Xujjatlar bilan ishlash
Tashish xujjatlarini tuzish
Download 53.2 Kb.
|
8 Laboratoriya ishi
Tashish xujjatlarini tuzishYo‘l qog‘ozi bo‘yicha ma’lumot qog‘oz shakli asosida ekran shakliga mos ravishda kiritiladi Asosiy ish rejimlari: Saqlash - kiritilgan ma’lumotlarni saqlash. Foydalanuvchining tanlovidan kelib chiqib qo‘shimcha “Saqlash – Faylga saqlash” (XML) fayli tuziladi va uni tashqi tashuvchilarga joylashtirish yoki elektron pochta orqali jo‘natish imkoniyati yaratiladi. Ro‘yxatga olish – xujjatnii sozlashga mos ravishda navbatdagi ro‘yxat raqamini berish, zaxiraga olingan jo‘natma raqamlaridan tanlab olish imkoniyati xam mavjud, ushbu rejim faqat qabul qilib jo‘natuvchi tomonidan to‘ldirilgan (ya’ni vagon to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar kiritilgan) statusiga ega bo‘lgan xamda barcha tashish to‘lovlari amalga oshirilgan yo‘l qog‘ozlari uchun ruxsat etiladi. MDX davlatlari, Boltiq bo‘yi, (Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasi davlatlari temir yo‘llaridan tashqari) davlatlar temir yo‘llari bo‘yicha barcha temir yo‘l stansiyalariga yuk bilan xarakatlanuvchi poezdlarga yo‘l qog‘ozlari rasmiylashtirilishida “Ro‘yxatga olish” tugmasi bo‘yicha qo‘shimcha so‘rov beriladi: Ro‘yxatga olish paytida talabnoma mavjudligining nazorati amalga oshiriladi: Ro‘yxatga olish paytida yana ko‘rsatilgan talabnoma va yo‘l qog‘ozidagi ma’lumotlarning bir biriga mos ekanligi nazorati xam olib boriladi. Parametrlardan biri mos kelmay qolsa (jo‘natuvchi kodi, qapbul qiluvchi kodi, YeTSNG pozitsiya raqami, belgilangan stansiyasi va boshqa) ogohlantirish beriladi: Agar «Xa» tugmasi bosilsa, u xolda talabnoma raqamini kiritish uchun maydon ochiladi, agar “Yo‘q” tugmasi bosilsa, u xolda xabar beriladi: Zaxiraga olingan raqamlar ro‘yxatidan qanday foydalaniladi: Zaxiraga olingan raqamni jo‘natish uchun faqat uni ro‘yxatga olish vaqtida berish mumkin.Jo‘nashni rasmiylashtirish oynasida "F6-Zaxira raqamlari #" tugmasi bo‘yicha oldindan zaxiraga olingan raqamlar ro‘yxati chaqiriladi va kursor plankasini kerakli raqamga olib borib Enter tugmasi bosiladi. Raqam jo‘nashni ro‘yxatdan o‘tkazish oynasida raqamni kiritish maydoniga o‘tkaziladi. Agar ro‘yxatga olish zaxiraga olingan raqamni qo‘llash orqali amalga oshirilsa, ushbu raqam jo‘natishga beriladi va zaxiraga olinganlar ro‘yxatidan o‘chirib tashlanadi. Agar xar qanday jo‘natishning rasmiylashtirilishi bekor qilingan bo‘lsa, u xolda jo‘nash raqami oldin zaxiraga olinganlar ro‘yxatida bo‘lgan, bo‘lmaganligidan qat’iy nazar zaxiraga olinganlar ro‘yxatiga kiritiladi. Ushbu raqamga “Ro‘yxatga olish bekor qilingan” tushuntirishi beriladi va ushbu raqamni boshqa jo‘natishni rasmiylashtirish uchun ishlatish mumkin bo‘ladi. Manzilni o‘zgartirish – aloxida ekran shaklida manzilni o‘zgartirish bo‘yicha ma’lumotlarni kiritish, unga faqat manzilni o‘zgartirish bo‘yicha ishlarni kiritish mumkin. Bosib chiqarish– xujjatni oldindan ekranda ko‘rib olib so‘ngra bosib chiqarish. Yo‘l qog‘ozining ayrim grafalarini bosib chiqarish uchun “Opsii” tugmasidan foydalaniladi va “bosib chiqarish funksiyasidan foydalanish” belgisini o‘rnatish lozim. Shunda bosib chiqarish uchun maydonlar ro‘yxatiga kirish imkoniyati paydo bo‘ladi.Ekranda faqat ko‘rsatilgan maydonlari to‘ldirilgan bosib chiqarish shakli ko‘rinadi. Bosib chiqarish funksiyasidan foydalanilganda koordinatlarni saqlash imkoniyati mavjud. Koordinatlar xar bir foydalanuvchilar uchun saqlab qolinadi. Agar blankaga mos ravishda koordinatlarga o‘zgartirish kiritish kerak bo‘lsa, u xolda kursor plankasini kerakli qatorga olib borish va chap tugmaning koordinat maydonini faollashtirib o‘zgarishlar kiritiladi.Korrdinatning sozligini saqlab qolish uchun “Opsii” ekranida “Profillar” tugmasi bosiladi va “saqlash” tanlanadi. Paydo bo‘lgan oynaning pastki qatoridasaqlanishi lozim bo‘lgan profil nomi ko‘rsatiladi va “Saqlash” tugmasi bosiladi. Keyin oxirgi foydalanilgan profilkiritiladi. Agar profil ismi mavjud bo‘lgan ism bilan mos kelib qolsa, u xolda saqlash paytida yozuv boshqatdan yozilishi to‘g‘risida bildirgi keladi. Oldin saqlangan koordinatlarni qo‘llash uchun bosib chiqarish funksiyasini qo‘llashda “profillar” tugmasini bosish va “kiritishni ” tanlash lozim. Paydo bo‘lgan oynada saqlangan profillar ro‘yxatidan kerakligini tanlash va “ochish tugmasini bosish lozim.Profilni o‘chirish lozim bo‘lsa, u xolda “Profillar / saqlash profil” yoki “Profil/ochish profil”oynasida sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan o‘chirilish kerak bo‘lgan yozuvga qo‘yiladi va “o‘chirish” tanlanadi. Maydonlar tanlanib koordinatlar to‘g‘irlangach, ekranda faqat ko‘rsatilgan maydonlar to‘ldrilgan bosma shakl ko‘rinadi. Bosib chiqarish qulay bo‘lishi uchun “Ikki toionlama bosma” tugmasidan foydalanish mumkin, bunda oldin bosmaga juft saxifalar, so‘ngra toq saxifalar beriladi. Varaqlarni almashinishiga ketadigan vaqt xam xisobga olingan. Download 53.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling