Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
58 kvartirada turmoqchi bo‘lganidan xabardor ekanlar, binobarin bunga hech qanday monelik qilishmadi. — Ana, qoyil bo‘ldi! — baqirdi Korovyov. Uning shang‘i ovozidan xiyla esankirab qolgan rais, uy boshqarmasi 50-kvartirani artist Volandga bir hafta muddatga ijaraga berishga rozi ekanligini aytib, u yog‘iga bir oz iymanib to‘xtalib qoldida, so‘ng dedi: — Kuniga besh yuz so‘mdan. Shunda Korovyov raisni tamoman esini og‘dirib qo‘ydi. U zilday og‘ir mushukning yengil sakrayotgani eshitilib turgan yotoqxona tomonga o‘g‘rincha ko‘z qisib ishora qildida, hirqiroq ovoz bilan dedi: — Demak, bir haftaga uch yarim ming bo‘ladi — shundaymi? Nikonor Ivanovich Korovyovdan: «Obbo Nikonor Ivanovich-e, ishtahangiz zo‘r-u!» — degan malomatni kutgan edi, biroq u tamomila boshqa gapni aytdi. — E, shuyam pul bo‘ptimi? Besh ming so‘rang, beradi. Nikonor Ivanovich parishon tirjaygancha marhumning stoli oldiga borib qolganini o‘zi ham payqamadi, bu payt Korovyov g‘ayritabiiy uddaburronlik va epchillik bilan bir zumda ikki nusxada shartnoma tayyorlab tashladi. Shundan keyin yotoqxonaga g‘izillab kirib chiqdi — shartnomaning ikkala nusxasiga ham chet ellik artist katta-katta qilib imzo chekkan edi. Bu shartnomaga rais ham qo‘l qo‘ydi. Shunda Korovyov undan besh ming olgani haqida Nikonor Ivanovichdan tilxat so‘radi... — Harflar bilan yozing, harflar bilan, Nikonor Ivanovich!.. Besh ming so‘m deb... — so‘ng bu jiddiy bitimga mutlaqo yot bo‘lgan bachkana so‘zlarni aytib: — Eyn, tsvey, drey! — besh dasta yap- yangi pulni raisning oldiga tashladi. Shunda Korovyovning: «Yerdan topsang — sanab ol», «hisobli do‘st ayrilmas» va hokazo mutoyiba va qochiriq gaplari jo‘rligida pul birma-bir sanab chiqildi. Rais pullarni sanab bo‘lgach, Korovyovdan vaqtinchalik propiska qilish uchun ajnabiy artistning pasportini so‘radi, so‘ng pasportini ham, shartnomani ham, pulni ham portfeliga soldida, Korovyovdan qimtinibgina kontramarka 9 so‘radi... — Bundan oson ish yo‘q! — deb shang‘illadi Korovyov. — Sizga qancha bilet kerak, Nikonor Ivanovich, o‘n ikkita yetadimi, o‘n beshtami? Dovdirab qolgan rais, o‘zi bilan rafiqasi Pelageya Antonovnaga faqat bir juftgina kontramarka yetadi deb tushuntirdi. Korovyov shu zahoti bloknot olib, chaqqonlik bilan birinchi qatordan ikki kishilik kontramarka yozib, uni chap qo‘li bilan Nikonor Ivanovichga tutqazarkan, o‘ng qo‘lidagi qalinligi bir dasta shaldiroq pulni epchillik bilan uning cho‘ntagiga solib qo‘ydi. Nikonor Ivanovich pulga ko‘z qirini tashladiyu cho‘g‘dek qizarib ketib, tarjimonning qo‘lini o‘zidan itara boshladi. — Bu mumkin emas... — deb g‘o‘ldiradi u. — Qo‘limni qaytarmang, — deb pichirladi Korovyov uning qulog‘iga, — bizda mumkin emas, ammo chet elliklarda mumkin. Siz uni ranjitib qo‘yasiz, Nikonor Ivanovich, bu yaxshi emas. Axir xizmat qildingiz... — Jinoyat hisoblanadi-ku, — eshitilar-eshitilmas pichirladi rais ko‘zlari olazarak bo‘lib. — Axir guvohlar yo‘q-ku! — pichirladi Korovyov uning ikkinchi qulog‘iga. — O‘zingiz ayting, qani guvoh? Be, qo‘ysangiz-chi! Shu payt, keyinchalik raisning tasdiqlashicha, mo‘‘jiza sodir bo‘ldi: o‘sha bir dasta pul o‘zidan-o‘zi uning portfeliga sho‘ng‘ib kirib ketdi. Keyin negadir birdan tinkasi qurigan, hatto behol rais o‘zini zina boshida ko‘rdi. Uning miyasida turli-tuman xayollar g‘ujg‘on o‘ynardi. Bu xayollar ichida Nitstsadagi villa ham, o‘rgatilgan mushuk ham bor edi, yana u, xayriyat guvohlar yo‘q edi, deb o‘ylab turib, birdan kontramarka uchun Pelageya Antonovna xursand bo‘ladi, deb ko‘ngli-dan o‘tkazdi. Bular poyintar- soyintar fikrlar edi-yu, ammo umuman, xush yoqardi. Lekin shunga qaramay, rais qalbining eng teran bir yerida qandaydir igna mudom sanchib turardi. Bu bezovtalik ignasi edi. Bundan tashqari, shu 9 Kontramarka — teatr yo kontsertga kirish uchun pulsiz beriladigan ruxsatnoma |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling