Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
74 Beletajdan*: «Nega chang solasan? Bu meniki! Men tomonga uchib tushayotuvdi!» — degan ovoz va unga javoban: «Turtma meni, agar men seni turtsam, onangni ko‘rasan!» — deb baqirgan boshqa ovoz eshitiddi. So‘ng birdan shapaloq ovozi keldi. Shu zahoti beletajda militsioner qalpog‘i paydo bo‘lib, u yerdan kimnidir olib chiqib ketishdi. Xullas, odamlarning hayajoni tobora ortib borardi, agarda Fagot havoga bir puflab pul yog‘inini taqqa to‘xtatmaganida bormi, oxiri nima bo‘lishini bilib bo‘lmasdi. Ikkita yosh yigit ma’nodor va sho‘x ko‘zlarini urishtirib olib, o‘rinlaridan turishdi-yu, to‘ppa-to‘g‘ri bufetga yo‘l olishdi. Teatr misoli ari uyasi edi, tomoshabinlarning ko‘zlari asabiy chaqnardi. Ha, darhaqiqat, bu mashmashaning oqibati nima bo‘lishini hech kim ayta olmas edi — agar Bengalskiy o‘zini qo‘lga olib, joyidan qo‘zg‘almaganida. U o‘zini yaxshilab tutib olishga urinib, odati bo‘yicha kaftlarini bir-biriga ishqadi va ovozini mumkin qadar jarangdor qilib dedi: — Shunday qilib, grajdanlar, hozir siz bilan biz ommaviy gipnoz deyiluvchi voqeaning shohidi bo‘ldik. Bu — sehrgarlikda hech qanday mo‘‘jiza yo‘qligini juda aniq isbotlovchi sof ilmiy tajriba. Endi maestro Volanddan mazkur tajribani fosh qilishlarini iltimos qilamiz. Hozir, grajdanlar, siz ana shu pul bo‘lib ko‘ringan qog‘ozlarning qanday paydo bo‘lgan bo‘lsa, shunday zumda g‘oyib bo‘lishini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz. Shunday deb u chapak chala boshladi, lekin unga bironta ham odam jo‘r bo‘lmadi, u chapak chalayotganida chehrasida ishonchli tabassum o‘ynagan edi, ammo ko‘zlarida ishonchdan asar ham yo‘q edi, uning ko‘zlari ko‘proq iltijoni ifodalardi. Bengalskiy nutqi xalqqa yoqmadi. Butun zal shunday teran sukutga toldiki, uni faqat katak kamzulli Fagot buzdi. — Buyam yana, hali aytganimizdek, yolg‘onchilik namunasi, — dedi u takaniki singari qaltiroq va shang‘i ovoz bilan. — Bu qog‘ozlar, grajdanlar, haqiqiy pullardir! — Bravo! — deb bo‘kirdi bir yo‘g‘on ovoz yuqoridan. — Sirasini aytsam, bu odam, — deb Fagot Bengalskiyni ko‘rsatdi, — jonimga tegdi. Hamma narsaga tumshug‘ini tiqyapti, qalbaki luqmalari bilan seansga putur yetkazyapti! Nima qilsak bo‘larkina buni? — Kallasini olish kerak! — dedi galereyadan turib kimdir g‘azab bilan. — Nima dedingiz? Labbay? — Fagot shu zahoti ilib ketdi bu yaramas taklifni. — Kallasini olish kerak? Dono fikr! Begemot! — deb baqirdi u mushukka. — Bajar! Eyn, tsvey, drey! Shunda mutlaqo kutilmagan hol yuz berdi. Qora mushukning tuklari tikkaydi, u mudhish ovoz bilan miyovladi. Keyin g‘ujanak bo‘lib turib to‘g‘ri Bengalskiyning ko‘ksiga qoplondek sapchidi-da, uning boshiga sakrab chikdi. Mushuk xirillagancha momiq panjalari bilan konferansening siyrak sochlarini changallab oldi va vahshiyona chinqirgancha boshini ikki marta burab, yo‘g‘on bo‘ynidan uzib oldi. Teatrdagi ikki yarim ming odam baravariga chinqirib yubordi. Bengalskiy uzilgan bo‘ynidagi tomirlaridan qon tizillab otila boshladi, uning manishkasi 10 , fraki qonga bo‘yaldi. Zaldan ayollarning jonholatda chinqirganlari eshitildi. Mushuk uzilgan boshni Fagotga berdi, u esa boshning sochidan ushlab, uni xalqqa ko‘rsatdi, shunda bosh jon achchig‘ida butun teatrni boshga ko‘tarib baqirdi: — Doktor chaqiringlar! — Bundan keyin ham tuturiqsiz gaplarni javraysanmi? — dag‘dag‘a bilan so‘radi Fagot yig‘layotgan boshdan. — Boshqa qilmayman! — deb xirilladi bosh. — Xudo haqqi, qiynamang uni! — lojadan ayol kishining g‘oyatda o‘tkir chinqirig‘i eshitildi, sehrgar shu ovoz kelgan tomonga yuzini o‘girdi. — Xo‘sh, grajdanlar, kechiramizmi buni? — so‘radi Fagot zalga yuzlanib. — Kechirilsin! Kechirilsin! — avvaliga ko‘proq ayollarning ayrim-ayrim ovozlari eshitildi, keyin 10 Manishka — ko‘ylakning faqat frak ostidan kiyilaligan ko‘krak qismi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling