Xujjatlar bilan ishlash


Buzilgan xujjatlarni rasmiylashtirishning axamiyati


Download 53.2 Kb.
bet6/6
Sana16.01.2023
Hajmi53.2 Kb.
#1096138
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8 Laboratoriya ishi

Buzilgan xujjatlarni rasmiylashtirishning axamiyati


Qat’iy xisobda turuvchi blankalar bilan ishlashda , uni rasmiylashtirish chog‘ida xatolik aniqlansa, u xolda mazkur xujjat rasmiylashtirilishi va ORS ga buzilgan xujjat deb berilishi lozim (agar xujjat xali ORS ga berilmagan bo‘lsa). Ish quyidagi ketma ketlikda amalga oshiriladi:



  1. FDU-93 xisoboti bekor qilinadi (agar xujjat tuzilgan bo‘lsa)

  2. GU-3 xisobotini o‘chirish (agar xujjat tuzilgan bo‘lsa)

  3. 410 (333 xabari) xabarini bekor qilinganligini bildirish (agar 410 xabari berilgan bo‘lsa)

  4. Ijroni bekor qilish (agar shunday belgi mavjud bo‘lsa)

  5. Jo‘natmani rasmiylashtirilishini bekor qilish

  6. Vizadan vagonni (vagonlarni) o‘chirish (vagon varag‘i va eslatmali bog‘lamni o‘chirish)

  7. Xisob turini 600 – (buzilgan) ga o‘zgartirish

  8. Vizani barcha o‘zgartirishlari bilan saqlab qo‘yish

  9. Jo‘natmani rasmiylashtirish (shu raqamning o‘zini o‘chirib tashlangan raqamlar ro‘yxatidan tanlab beriladi)

  10. Jo‘natishni ijro etish

  11. GU-3 xisobotini qaytadan berish

  12. FDU-93 tuzish, paketni ORSga berish.



Kelish bo‘yicha xujjatlar bilan ishlash


Mazkur modul kelgan yuklar xujatlari bilan ishlash va uni rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan.
Barcha ma’lumotlar qog‘oz shaklida ekran shakliga mos ravishda kiritiladi
Ishning asosiy rejimlari:
"Saqlash" – tashish xujjatlari bo‘yicha ma’lumotlarn saqlash. Ma’lumotlarni saqlashda dasturiy ravishda kelish kitobida yozuv tuziladi va xujjatlarni rostlashga mos ravishda berilgan raqam ko‘rsatiladi. Agar stansiya rostlovida “kelish kitobi” xujjati uchun aloxida ob’ektlar ajratilgan bo‘lsa, u xolda xujjatni saqlashdan oldin mos ravishdagi grafada ob’ektni ro‘yxatdan tanlab olgan xolda ko‘rsatiladi.
Manzilni almashtirish – Manzilni almashtirishning tanlangan turiga mos ravishda manzilni almashtirish bo‘yicha ma’lumotlarni kiritish.
Manzilni almashtirishni rasmiylashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma aloxida, ya’ni foydalanish xujjatlari tarkibidagi (533-01.34.07-01) xujjatida keltirilgan.
"Bosib chiqarish" – yo‘l qog‘ozi blankasida kerakli qo‘shimcha ma’lumotlarni bosib chiqarish.
Kartochka – mazkur ilovadan chiqmagan xolda qo‘shimcha yig‘imlar bo‘yicha yig‘ilish kartochkasini tuzish imkoniyati taqdim etiladi.
Yordam –mazkur oynada ishlash bo‘yicha axborot ma’lumotlarini taqdim etish.
Chiqish–ishni yakunlash va mazkur oynadan chiqish.
Ekran shaklini to‘ldirishda, agar “Ishlar turi” maydonida “jo‘natishni ohiriga yetkazish” ko‘rsatilgan bo‘lsa, u xolda “Jo‘natishni oxiriga yetkazish bo‘yicha ma’lumotlar” tugmasi bo‘yicha asosiy jo‘natma raqamini ko‘rsatish lozim.
FDU-91 xisoboti grafasida ro‘yxatdan xisobot turini tanlab olish lozim. Xisobotlar raqamlanishi xujjatlarni rostlashga mos ravishda olib boriladi. “Liniyaviy xududlar rostlovi” da FDU-91 xujjati turi uchun aloxida ajratilgan ob’ektlar mavjud bo‘lmasa, xisobot dasturiy ravishda tashishlar turi bo‘yicha tuziladi: ya’ni xalqaro aloqalar uchun, maalliy aloqalar uchun, vagonlar ishchi bo‘lmagan parki, xarbiy, konteynerli, va aloxida xar bir ekspeditor uchun (to‘lov turi ekspeditor orqali bo‘lsa).
Tashish to‘lovlarini to‘g‘ri belgilab berish uchun, aniq bir tashish sharoitlarda aloxida ekran shaklida ro‘yxatdan tanlagan xolda tarif belgilari ko‘rsatilishi lozim («Tarif belgilari» tugmasi).

Yuk, vagonlar, konteynerlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar jo‘natish bo‘yicha xujjatlar bilan ishlashdagi kabi (6.3, 6.4 punktlarga qarang) aloxida ekran shakllarida kiritiladi.


Tashish to‘lovlarini to‘g‘ri belgilanganligini tekshirish, tashishlarga qo‘shimcha yig‘imlar, o‘zgartirish kiritishlar yuk kassiri tomonidan “Yo‘l qog‘ozi/Tashish to‘lovi” ekran shaklida amalga oshiriladi. Bunda quyidagi asosiy funksional tugmalardan foydalaniladi: «Xisob», «O‘zgartirish», «Olib qolingan/ Olib qolinsin», «Saqlash», «Chiqish».
Agar mahalliy aloqalarda tashish to‘lovlari jo‘natish stansiyasida olib qolingan bo‘lsa, u xolda uning narxlari to‘g‘ri belgilanganligi tekshirilgandan so‘ng Olib qolingan/ olib qolinsin tugmasi bosilish lozim, shunda tarif bo‘yicha narxlar “olib qolingan” grafasida ko‘rinadi. Agar o‘zgartirish kiritish lozim bo‘la, u xolda “O‘zgartirish” tugmasi bosiladi va narxlar o‘zgartiriladi.
Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qo‘shimcha yig‘imlar xisobi “Xizmatlar uchun yig‘imlarni kiritish” ekran shaklida, “Xizmatlar uchun yig‘imlar” tugmasi bo‘yicha amalga oshiriladi
«Guruxli jo‘natmalarni tashkil etish bo‘yicha yig‘imlar avtomat ravishda o‘tkaziladi.
Download 53.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling