Nazariy bosqich - tadqiqot obyekti to’g’risidagi amaldagi va istiqboldagi
tasavvurlar hamda ularga bo’lgan talab o’rtasidagi ziddiyatni yengish.
Nazariy tahlil – pedagogik hodisalarning alohida jihatlari, belgilari,
xususiyatlari o’ziga xosligini aniqlash va tahlil etish.
Obyekt – insonning, subyektning bilish predmeti va faoliyati.
Odat – kishining ma’lum e’tiqodlar, qadriyatlar yoki axloqiy me’yorlardan
kelib chiqib amalga oshiradigan ongli faoliyati.
Pedagog – tarbiyachi, o’qituvchi, dars beruvchi.
Pedagogika – yosh avlod ta’lim va tarbiyasi haqidagi fan.
Pedagogikada antropologik yondashuv – odam to’g’risidagi barcha fanlar
ma’lumotlaridan muntazam foydalanish va pedagogik jarayonni tashkil etish hamda
amalga oshirishda ularni hisobga olish.
Pedagogikaning nazariy vazifasi – ilg’or va yangi pedagogik tajribalarni
o’rganish.
Pedagogikaning texnologik vazifasi – diagnostik sath – pedagogik hodisalar
holatini aniqlash; bashorat qilish sathi – pedagogik faoliyatni eksperimental tadqiq
qilish va shu asosda pedagogik voqyelikni yaratish modellarini o’rnatish; loyiha
sathi- pedagogik faoliyatning nazariy konsepsiyasi, uning mazmuni va xarakteri
asosida ularga muvofiq metodik materiallar (o’quv reja, dastur, darslik va o’quv
qo’llanmasi, pedagogik tavsiyanomalar) ishlab chiqish; yaratuvchilik sathi -
pedagogik fan yutuqlarini takomillashtirish va qayta rejalashtirish maqsadida ta’lim
amaliyotiga tatbiq etish; reflektik va tuzatma (korrektirovka) sathi - ilmiy tadqiqotlar
natijalarining ta’lim va tarbiya amaliyotiga singib ketishini baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |