Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
87 G‘am-anduh to‘la kunlar boshlandi. Roman yozilib bo‘lgan, boshqa qiladigan ish yo‘q edi, endi ikkovimiz pechka oldiga yozilgan gilamchada olovga tikilib o‘tirardik, xolos. Biz endi tez-tez vidolashib turardik. U sayr qilgani chiqib ketadigan bo‘ldi. Mening hayotimda esa g‘aroyib hollar sodir bo‘la boshladi, to‘g‘ri, bunday hollar menda ilgari ham tez-tez bo‘lib turardi... Men kutilmaganda bir do‘st orttirdim. Ha, ha, ishonavering, umuman olganda mening juda bema’ni odatim bor: odamlar bilan til topishishim qiyin juda, hech kimga ishonmayman, sal narsaga shubhalanaveraman. Lekin — qizig‘i shundaki, shu odamoviligimga qaramay, kelib-kelib, mutlaqo faraz qilinmagan, kutilmagan bironta odam, garchi tashqi qiyofasi otni hurkitadigan tasqara bo‘lsa ham, albatta didimga o‘tirib qoladi. Xullas, o‘sha mash’um paytlarda bir kun bog‘chamizning ko‘cha eshigi ochilib, hovliga bir odam kirdi. Esimda, kuzning orombaxsh kunlaridan biri edi. Xotinim uyda yo‘q edi. Kelgan odamning uy sohibida biron ishi bo‘lsa kerak, unikiga kirib ketdi, so‘ng bog‘chaga tushib, men bilan hol-ahvol so‘rashdi-da, bir zumda tanishib ham oldi. U o‘zini muxbir deb tanitdi. U menga shu qadar yoqib qoldiki, bilasizmi, hanuzgacha ba’zida uni eslab, qo‘msab qo‘yaman. Bora-bora u uyimga tez-tez keladigan bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, u bo‘ydoq ekan, mendan sal nariroqda xuddi menikiga o‘xshagan mo‘‘jazgina kvartirada turarkan, ammo unga kvartira torlik qilayotganmish, hokazo va hokazo. Negadir u meni uyiga hech taklif qilmasdi. Xotinimga u sira ham yoqmadi. Ammo men uning yonini oldim. Shunda xotinim: — Bilganingni qil, — dedi, — lekin bu odam menda faqat nafrat uyg‘otyapti. Men kulib yubordim. Darvoqe, bu odam qay jihati bilan meni o‘ziga rom qilgan edi? Gap shundaki, o‘z g‘ilofi ichida bironta favqulodda xislati bo‘lmagan odamning, umuman, qizig‘i yo‘q. Lekin Aloiziyning (ha-ya, unutibman — yangi tanishimning ismi-sharifi Aloiziy Mogarich edi) g‘ilofida shunday xislat mavjud edi. Alalxusus, Aloiziydek donishmand odamni ilgari hech yerda uchratmaganman, aminmanki, bundan keyin ham aslo uchratmayman. Agarda gazetada bosilgan biron maqolaning ma’nosiga tushunolmasam, Aloiziy uni bir zumda tushuntirib berar, tushuntirgandayam hech qiynalmasdan, oson va ravon tushuntirardi. Hayotiy voqealar va masalalarni ham shunday oson izohlab berardi u. Lekin hali bu hammasi emas edi. Aloiziy adabiyotga bo‘lgan ishtiyoqi bilan meni o‘ziga rom qilgan edi. To uning iltimosiga ko‘ra romanimni boshidan-oxirigacha o‘qib bermagunimcha hech tinchimadi u. Keyin esa roman to‘g‘risida maqtov gaplar aytdi, lekin xuddi muharrirning romanim to‘g‘risidagi mulohazalarini o‘z qulog‘i bilan eshitgandek, u ham o‘sha fikrlarni aytib, og‘zimni ochirib qo‘ydi. Aloiziy muharrirning mulohazalarini bekamu ko‘st takrorlagandi. Bundan tashqari, nima sababdan romanim chop qilinmasligini ham nihoyatda aniq izohlab berdiki, bu fikrda hech xato yo‘qligini o‘zim ham anglay boshlagan edim. U, falon bobingiz o‘tmaydi, deb gapning ochig‘ini aytdi-qo‘ydi.Lekin maqolalarning keti uzilmasdi. Eng dastlabkilari ustidan kulgan edim. Biroq maqolalar soni ko‘paygan sari ularga nisbatan munosabatim ham o‘zgara bordi. Ikkinchi bosqich — ajablanish bosqichi bo‘ldi. Bu maqolalar tahdidona va dadil yozilgan bo‘lishiga qaramay, ularning deyarli har bir satrida o‘ta qalbakilik va dargumonlik ohangi sezilib turardi. Menga, ularning mualliflari o‘zlari aytmoqchi bo‘lgan gaplarni emas, boshqa fikrlarni bayon qilayotganday tuyular, ularning darg‘azabligiga sabab ham shu bo‘lsa kerak, deb o‘ylardimu shu fikrimdan hech xalos bo‘lolmasdim. Bundan keyin, men sizga aytsam, uchinchi bosqich — qo‘rquv bosqichi boshlandi. Yo‘q, yo‘q, u maqolalar emas, ishoning, balki ulargayam, romanimgayam taalluqli bo‘lmagan mutlaqo boshqa narsalar meni cho‘chita boshladi. Mana, masalan, qorong‘ilikdan qo‘rqadigan bo‘lib qoldim. Qisqasi, ruhiy betoblik bosqichi boshlangan edi. Kichkina xonamda uyqu oldidan chiroqni o‘chirishim bilan, nazarimda, go‘yo derazadan, garchi u yopiq bo‘lsa ham, qandaydir ro‘dapo uzun-uzun, sovuq paypaslagichlarini o‘ynatib kirib kelayotganday bo‘lardi. Oqibat, kechalari chiroq yorug‘ida uxlaydigan bo‘ldim. Mahbubam judayam o‘zgarib ketdi (turgan gapki, ro‘dapo to‘g‘risida unga churq etmadim. Lekin u ahvolimning chatoqlashayotganini seza boshlagan edi), ozib, rangi o‘chib, kulmay qo‘ydi, romandan parcha bostirishni maslahat bergani uchun qayta-qayta uzr so‘ray boshladi mendan. Endi u hamma |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling