O’quv materialini muammolarini o’rganish.
Maqsad: o’quvchilar fikrlashini faollashtirish, o’rganlayotgan qiziqishni
kuchaytirish.
Ta’lim jarayonida talabalar fikrlashini faollashtirish usullaridan biri ma’ruza
jarayonida muammolarni bayon etish sanaladi. O’qituvchi mavzuga oid savol
qo’yadi. Savolga talabalar javob bersa, u o’qituvchi tomonidan to’ldiriladi, bayon
etilayotgan fikr va mulohazalar bilan bog’lanadi. Agar javob berilmasa,
o’qituvchining tushuntirishiga qiziqish kuchayadi. Muammolar savol, matn, chizma,
rasm shaklida qo’yilishi xam mumkin.
Erkin yozuv.
O’qituvchi mavzuni bayon etgandan keyin “Erkin yozuv” bilan shug’ullanishi
tavsiya etadi. O’quvchilar ajratilgan vaqt ichida mavzu bo’yicha o’z fikr va
mulohazalarini yozish bilan mashg’ul bo’ladilar. Keyin natijani jsftliklarda
muxokama etish, uni baland ovoz bilan o’qib guruhda muhokama etish xam mumkin.
Jusladan, tinglovchilarga “Yangi pedagogik texnologiyalar mohiyati,
shakllanishi” mavzusi o’tilganda, shu mavzuga oid o’z bilimlarini, avval o’qigan
kitoblarni, qanday muammoni tinglovchilarning avval muxokama etilganligini yozish
tavsiya etiladi. Natijada muxokama etilib, kengaytiriladi. Zarur bo’lgan material
tinglovchilarga yetkaziladi.
118
Do'stlaringiz bilan baham: |