Xujjatlar bilan ishlash


Download 53.2 Kb.
bet1/6
Sana16.01.2023
Hajmi53.2 Kb.
#1096138
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8 Laboratoriya ishi


Laboratoriya ishi-8


TVK AIJda yuklarni qabul qilish va jo‘natishga oid xujjatlarni rasmiylashtirish


Xujjatlar bilan ishlash


Modul jo‘natish bo‘yicha xujjatlar bilan ishlashga mo‘ljallangan.


Ish quyidagi turdagi tashish xujjatlari bilan olib boriladi:
SMGS–xalqaro aloqalardagi tashish xujjatlari majmui,
SIM/SMGS- – xalqaro aloqalardagi tashish xujjatlari komplekti
GU-29O–mahalliy aloqalardadagi tashish xujjatlari majmui,
GU 29B - mahalliy aloqadagi marshrutli jo‘natmalar uchun tashish xujjatlari majmui,
GU-29K - mahalliy aloqadagi konteynerli tashishlar uchun tashish xujjatlari majmui,
GU-64–Vagonlar ishchi bo‘lmagan parki vagonlari uchun tashish xujjatlari majmui.
Xarbiy–Xarbiy tashishlar bo‘yicha tashish xujjatlarini rasmiylashtirish.
ASOUP – xabarlar bilan ishlash uchun oynani ochish:1367 so‘rovi (vagonning yuklashga yaroqliligini tekshirish), 410xabar, 410 javob(410 xabarni javob bilan kvitansiyasini ko‘rib chiqish), 333xabar(410 xabarni bekor qilish), 406 xabar (qayta manzillash), 406.xabarni bekor qilish
410 xabar faqatgina jo‘natish ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng tuzilishi mumkin. Jo‘natilgan xabarga javob berilgan kvitansiyani albatta ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi. Agar kvitansiya (410 javob) xatoliklar bilan olingan bo‘lsa – xujjatga o‘zgartirishlar kiritilishi lozim va shundan so‘ng xabar qabul qilinmaguncha qaytadan 410 xabar jo‘natilishi shart. Faqatgina shunday xujjat to‘g‘ri rasmiylashtirilgan xisoblanadi va u bosmadan chiqarilib imzolanishi mumkin.
Agar ma’lumotlarda bojxona nazorati stansiyasi berilgan bo‘lsa 406 xabari jo‘natish ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng tuziladi. Yuborilgan xabarga javob kvitansiyasi albatta ko‘rib chiqilishi shart. Agar kvitansiya (406 javob) xatoliklar bilan olingan bo‘lsa – xujjatga o‘zgartirishlar kiritilishi lozim va shundan so‘ng xabar qabul qilinmaguncha qaytadan 406 xabar jo‘natilishi shart. Faqatgina shunday xujjat to‘g‘ri rasmiylashtirilgan xisoblanadi va u bosmadan chiqarilib imzolanishi mumkin.
Bajarish./Bekor qilish–ajratilgan qator uchun yakuniy tuzilish statusini va uni xisobotga kiritish imkoniyatini beradi, qaytadan bosish esa bajarishni bekor qiladi.
Agar 410 xabar ASOUP ga xatosiz qabul qilingan bo‘lsa, u xolda bajarish alomati dasturiy qo‘yiladi.
Rasmiylashtirishni bekor qilish - biriktirilgan tizim orqali jo‘natma raqamini bo‘shatish. Rasmiylashtirish faqatgina bajarilmagan jo‘natmalar uchun bekor qilinishi mumkin, shuning uchun bajarilish bekor qilinishi lozim.Agar 410 xabari berilgan bo‘lsa, u xolda bajarishni bekor qilish faqat 410 xabari bekor qilinib 333 xabari jo‘natilgandan so‘ng amalga oshirilishi mumkin. Agar xujjat xisobotga berilgan bo‘lsa, u xolda oldindan xisobotni bekor qilish lozim.
Rasmiylashtirish bekor qilingandan so‘ng xujjat “Rasmiylashtirilmaganlar” oynasi bo‘yicha xujjatlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Nusxa–olin tuzilgan xujjat asosidayangi xujjat tuzish imkoniyatini beradi. Yangi xujjat tuzish uchun rasmiylashtirilganlar ro‘yxatida keraklisi marker bilan belgilanadi “Nusxa” tugmasi bosiladi, belgilangan jo‘natmadan (vagonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tashqari)barcha ma’lumotlar bilan yangi oyna ochiladi, qolgan rasmiylashtirish ishlari oddiy tartib bo‘yicha amalga oshiriladi.



Download 53.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling