Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
To‘qqizinchi bob
KOROVYoVNING NAYRANGLARI Moskvaning Sadovaya ko‘chasidagi marhum Berlioz yashagan 302-uy boshqarmasining raisi Nikonor Ivanovich Bosoy chorshanbadan payshanbaga o‘tgan tundan boshlab juda sertashvish bo‘lib qolgan edi. Kitobxonning xabari bor, bu uyga yarim kechada Jeldibin ishtirokidagi komissiya kelib, Nikonor Ivanovichni chaqirtirgan, unga Berliozning halok bo‘lganini xabar qilib, u bilan birga 50-kvartiraga yo‘l olgan edi. Ular marhumning qo‘lyozma va buyumlarini muhrlashgan paytda, kelib-ketuvchi uy xodimasi Grunya ham, yengiltak Stepan Bogdanovich ham kvartirada yo‘q edi. Komissiya, marhumning qo‘lyozmalarini tahlil qilish uchun o‘zi bilan olib ketajagini, uning turar joyi, ya’ni uchta xona (zargar bevasiga qarashli sobiq kabinet, mehmonxona va yemakxona) uy boshqarmasi ixtiyoriga o‘tishini, marhumning buyumlari esa to vorislar topilmaguncha, mazkur turar joyda saqlanishi shartligini Nikonor Ivanovichga ma’lum qilgan edi. Berliozning halok bo‘lgani haqidagi ovoza butun uy ahliga yashin tezligida tarqaldi, oqibat, payshanba kuni ertalabki soat yettidanoq Bosoyga telefon qila boshlashdi, keyin esa marhumning kvartirasiga da’vogarlik mazmunidagi arizalarni ko‘tarib kela boshlashdi. Qisqasi, Nikonor Ivanovich atigi ikki soat mobaynida bunday arizalardan o‘ttiz ikkitasini qabul qildi. Mazkur arizalarda yolborishlar ham, tuhmat ham, g‘iybat ham, hatto kvartirani o‘z hisobiga remont qilib olishga va’da beruvchilaru banditlar bilan bitta kvartirada tiqilishib yashashga ortiq bardosh qilolmasligi haqida yozilgan arizalar ham bor edi. Bu arizalar ichida 31-kvartirada chuchvara o‘g‘rilab kamzul cho‘ntagiga soluvchilar haqida badiiy jihatdan nihoyatda barkamol bitta ariza, ikkita o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan va bitta xufiya homiladorligini tan olgan ariza ham bor edi. Nikonor Ivanovichni kvartirasidan dahlizga chaqirib olishar, yengidan ushlab, bir nimalarni qulog‘iga shipshishar, ko‘z qisishar, «xo‘p» deyaqoling, sizni xursand qilamiz, deb va’dalar berishardi. Bu azob kunduz soat o‘n ikkidan oshgunga qadar davom etdi, keyin toqati toq bo‘lgan Nikonor Ivanovich kvartirasini tark etib, darvoza yonidagi idoraga qochib chiqib ketdi, lekin odamlar u yerda ham uni tinch qo‘yishmadi, shunda u idoradan ham qochib ketdi. Nikonor Ivanovich orqasidan izma-iz kelayotgan arzgo‘ylarni bir amallab chalg‘itib, asfalt yotqizilgan hovli orqali o‘tib, oltinchi pod’ezdning eshigiga kirib ketdi va o‘sha badnom 50-kvartira joylashgan beshinchi qavatga ko‘tarildi. Semirib ketgan Nikonor Ivanovich kvartira eshigi oldida bir oz to‘xtab nafasini rostlagach, qo‘ng‘iroq gugmasini bosdi, ammo hech kim eshikni ochmadi. U yana qayta-qayta qo‘ng‘iroq qildi, to‘ng‘illab so‘kina boshladi. Lekin hamon eshik ochilmasdi. Nikonor Ivanovichning ortiq sabri chidamay, cho‘ntagidan uy boshqarmasiga tegishli bir shoda dublikat kalitlarni oldi-da, shartta eshikni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling