Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
88
narsani boshdan soqit qilib, janubga, Qora dengiz bo‘yiga jo‘nashni, yuz ming so‘mlik yutukdan 
qolgan pulni sarflab, o‘sha yerda dam olishni maslahat bera boshladi menga. 
Bu fikrida u qattiq turib oldi, men esam u bilan tortishmaslik uchun (Qora dengizga jo‘nab keta 
olmasligimni ko‘nglim sezayotgan edi) shu yaqin kunlarda jo‘nab ketishga va’da berdim. Biletni uning 
o‘zi oladigan bo‘ldi. Shunda men o‘n ming so‘mcha keladigan pulning hammasini uning qo‘liga 
tutqazdim. 
— Nima qilaman shuncha pulni? — deb ajablandi u. 
Men bo‘lsam, o‘g‘irlatib qo‘yishdan qo‘rqaman, shuning uchun, to jo‘nab ketgunimcha senda tura 
tursin, degan mazmunda bahona qiddim. U pulni olib sumkachasiga soldi va meni qayta-qayta 
o‘parkan, shunday dedi: 
— Seni shu ahvolda yolg‘iz tashlab ketganimdan o‘lganim afzal, lekin na qilayki, meni 
kutishmoqda, zaruratga tobe bo‘lmay ilojim yo‘q, ammo ertaga albatta kelaman. O‘tinaman sendan, 
hech nimadan cho‘chima. 
Bu oktyabr oyining o‘rtalarida, endi qosh qoraya boshlagan paytda bo‘lgan edi. U jo‘nab ketdi. 
Men divanga yotib, chiroqni ham yoqmay uxlab qoldim. Bir mahal xonamga ro‘dapo kirganini tuyib 
uyg‘onib ketdim. Qorong‘ida paypaslab zo‘r-bazo‘r chiroqni yoqdim. 
Cho‘ntak soatim tungi soat ikkini ko‘rsatardi. Men yotayotganimda sirqovlanib turuvdim, endi 
betob bo‘lib uyg‘ondim. Nazarimda, kuz zulmati deraza oynasini sindirib xonaga quyildi-yu, men 
xuddi siyohga o‘xshovchi shu zulmatda g‘arq bo‘layotgandek his qila boshladim o‘zimni. Men endi 
o‘zini eplay olmaydigan noshud odam bo‘lib uyg‘ongan edim. Men chinqirib yubordim, miyamda 
biron kimsaning, chunonchi yuqori qavatda turuvchi uy sohibining oldiga panoh istab chiqish fikri 
tug‘ildi. Xuddi telba odamdek o‘zim bilan o‘zim kurasha boshladim. Nihoyat, pechka oldiga borib, 
ichiga qalangan o‘tinni yoqib yuborishga qurbim yetdi. O‘tin shitirlab yonib, pechka eshigi sharaqlab 
yopilgandan keyingina o‘zimni ancha yengil tortganday his qildim... Keyin dahlizga yugurib chiqib, u 
yerda ham chiroq yoqdim, bir shisha oq vino topib, tiqinini oldimu to‘g‘ri og‘zidan icha boshladim. 
Natijasida qo‘rquv bir qadar susaydi — shu qadarki, uy sohibining huzuriga yugurmay, pechka oldiga 
qaytdim. Pechka eshigini lang ochib qo‘yib (olovning tafti yuz-qo‘llarimni kuydirgudek qizdira 
boshladi), pichirladim: 
— Ahvolim og‘irlashganini his qilsang-chi. Tezroq qoshimga kelsang-chi, kel, kel! 
Lekin hech kim kelmadi. Pechkada olov gurillab yonar, yomg‘ir derazani savalardi. Shunda eng 
so‘nggi falokat sodir bo‘ldi. Men stol g‘aladonidan romanimning mashinkada ko‘chirilgan salmoqli 
nusxalariyu xomaki qo‘lyozmalarim bilan to‘ldirilgan daftarlarni olib, ularni yoqa boshladim. Bu 
nihoyatda mashaqqatli ish, chunki yozilgan qog‘ozlar uncha yaxshi yonmaydi. Shuning uchun, 
tirnoqlarimni sindirib bo‘lsa ham, daftarlarni dabdala qilib yirtib, ularni palyonlar orasiga tikkaytirib 
qo‘yar va kosov bilan titkilardim. Yongan qog‘ozlarning kuli ba’zida olov ustini bosib, meni xunob 
qilar, lekin men bo‘sh kelmasdim, natijada, romanim ko‘p qarshilik qilib bo‘lsa ham, baribir nobud 
bo‘la boshladi. Ko‘z oldimda tanish so‘zlar paydo bo‘lar, sahifalar pastdan yuqoriga bir me’yorda 
sarg‘aya borar, lekin shunda ham so‘zlar ko‘rinib turardi. Ular qog‘oz qoraya boshlagandagina g‘oyib 
bo‘lardilar, shunda men kosov bilan kavlab ularni yo‘q qila boshlardim. 
Xuddi shu payt kimdir derazani ohista tirnadi. Yuragim «shig‘» etib ketdi-yu, oxirgi daftarni olovga 
tashlab, eshikni ochgani yugurdim. Hovliga ochiladigan eshikka g‘isht pillapoyalardan chiqish kerak 
edi. Men qoqila-suqila shu eshik tagiga borib ohista so‘radim: 
— Kim u? 
Tanish ovoz — mahbubamning ovozi javob berdi: 
— Menman. 
Qanday qilib eshik zanjiri bilan ilgagini tushirdim — bilmayman. U boshdan-oyoq shalabbo, 
yonoqlari ho‘l, sochlari parishon holda ostona hatlab ichkari kirdi-yu, dag‘-dag‘ titragancha o‘zini 
quchog‘imga otdi. Men faqat bitta so‘zni takrorlay oldim xolos: 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling