasidagi fokusingizni tomoshabinlarga fosh qilishingizni istardik. Shuningdek, yana, konferanseni sahnaga qaytarsangiz yaxshi bo‘lardi. Uning taqdiri tomoshabinlarni hayajonga solmoqda. Bu xushovoz tomoshabin bugungi tomoshaning faxriy mehmoni, Moskva teatrlari akustika komissiyasining raisi kimsan — Arkadiy Appollonovich Sempleyarov edi. Arkadiy Appolonovich lojada ikki ayol bilan o‘tirardi: ularning biri — moda bo‘yicha va qimmatli kiyim kiygan, ancha yoshga borib qolgan, ikkinchisi — odmigina kiyingan yosh va ko‘hlikkina edi. Keyinroq protokol tuzilgan paytda ma’lum bo‘ldiki, birinchi ayol Arkadiy Appolonovichning xotini, ikkinchisi esa — uning uzoq qarindoshi bo‘lib, u Saratovdan kelgan va hozirgi paytda shu Sempleyarovlarning kvartirasida yashab turgan kelajagi porloq yosh aktrisa ekan. — Pardon! — deb javob qildi Fagot. — Meni avf tgasiz, buning hech qanday fosh qiladigan tomoni yo‘q, xammasi tushunarli. — Yo‘q, kechirasiz! Fosh etish shart. Shusiz bu ajoyib nomerlaringiz dilda og‘ir asorat qoldiradi. Tomoshabin ahli izoh talab qiladi sizdan. — Tomosha ahli, — deb surbet masxaraboz Sempleyarovning so‘zini bo‘ldi, — hech nima talab qilgani yo‘q shekilli? Ammo, sizning mo‘‘tabar istagingizni e’tiborga olib, Arkadiy Appolonovich, mayli, men fosh qilaman. Lekin undan oldin yana bitta kichkinagina nomer ko‘rsatishga ijozat bersangiz! — Bemalol, — javob qildi Arkadiy Appolonovich muruvvat ko‘rsatib, — ammo oxirida albatta fosh qilish bo‘lsin. — Bosh ustiga, bosh ustiga. Shunday qilib, qani, savolimga javob bering-chi, kecha kechqurun qaerda edingiz, Arkadiy Appolonovich? Mana shu noo‘rin, hatto tahqirona desa ham bo‘ladi, savolni eshitgan Arkadiy Appolonovichning chehrasi o‘zgardi, o‘zgargandayam juda yomon o‘zgarib ketdi. — Arkadiy Appolonovich kecha kechqurun akustika komissiyasining majlisida edi, — deya bayonot berdi uning xotini o‘ta takabburlik bilan, — ammo buning sehrgarlikka nima aloqasi bor, tushunmadim. — Uy 11 , madam, — deb ta’kidladi Fagot, — tushunmayotganingiz tabiiy hol. Majlis masalasida siz mutlaqo gumrohsiz. Arkadiy Appolonovich, o‘sha siz aytgan, aslida esa kecha bo‘lmagan, majlisga jo‘nab ketgach, Chistie prudi yaqinidagi akustika komissiyasining binosi oddida o‘z shofyoriga javob berib yuborgan (butun zal suv quygandek jim bo‘lib qoldi), o‘zi esa avtobusda Yeloxovskaya ko‘chasiga, rayon sayyor teatrining artistkasi Militsa Andreevna Pokobatkonikiga mehmonga borgan 11 Uy (fr.) — Ha, to‘g‘ri degan ma’noni bildiradi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling