Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
60 Birinchi grajdanin keta turib Nikonor Ivanovichga hujjatini ko‘rsatdi, ikkinchi grajdanin esa ayni shu topda hojatxonada, kursiga chiqib, ventilyatsiya tuynugiga qo‘lini tiqqan edi. Nikonor Ivanovichning ko‘z oldi qorong‘ilashdi. Gazetani ochishgai edi, unda so‘mlar emas, balki allaqanday cholning gasviri tushirilgan, ko‘k bo‘lib ko‘k, yashil bo‘lib yashil bo‘lmagan notanish pullar chikdi. Lekin bularning qammasi Nikonor Ivanovichning ko‘ziga g‘ira-shira ko‘rindi, chunki uning ko‘z oldini qandaydir dog‘lar qoplagan edi. — Ventilyatsiya tuynugida dollarlar, — o‘ychanlik bilan dedi birinchi grajdanin va Nikonor Ivanovichdan muloyim ohangda so‘radi: — Paket siznikimi? — Yo‘q! — deb javob qildi Nikonor Ivanovich ko‘rqinchli ovoz bilan. — Dushmanlarning ishi bu! — Shunaqa ham bo‘ladi, — deb qo‘shilishdi birinchi grajdanin, so‘ng yana muloyimlik bilan ilova qildi: — Bo‘pti, qolganini ham topshirish kerak. — Menda hech nima yo‘q! Yo‘q, azbaroyi xudo, qo‘limga ham ushlamaganman bunaqa narsani! — jon-jahdi bilan chirqilladi rais. U kiyim javoni oldiga yugurib borib, uning g‘aladonini taraqlatib tortib oldi, u yerda yotgan portfelni olib ocharkan, bir-biriga qovushmagan gaplarni baqira boshladi: — Mana shartnoma... ablah tarjimon solib qo‘ygan... Korovyov... pensne taqqan! U portfelni ochib, ichiga qaradi, keyin unga qo‘lini tiqdiyu rangi ko‘karib ketdi, qo‘lidagi portfel karam sho‘rvaga tushib ketdi. Portfelda hech nima: Styopaning xati ham, shartnoma ham, ajnabiy artistning pasporti ham, pul ham, kontramarka ham yo‘q edi. Xullas, buklama metrdan boshqa hech vaqo qolmagan edi. — O‘rtoqlar! — jazavasi tutib baqirvordi rais.— Tutinglar ularni! Bizning uyga insu jinslar joylashib olipti! Xuddi shu mahal Pelageya Antonovaning ko‘ziga nima ko‘rindi bilmaymiz-u, lekin u birdan qo‘llarini bir-biriga urib chinqirdi: — Voy, Ivanich, tavba qil! Gunohing yengillashadi! Ko‘zlariga qon quyilgan Nikonor Ivanovich xotinining boshida musht do‘laytirdi va: — Padar qusur ovsar! — deb xirilladi. Shundan keyin u zaiflashib, stulga o‘tirdi, chamasi, taqdirga tan bermoqchi bo‘ldi. Bu mahal sinchkovlik dardiga chalingan Timofey Kondratevich Kvastsov rais kvartirasining ostonasida turib, eshikning kalit teshigiga goh mo‘ralar, goh quloq tutar edi. Yana besh minutdan keyin uyning bu paytda hovlida bo‘lgan jami aholisi raisning ikki kishi kuzatuvida to‘g‘ri darvoza tomon yo‘l olganini ko‘rdi. Ularning gapiga qaraganda, Nikonor Ivanovichning rangi dokadek oqargan, xuddi mast kishiday gandiraklab, bir nimalarni g‘o‘ldirab o‘tib ketganmish. Yana bir soatdai keyin noma’lum bir grajdanin o‘n birinchi kvartiraga kirib keldi, bu payt Timofey Kondratevich qo‘shnilariga raisni qanday qilib ilintirishganini huzur qilib, og‘iz ko‘pirtirib hikoya qilardi. Kelgan odam Timofey Kondratevichni barmog‘i bilan oshxonadan dahlizga imladi, unga bir nimalar dedi, so‘ng u bilan birga g‘oyib bo‘ldi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling