Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
59
yerda, zina boshidayoq birdan raisning miyasida: «Ie, eshik surg‘uchlangan bo‘lsa, tarjimon ka-binetga 
qanday kirib qoldi ekan?! Nega buni u, ya’ni Nikonor Ivanovich, undan so‘ramadi?» — degan fikrdan 
hushi og‘ib qolayozdi. Rais ancha vaqtgacha zinaning pillapoyalariga baqrayib turib qoldi, lekin axiyri 
bunga parvo qilmaslikka va bu jumboqli savol bilan boshini qotirib o‘tirmaslikka qaror qildi... 
Rais kvartiradan chiqqan hamonoq, yotoqxonadan do‘rillagan ovoz eshitildi: 
— Menga yoqmadi bu Nikonor Ivanovich. U pixini yorgan qallob, uchiga chiqqan muttaham. Uni 
ikkinchi bu yerga kelmaydigan qilib yuborish mumkin emasmi? 
— Messir, siz buyruq bersangiz bo‘ldi!.. — qaerdandir Korovyovning ovozi eshitildi — lekin endi 
ovozi qaltiramas, balki jarangdor va ravon edi. 
Keyin shu onning o‘zida bu la’nati tarjimon dahlizda paydo bo‘ldi, telefon nomerini terib, endi 
negadir yig‘loqi ovoz bilan gapira boshladi: 
— Allo! Sizga shuni ma’lum qilishni o‘z burchim deb bilaman: Sadovaya ko‘chasidagi nomer uch 
yuz ikkinchi bis uy boshqarmasining raisi Nikonor Ivanovich Bosoy valyutafurushlik qiladi. Ayni shu 
paytda uning nomer o‘ttiz beshinchi kvartirasida, hojatxonadagi ventilyatsiya tuynugida gazeta 
qog‘ozga o‘ralgan to‘rt yuz dollar yashirilgan. Bu gapirayotgan — yuqorida aytilgan uyning nomer o‘n 
birinchi kvartirasida istiqomat qiluvchi Timofey Kvastsovman. Lekin mening nomimni sir tutishingizni 
o‘tinib so‘rayman. Zero, yuqorida nomi zikr etilgan raisning qasos olishidan qo‘rqaman. 
Shunday deb trubkani osib qo‘ydi ablah. 
Shundan keyin 50-kvartirada nimalar bo‘lgani ma’lum emas, lekin Nikonor Ivanovichnikida ne hol 
yuz bergani bizga ma’lum. Rais o‘z kvartirasida hojatxonaga kirib, ichidan eshikning ilgagini solib 
qo‘ydi, so‘ng portfelidan tarjimon zo‘rlab qistirgan bir dasta pulni oldi-da, uni sanab to‘rt yuz so‘m 
ekanligini bildi. Nikonor Ivanovich shu pulni gazeta parchasiga o‘rab, ventilyatsiya tuynugiga tiqib 
qo‘ydi. 
Yana besh minutdan keyin rais o‘zining mo‘‘jazgina yemakxonasida stol ortida o‘tirardi. Uning 
umr yo‘ldoshi sarishtalik bilan to‘g‘ralib, ustiga ko‘k piyoz qalin qilib sepilgan bir tarelka selyodkani 
oshxonadan olib chikdi. Nikonor Ivanovich bir ryumka araq quyib, ichib yubordi, ikkinchi ryumkani 
quyib, uniyam ichdi-da, sanchqisiga birakayiga uch bo‘lak selyodkani ildi... Xuddi shu payt eshik 
qo‘ng‘irog‘i chalindi, Pelageya Antonovna ayni paytda bug‘i chiqib turgan kastryulni yemakxonaga 
ko‘tarib kirdiki, unga bir nazar tashlashning o‘zida ichida nima borligini, olovrang quyuq karam 
sho‘rva ichida jahonda eng totli narsa — ilik borligini his etish qiyin emas edi. 
Nikonor Ivanovich so‘lagini yutib, xuddi ko‘ppakdek irilladi. 
— E, padarlaringga la’nat! Tinchgina ovqatlanganiyam qo‘yishmaydi. Hech kimni qo‘yma, men 
yo‘qman, yo‘qman. Kvartira masalasida bo‘lsa, ayt, boshni qoti-rishmasin. Bir haftadan keyin majlis 
bo‘ladi. 
Nikonor Ivanovichning xotini dahlizga g‘izillab chiqib ketdi, o‘zi esa o‘t ufuruvchi ko‘lni 
eslatuvchi karam sho‘rvadan cho‘mich bilan uzunasiga darz ketgan ilik suyagini suzib oldi. Xuddi shu 
payt yemakxonaga ikki kishi kirdi, ular bilan kirgan Pelageya Antonovnaning rangi negadir quv 
o‘chgan edi. Bu grajdanlarga ko‘zi tushishi bilan Nikonor Ivanovich ham oqarib ketdi va o‘rnidan 
turdi. 
— Hojatxona qaerda? — qiyshiq yoqali oq ko‘ylak kiygan birinchi grajdanin tashvishli ohangda 
so‘radi. 
Ovqat stolida bir narsa «to‘q» etib ketdi (Nikonor Ivanovichning qo‘lidan cho‘mich tushib ketgan 
edi). 
— Buyoqda, buyoqda, — dedi bidirlab Pelageya Antonovna. 
Kelganlar darhol yo‘lak tomonga otilishdi. 
— Nima gap o‘zi? — tortinibgina so‘radi Nikonor Ivanovich kelganlar orqasidan ergasharkan. — 
Bizning kvartiramizda hech qanday shubhali narsa bo‘li-shi mumkin emas... Kechirasiz... 
hujjatlaringiz... 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling