Xujjatlar bilan ishlash


Download 53.2 Kb.
bet3/6
Sana16.01.2023
Hajmi53.2 Kb.
#1096138
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8 Laboratoriya ishi

Shablonlar – aloxida oynada shablonlar ro‘yxati taqdim etiladi. Ro‘yxatdan shablonni qidirish oson bo‘lishi uchun ekrandagi mos maydoniga shablon raqami kiritiladi va “Kiritish” tugmasi bosiladi. Markaerni kerakli yozuv ustiga o‘rnatiladi va “Qo‘llash” tugmasi bo‘yicha shablondagi ma’lumotlar yo‘l qog‘oziga o‘tkaziladi.
Yordam–mazkur ilova bilan ishlash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish.
Mazkur rejimlar faqatgina ro‘yxatdan o‘tkazilgan xujjatlar uchun ruxsat etilgan:
TYTBAT – Ma’lumotlarni TYTBAT mazkur xujjat bo‘yicha ekrandan chiqmay turib uzatish va yo‘l qog‘ozini ramiylashtirish:

«410 xabarni uzatish paytida vagonning qaerdaligini so‘rash» alomati


1. “410 xabarni uzatish paytida vagonning qaerdaligini so‘rash” alomati mavjud bo‘lganda xabar tugmasi bo‘yicha xar doim so‘rob jo‘natib turiladi:



2.“410 xabarni uzatish paytida vagonning qaerdaligini so‘rash” alomati mavjud bo‘lmasa 410 xabarni tuzish quyidagicha amalga oshiriladi:

- eslatmada vagon qog‘ozi mavjud va 1397 (berish) xabar bo‘yicha uzatilgan:


410 xabar birinchi marta vagonning “Shoxobcha yo‘llarida” turgan joylari alomati bilan uzatiladi.
- eslatmada vagon qog‘ozi mavjud va u 1397 xabar (berish va olish) bo‘yicha uzatilgan:
410 xabar birinchi marta vagonning “Stansiya yo‘llarida” turgan joylari alomati bilan uzatiladi.
- eslatmada vagon qog‘ozi mavjud va 1397 xabar (uzatish yoki ushbu yo‘l umumiy foydalanish yo‘li) jo‘natilmagan:
410 xabar birinchi marta vagonning “Stansiya yo‘llarida” turgan joylari alomati bilan uzatiladi.
410 xabar qayta jo‘natilganda – so‘rovnoma xam beriladi:

- eslatmada vagon qog‘ozining mavju emasligi:


410 xabar birinchi jo‘natilishida vagonning “Stansiya yo‘llaridan yuklanish” alomati bilan amalga oshiriladi, qayta jo‘natilishida esa 410 xabarga so‘rov beriladi:
Kartochka – mazkur jo‘natma bo‘yicha yig‘ilish kartochkasini tuzish(10.2 punktga qarang).
Yo‘l qog‘ozini kiritish interfeysi barcha turdagi xujjatlarni bosib chiqarish va tuzish uchun kerak bo‘ladigan maydonlarni o‘zida mujassam etgan.SIM yo‘l qog‘ozlarini rasmiylashtirish uchun, mazkur xujjat turiga mos keluvchi aloxida kiritish interfeysidan foydalaniladi.
"V - AP MESPLAN dan talabnomani tanlash " - AP MESPLAN dan talabnomani tanlash alomati.
Yo‘l qog‘ozida “AP MESPLAN dan talabnomani tanlash V” alomati mavjud bo‘lsa, “Talabnoma” maydonida jo‘natish stansiyasi, xujjat turi, yuk jo‘natuvchilarga mos ravishda talabnomalar ro‘yxati taqdim etiladi. Tanlab olingan talabnomadagi ma’lumotlar avtomatik ravishda yo‘l qog‘oziga tortib olinadi. Keyin esa rasmiylashtirish ishlari oddiy xolat bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ro‘yxatga olish vaqtida ma’lumotlarning ko‘rsatilgan talabnoma va yo‘l qog‘oziga mosligini nazorati amalga oshiriladi.Agar parametrlardan birontasi (jo‘natuvchi kodi, qabul qiluvchi kodi, YeTSNG pozitsiyasi raqami, belgilangan stansiyasi, belgilangan mamlakati va chegarasi) mos kelmay qolsa, u xolda “AP MESPLAN” ga talabnoma topilmadi, ishni davom ettirishning imkoni yo‘q degan ogoxlantirish beriladi.
Yo‘l qog‘ozida “AP MESPLAN dan talabnomani tanlash V” alomati mavjud bo‘lmasa, xujjatni rasmiylashtirish oddiy tartibda amalga oshiriladi, ro‘yxatga olishda kiritilgan ma’lumotlarga mos ravishdagi talabnomalar ro‘yxati taqdim etiladi. Agar moslik aniqlanmasa AP MESPLANga talabnoma topilmadi Ishni davom ettirishning imkoni yo‘q degan xabar jo‘natiladi. Mazkur rejim ish xajmi juda katta bo‘lgan xolatlarda talabnomalar ro‘yxatini qisqartirish uchun tavsiya etiladi.
Qattiq nazorat quyidagilarga tegishli emas:
- Xarbiy tashishlar,
- mayda jo‘natmalar,
- 691005 YeTSNG yuki kodli uy jixozlari
- shaxsiy (maishiy) extiyojla uchun yuklar,
- konteynerli jo‘natmalar,
- BCh bo‘yicha tashishlarda belgilangan stansiyasi va yuk qabul qiluvchi bo‘yicha nazoratlar yechiladi.
xujjat turi– ro‘yxatdagi foydalanuvchilar tomonidan aniqlanadi. Tanlangan xujat turidan kelib chiqqan xolda, mos ravishdagi kiritish maydonlariga kirish mumkin bo‘ladi.
Viza№ – xujjatning mashinaviy kodi bo‘lib, yaratilgan va saqlab qo‘yilan xisoblagich bo‘yicha avtomatik tarzda aniqlanadi;
Jo‘natuvchi:
kodi – ma’lumotnomaga mos ravishda mijozning kodi kiritiladi yoki ro‘yxatdan tanlab olinadi. Nomlanishi bo‘yicha qidirib topish imkoniyati xam mavjud: maydonga mijozning nomidagi xarflar kombinatsiyasi kiritiladi va CTRL+VVOD tugmasi bosiladi - nomlar va terilgan xarflar kombinatsiyasidan mijozlarning ro‘yxati ko‘rsatiladi.
Manzil, shartnoma – mijozning kodiga mos ravishda NSI dan aniqlanadi.
Stansiya – jo‘natish stansiyasi kodi bo‘lib, foydalanuvchining bog‘langanghligiga mos ravishda aniqlanadi, agar foydalanuvchi bir nechta stansiya uchun ishlasa, u xolda ro‘yxatdan tanlab olinadi.
Mamlakat, ma’muriyat - mamlakat kodi, ma’muriyat esa avtomat ravishda stansiya kodi bo‘yicha aniqlanadi.
Qabul qiluvchi:
Kod. manzil – xujjatga mos ravishda to‘ldiriladi,
Stansiya–asl yo‘l qog‘oziga mos ravishda belgilangan stansiya kodi kiritiladi, agar kod ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u xolda ma’lumotnomadan nomlanishi bo‘yicha tanlab olish mumkin.
Agar yuk uchinchi davlatga jo‘natish lozim bo‘lsa, u xolda 999999kodi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Mamlakat, ma’muriyat- mamlakat kodi, ma’muriyat esa avtomat ravishda stansiya kodi bo‘yicha aniqlanadi.Uchinchi davlatga yo‘naltirish uchun mamlakat va ma’muriyat ma’lumotnomaga mos ravishda ro‘yxatdan tanlab olinadi.
Chegara orti stansiyalari - chegara orti stansiyalari– uchinchi davlatga belgilangan yo‘l qog‘ozi va muxrni rasmiylashtirishda kerak bo‘ladigan ma’lumotni kiritish.
Qo‘shimcha 8 grafa – Latviya davlatiga belgilangan yo‘l qog‘ozi va muxrni rasmiylashtirishda kerak bo‘ladigan qo‘shimcha ma’lumotlari.
Chegara stansiyalari:
Chiqish chegarasi – uchinchi davlatga belgilangan xujjatlarni rasmiylashtirishda MDX va Boltiq davlatlari chiqish chegara stansiyalarining nomi va eksport kodi ko‘rsatiladi.
BChdan topshirish–BCh chiqish chegara stansiyasining kodi, poezdlar tuzish rejasiga mos xolda avtomatik tarzda aniqlanadi yoki taqdim etilgan ma’lumotnomadan tanlanadi.
O‘tish stansiyasi – aloxida oynada o‘tish stansiyalari kodi, nomlari va temir yo‘llarning mnemokodlari ro‘yxati keltirilgan xolda ko‘rsatiladi va avtomatik tarzda aniqlanadi.
Masofa – avtomatik tarzda aniqlanadi. O‘zgartirish kiritish mumkin.
Jo‘natish turi – ro‘yxatdan tanlab olinadi yoki ro‘yxat asosida kod kiritiladi.
tezlik – taqdim etilgan ma’lumotnomadan tanlanadi.
Xisoblash turi - TEO ga shartnoma bo‘yicha xisoblanadi yoki taqdim etilgan ma’lumotnomadan tanlanadi.
Valyuta – xisob kitob amalga oshiriladigan valyuta turi, TEO ga shartnoma bo‘yicha xisoblanadi yoki taqdim etilgan ma’lumotnomadan tanlanadi.
To‘lovchi – to‘lovchining nomi va kodi, TEO ga shartnoma bo‘yicha xisoblanadi, agar shartnoma bo‘yicha to‘lovchilar bir nechta bo‘lsa, u xolda ro‘yxatdan tanlanadi.
Ekspeditor-“Ekspeditorlar” tugmasi orqali chaqiriladigan aloxida ekranda, agar xisob turi “Ekspeditor orqali” ko‘rsatilgan bo‘lsa, jo‘natish temir yo‘li ekspeditorining kodi va nomi keltiriladi. Ekspeditorning kodi mijozlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida kiritiladi (mijoo‘ turi – ekspeditor).
Agar tranzit yo‘llar uchun ekspeditor to‘laydigan bo‘lsa, u xolda barcha ekspeditorlarni chiqarish lozim. Bunda xar bir ekspeditor bo‘yicha temir yo‘llar ma’muriyati, ekspeditor kodi va nomi va shu bilan birga xisob kitoblar amalga oshirilayotgan valyuta turi ko‘rsatilishi lozim..
Ekranda “BCh ekspeditorlarini 20 grafaga kiriting” belgisi mavjud bo‘lsa, u xolda yo‘l qog‘ozini bosib chiqarishda mos ravishdagi grafaga kiritiladi.
Jo‘natish bo‘yicha ma’lumotlar – konteynerli jo‘natmalar bilan ishlashda qo‘llaniladi: konteyner uri aniqlashtirib olinadi – KTK, STK, lozim bo‘lgan xolda konteynerlarni saralash stansiyasiga o‘zgartirish kiritiladi. Yurish marshrutini o‘zgartirish- stansiyalar ro‘yxatini berish imkoniyati beriladi, tarif masofasining xisobi esa o‘zgartirilgan marshrut bo‘yicha amalga oshiriladi.Bojxona xujjatlarini rasmiylashtirish stansiyasi berilishi mumkin. Mazkur stansiya avtomatik ravishda marshrutni sinish stansiyalari ro‘yxatiga tushadi.
Yukni tashishga qabul qilish sanasi–yuk amallarini yakunlanganligi to‘g‘risidagi bildirgining sanasi va vaqtiga mos keladi va qabul qilib topshiruvchining eslatmasi asosida to‘ldiriladi yoki yuk kassiri tomonidan kiritiladi.TYTBAT ga 410 xabarni jo‘natishda mazkur sana xabarnomaga qo‘yiladi.
Jo‘natish sanasi – jo‘natish joriy sanasi qo‘yiladi.
Yuk– jo‘natiladigan yuk to‘g‘risidagi ma’lumot aloxida ekran shaklida to‘ldiriladi.
Vagonlar/Konteynerlar – vagonlar (konteynerli jo‘natmalar uchun konteynerlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘ldiriladi. (6.4 ga qarang).



Download 53.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling