Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
57 ko‘rdi. — Tavba, qanday qilib xotiramdan ko‘tarilipti-ya, — Nikonor Ivanovich ochilgan konvertga ma’nosiz tikilgancha g‘o‘ldirardi. — E, Nikonor Ivanovich, bundan ham qismat voqealar bo‘ladi hayotda! — deb shang‘illadi Korovyov. — Parishonxotirlik, ha, parishonxotirlik, yana, charchagansiz, qon bosimingiz ko‘tarilgan, qadrdon do‘stimiz Nikonor Ivanovich! Men o‘zim ham o‘lgudek parishonxotirman. Bir vaqt topib, dilkashlik qilga-nimizda o‘z boshimdan kechirganim ayrim voqealarni sizga hikoya qilib beraman, kulaverib ichagingiz uziladi! — Lixodeev qachon ketarkan Yaltaga? — O, u allaqachon ketib bo‘ldi! — deb chiyilladi tarjimon. — U, menga sizga aytsam, hozir safarda! Xullas, qaerdaligini shayton ham bilmaydi! — shunday deb u ikkala qo‘lini xuddi shamol tegirmonining parraklariga o‘xshatib aylantira boshladi. Nikonor Ivanovich ajnabiy janob bilan shaxsan uchrashmog‘i shartligini aytgan edi, lekin tarjimondan rad javobini oldi: hech mumkin emas. Band. Mu-shuk bilan mashq qilyapti. — Agar xohlasangiz, mushukni ko‘rsatishim mumkin, — deb taklif qildi Korovyov. Bu safar endi taklifii Nikonor Ivanovich rad etdi, lekin shu payt tarjimon raisga nihoyatda qiziqarli bir taklifni bayon qildi. Janob Voland mehmonxonada turishni mutlaqo yoqtirmasligi va keng joyda erkin yashashga odatlanganligi sababli uy boshqarmasi bir haftaga, ya’ni Volandning Moskvadagi gastrollari paytida butun kvartirani, ya’ni marhumning ham xonalarini qo‘shib, ijaraga bermasmikin? — Axir endi marhum uchun baribir-ku, — bo‘g‘iq ovoz bilan pichirladi Korovyov, — o‘zingiz ham tushunib turibsiz, Nikogyur Ivanovich, endi unga bu kvartiraning hech hojati yo‘q, shunday emasmi? Bu taklifdan bir oz hayron bo‘lgan Nikonor Ivanovich, ajnabiy shaxslar xususiy kvartirada emas, balki «Metropol» mehmonxonasida turishlari kerak, degan mazmunda e’tiroz bildirdi. — Aytyapman-ku sizga, o‘lgudek injiq! — pichirladi Korovyov. — Hech xohlamaydi! Yoqtirmaydi sira mehmonxonada turishni! Mana bunday to‘yganman bu inturistlardan! — imi-jimida zorlandi Korovyov tomirlari bo‘rtib chiqqan bo‘yniga barmog‘ini olib borib. — Ishonasizmi, jonimdan to‘ydirib yuborishdi! Kelishadi-da... yo xuddi iskovuch itvachcha singari josuslik qilishadi, yo surunkasiga injikdik qilaverib qoningga tashna qilib yuborishadi: undoq emas — bundoq, uni yoqtirmayman, bunisining keragi yo‘q!.. Lekin sizning uy boshqarmangiz, Nikonor Ivanovich, bu bitimdan faqat foydayu sof daromad ko‘radi. U pulni ayamaydi. — Korovyov atrofga ko‘z tashlab olib, raisning qulog‘iga pichirladi: — Millioner u! Tarjimonniig bu taklifida aniq amaliy ma’no mavjud edi, u ma’no nihoyatda salobatli edi-yu, ammo tarjimonning o‘zi gapirish tarzi bilan ham, kiyim-boshi, ko‘zidagi hech nimaga yaroqsiz pensnesi bilan ham mutlaqo bachkana odam bo‘lib ko‘rinayotgan edi. Shunga ko‘ra raisning ko‘nglini qandaydir bir shubha kemirardi, ammo shunday bo‘lsa ham taklifni qabul qilmoqchi bo‘ldi. Gap shundaki, uy boshqarmasida yetishmovchilik judayam katta edi. Kuzga borib uyni bug‘ bilan isitish uchun neft xarid qilish kerak edi, biroq buning uchun shimildiriq ham yo‘q edi. Mana, inturist beradigan pul bilan mushkulni oson qilsa bo‘ladi. Shunga qaramay, ishbilarmon va ehtiyotkor Nikonor Ivanovich bu masalani oldin inturist byurosi bilan kelishib olishi kerakligini izhor qildi. — Tushunaman, — deb chiyilladi Korovyov, — kelishmay bo‘larkanmi, albatta kelishib oling. Mana sizga telefon nomeri, Nikonor Ivanovich, hozirning o‘zida gaplashib, kelishib oling. Pul masalasiga kelsak, hech tortinmang, — pichirlab ilova qildi u raisni telefon turgan dahlizga yetaklarkan, — shulardan durustroq undirmasangiz, kimdan undirasiz! Siz uning Nitstsadagi villasini ko‘rsangiz — qiyomat! Kelasi yili yozda chet elga borganingizda ataylab unikiga kirib o‘ting — ko‘rib og‘zingiz ochilib qoladi! Inturist byurosi bilan bo‘ladigan bitim telefon orqali bir zumda hal bo‘la qoldiki, bu hol ham raisni hayratga soldi. Ma’lum bo‘lishicha, u yerdagilar janob Volandning Lixodeevga qarashli xususiy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling