Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
63
solib turdi. Qaerdadir juda olisda og‘ir qo‘shiq ijro etayotgan mungli bir ovoz telefon signaliga omixta 
bo‘lib eshitilardi, shunda Varenuxa, telefon tarmog‘iga radio ulanib qolipti, deb ko‘nglidan o‘tkazdi... 
— Hech kim javob bermayapti, — dedi Varenuxa trubkani ilarkan, — balki qo‘ng‘iroq 
qilsammikan... 
U gapni tugatolmadi. Ostonada yana o‘sha ayol paydo bo‘ldi va ikkovlari: Rimskiy ham, Varenuxa 
ham ayolga peshvoz turishdi, u esa sumkachasidan, bu gal oq emas, qandaydir odmirang qog‘oz oldi. 
— Bunisi endi juda qiyomat bo‘ldi, — dedi Varenuxa g‘ijinib, shosha-pisha xonadan chiqib 
ketayotgan ayolning orqasidan kuzatib qolarkan. Birinchi navbatda qog‘oz Rimskiyga tegdi. 
Fotoqog‘ozga surati tushirilgan qora harflar bilan yozilgan quyidagi xatni aniq o‘qisa bo‘lardi: 
«Mening dastxatim, imzoim kimligimni isbot-laydi. Imzoimni tasdiqlab shoshilinch telegramma 
yuboring, Voland orqasidan maxfiy kuzatuv olib boring. Lixodeev». 
Varenuxa teatrlardagi yigirma yillik faoliyati paytida ko‘p g‘aroyib voqealarning shohidi bo‘lgan 
edi, lekin hozir aql-zakovatidan judo bo‘layotganday his qildi o‘zini, shunga ko‘ra quyidagi odmigina 
va o‘ta bema’ni jumladan o‘zga hech nima deya olmadi: 
— Bunday bo‘lishi mumkin emas! 
Lekin Rimskiy boshqacha yo‘l tutdi. U o‘rnidan turib borib, eshikni ochdi, kursida o‘tirgan kurer 
ayolga: 
— Pochtalondan boshqa hech kimni kiritmang! — deb baqirdi-da, eshikni ichidan qulflab oldi. 
So‘ng yozuv stolining g‘aladonidan bir dasta qog‘oz olib, undagi Styopaning dastxatlari va 
imzolarini fotogrammadagi yozuv va imzo bilan qiyos qila boshla-di. Varenuxa stolga ko‘kragini berib 
yotib olib, Rimskiyning yuziga qaynoq nafas qaytarardi. 
— Bu dastxat uniki, — dedi nihoyat qat’iyat bilan moliya direktori, Varenuxa esa xuddi aks 
sadodek takrorladi 
— Uniki.. 
Administrator Rimskiyning yuziga qaradi, qaradiyu unda sodir bo‘lgan o‘zgarishdan serrayib qoldi. 
Shundoq ham cho‘pday oriq bo‘lgan moliya direktori, go‘yo yanayam ozib, hatto qarib qolganday, 
muguz gardishli ko‘zoynak taqqan ko‘zlarining avvalgi o‘qrayib qarashi yo‘qolib, ulardan nainki 
hayajon, hattoki hasrat paydo bo‘lgandek tuyuldi. 
Odam nihoyatda qattiq hayratlangan damda o‘zini qanday tutsa, Varenuxa ham o‘zini shunday 
tutdi. U kabinetning u boshidan bu boshiga zir yugurdi, ikki marta, xochga tortilgan Isodek qulochini 
yozdi, grafindagi sarg‘ish suvdan bir stakanini birvarakayiga ichib yubordi-da, nihoyat shunday dedi: 
— Tushunmayman! Tu-shun-may-man! 
Rimskiy esa derazaga tikilgancha, astoydil bosh qotirib nimadir o‘ylardi. Moliya direktorining 
ahvoli juda og‘ir edi. Hoziroq, shu yerning o‘zida bu g‘ayritabiiy hodisa uchun tabiiy izoh kashf etish 
talab qilinayotgan edi. 
U ko‘zlarini qisgancha, Styopaning bugun soat o‘n bir yarimlarda tungi ko‘ylakda, sarpoychan 
holda qandaydir o‘ta tez uchuvchi afsonaviy samolyotga chiqayotganini, keyin esa shu Styopaning 
o‘zini ayni o‘sha paytning o‘zida — soat o‘n bir yarimda Yalta aerodromida paypoqchan turganini 
ko‘z oldiga keltirib ko‘rdi... Jin ursin, g‘irt bema’nilik bu! 
Balki bugun Styopaning kvartirasida turib u bilan gaplashgan odam Styopa emasdir? Yo‘q, 
Styopaning ovozi edi! Styopaning ovozini hech kim Rimskiychalik yaxshi tanimaydi! Boring, ana 
bugungi telefonda gapirgan Styopa emas ham deylik, axir kuni kecha oqshomga yaqin Styopa o‘z 
kabinetidan chiqib, to‘g‘ri mana shu kabinetga anavi tuguriqsiz shartnomani ko‘tarib kirib, o‘zining 
yengiltakligi bilan moliya direktorining zardasini qaynatgan edi-ku. Axir teatrda hech kimga hech pima 
demasdan, qanday qilib jo‘nab yo uchib ketishi mumkin? Agar kecha kechqurun uchib ketganida ham, 
Yaltaga bugun tushgacha yetib borolmagan bo‘lardi. Yo yetib olarmidi, a? 
— Yaltagacha necha kilometr? — so‘radi Rimskiy. Varenuxa zir yugurishdan to‘xtab, baqirib 
berdi: 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling