Kasbiy – pedagogik muloqot – pedagog va tarbiyalanuvchining o’zaro zich
ijtimoiy – psixologik aloqasi tizimi bo’lib, uning mazmuni axborotlar ayriboshlash,
tarbiyaviy ta’sir o’tkazish, kommunikativ vositalar yordamida o’zaro munosabatlarini
tashkil etish hisoblanadi.
Kasbiy tayyorgarlik – bo’lajak mutaxassisning psixologik, psixofiziologik
va jismoniy hamda ilmiy-nazariy va amaliy tayyorgarligi.
Kasbiy bilimdonlik – pedagogik faoliyat yuritish uchun zarur bo’lgan
nazariy va amaliy tayyorlik birligi.
Kibernetika – axborotlar almashish, ularni qayta ishlashni boshqarish
haqidagi fan.
Do'stlaringiz bilan baham: |