P
EDAGOGIK TERMINLARNING QISQACHA LUG
’
ATI
Avtokratlik – hokimlik, kishining buyruqbozlik, ko’rsatmalar berish va
jazolash kabi shakllarda boshqalarga (masalan, o’qituvchining talabaga)
nodemokratik usullardan foydalangan holda ta’sir etishga moyilligi.
Agressivlik – dushmanlik, boshqalarga, atrofdagilarga zarar yetkazish,
tajovuz qilish, noqulaylik tug’dirish maqsadini amalga oshiruvchi shaxsning
xususiyati.
Aktuallashtirish – shaxsdagi mavjud bilim, malaka va ko’nikmalarni turli
axloqiy shakllar va hisssiy holatlarni qayta ishlab chiqish va ularni botiniy holatdan
zohiriy harakatlarga aylantirish.
Aksiologiya – qadriyatlar to’g’risidagi falsafiy ta’limot, aksiologik qadriyat
mohiyati.
Aksiologik yondoshuv – insonparvarlik pedagogikasiga xos bo’lgan
xususiyat, bunda inson ijtimoiy qadriyat va jamiyat rivojlanishining provard maqsadi
sifatida qaraladi. Aksiologik tafakkur o’zaro aloqadagi, ham o’zaro harakatdagi
dunyo konsepsiyasiga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |