Verbal – ifodali, og’zaki.
Gumanizm – 1) insonning insonga bo’lgan muhabbati, uning qadrini hurmat
qilish, kishi manfaatlari uchun qayg’urish g’oyalari bilan sug’orilgan va kishilar
o’rtasidagi tenglik, halollik, insoniy munosabat tamoyillariga asoslangan
duyoqarash; 2) insoniylik va insonparvarlik, insonlarning bunyodkorligiga
ishonchi.
Davlat ta’lim standarti – uzluksiz ta’limning muayyan bosqichida shaxs
(mutaxassis)ning tayyorgarlik darajasi va mazmuniga qo’yiladigan minimum talablar.
Didaktika – ta’lim va o’qitish nazariyasi hamda o’qitish jarayonida
tarbiyalash mazmunini ifodalovchi pedagogikaning tarkibiy qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |