Microsoft Word xulafoi roshidiyn ziyouz com doc


Download 1.01 Mb.
bet3/4
Sana21.10.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1715027
1   2   3   4
Bog'liq
Rizouddin ibn Faxriddin. Xulafoi Roshidiyn

ISLOMGA KIRISHLARI
«Xiro» g‘orida Rasululloh hazratlariga vahiy nozil bo‘lib, Jabroil alayhissalom «Siz Rabbil olamin tomonidan yuborilgan payg‘ambarsiz», deb xabar bergan zahotlariyoq tezdan Xadicha onaning oldilariga kelganlar va mazkur xabarni aytganlar. Xadicha ona o‘shal ondayoq hech bir ikkilanmay, imon keltirganlar. Qalblariga qo‘rquv ketar-ketmas, Rasululloh hovlilaridan chiqib Baytullohni tavof qilgani borayotganlarida yo‘lda Abu Bakrni uchratganlar. Rasululloh hazratlari Abu Bakr raziyallohu anhuga Islomni arz etganlar.
Hazrat ham xuddi Xadicha ona kabi hech bir ikkilanmay, darhol tasdiqlab, qabul qilganlar. Bu to‘g‘rida so‘ralgan paytida, «Men Muhammadni aslo yolg‘on gapirganligini bilgan emasman. U janob yuksak omonatdorliklari, husnu xulqlari sababidan payg‘ambarlikka loyiq zotlar», deb javob bergandilar. Shu tufayli Rasululloh hazratlari u janob haqlarida shunday degandilar:
— Men kimni Islomga da’vat etsam bir oz to‘xtalar, taraddudga tushar edi. Abu Bakr esa men arz etgan chog‘imda hech qanday taraddudsiz darhol qabul qilgandur.
RASULULLOH ALAYHISSALOM BILAN BIRGA BO’LGANLIKLARI
Abu Bakr Siddiq (r,a.), Rasululloh alayhissalom bilan Islomni e’lon qilgan
kunlaridan boshlab doimo birga hamsuhbat bo‘lganlar. U janob qurayshlardan va boshqa nodonlardan juda ko‘p izo jafo chekkanlar. Boyliklari ham, nasablari ham, xalq orasida tutgan o‘rinlari, e’tiborlari ham, xushxulqlari ham qurayshlarning izosidan qaytara olmagan. Islom diniga birinchilardek musharraf bo‘lganliklari Rasulullohning eng yaqin hamkorlaridan bo‘lganlari sababli qurayshliklar u janobga har turli izo jafolarni yetkazganlar.
U janobning Rasulullohning juda ko‘p o‘rinlarda mushriklardan mudofaa
qilganliklari tarix kitoblarida bitilgandur, U janob Rasulullohni himoya qilish yo‘lida mushriklar izosidan zarracha qo‘rqmay, jafolarini pisand etmay, jonfidoliklar etganlar. Siyrat kitoblarda bu haqda quyidagi voqea bayon etilgan.
Quraysh mushriklari baytulxaramdagi Ismoil hujralariga to‘planishib o‘zaro suhbat qurganlar. Gaplari asosan mana shu xususda bo‘lgan:
— Biz hanuzgacha bu kishi kabi o‘zidan juda katta ketgan odamni ko‘rgan emasdik.
Mana bu odamning o‘z qavmiga yangiliklar kiritgani kabi biron kishining yangaliklar kiritib fitna qo‘zgaganini ham bilmaymiz. Endi u dinimizni
ayblamoqda, aqlimizni kamsitmoqda, olixalarimizni esa obro‘sizlantirmoqda. Boshimiz qotib, nima qilishni ham bilolmay qoldik.
Mushriklar shunday deb turgan paytlarida Rasululloh hazratlari behosdan kirib kelib, rukn oldiga yetib qoladilar. Ularning yonlaridan o‘tayotganlarida ular axmoqona so‘zlar aytib Rasululloh hazratlarini masxaralashdi. Rasululloh hazratlari tavof qilib bo‘lgach, yana ularning oldilaridan o‘tadilar. Mushriklar beandisha gaplarini yana takror aytishadi. Shunda Rasululloh hazratlari ularga qarab: «Ey, quraysh jamoalari, men sizlarga qurbonlik keltirdim», deydilar. Odamlar biror narsa deb javob berishga yarolmay jim bo‘lib qolishadi. Keyin tarqalib ketishadi. Ertasiga yana to‘planishib, kechagi bo‘lib o‘tgan gaplarni eslashadi. Shunda bittasi o‘rnidan turib, ularga: «Ey, qurayshlar, kecha uni yo‘qligida rosa chaynadinglar. Oldingizga kelganida esa lom-mim deyolmay qoldinglar- ku?» dedi.
Ular suhbatlashib turgan onlarida Rasululloh hazratlari baytulxaramga adl qadamlar bilan kirib keladilar. Shunda ular janobi sarvari olamga har tomondan itday tashlanib, «senmi hali bizga falon-falon gapni aytgan», dsb so‘roqqa tutadilar. Sarvari koinot dadil «Ha!» deb javob berganlaridan so‘ng
oralaridan bittasi belbog‘ini yechib Rasulullohning muborak bo‘yinlariga solib bo‘g‘moqqa boshlaydi. Bu holni ko‘rgan Abu Bakr ularning oldiga tezlik bilan yetib keladilar.
Ularga qarab: «Qanday badbaxt kishisizlar! Axir «rabbim — yagona
olloh!» degan kimsani bekordan-bekorga o‘ldirmoqchimisizlar?!»— deydilar. Ular endi Abu Bakrga tashlanib, uzun soqollaridan tortqilab, urmoqqa boshlaydilar. Ular hech ayamay rosa do‘pposlab, urib azob berishadi. U janob uylariga boshlari yorilgan holda, og‘riq zo‘ridan aziyat chekib, arang yetib keladilaru hushlaridan ketib qoladilar. Ancha vaqt behush bo‘lib yotadilar. Hushlariga kelgach, birinchi savollari
«Rasulullohning ahvollari qanday?»— deb so‘rashlik bo‘ladi. «Yaxshi» deyishlariga ham qanoat qilmay, ko‘ngillari xotirjam bo‘lmay, onalariga va
yana bir qo‘shnilariga suyanib Rasulullohning
hovlilariga yo‘l oladilar. Rasululloh alayxissalomning nodonlar qo‘lidan eson-omon qutulganlarini
ko‘rib, xursandliklaridan o‘zlarini tutib turolmay Rasululloh hazratlarini quchoqlab oladilar.
Ha! Islom yuksalishi yo‘lida mana shunday jonfidoliklar ko‘rguzishgandi! Olloh yo‘lida jonlari o‘zlariga hech qanday qiymatsiz tuyulgandi. Ular jonlarini aziz bilib, uzoq tinch yashab yuraylik, deb quyon yuraklik qilishmay,
«bizning hayotimizdan ko‘ra olloh kalimasining yer yuzida o‘rnashib oliy bo‘lishligi qiymatliroq, muhimroqdir», deb bilishgandi.
Zero, ular insoniyatni jon-dillaridan sevadigan, unga yaxshilikni xolis dil bilan istaydigan yuksak ong egalari, ko‘zi ochiq kimsa edilar. Shuning uchun
narsalar qiymatini baholashda xatoga hech yo‘l qo‘yishmagandi. Harakatlari zoe ketmadi. Nomlari abadiyat taxtasida hurmat-ikrom martabasiga yozilib qoldi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling