Maqsad – faoliyat natijasini oldindan fikran belgilash.
Maqtov – foydali ish qilgan shaxsni, jamoani og’zaki taqdirlash.
Menejment – sosial, shuningdek, ta’lim jarayonlarini boshqarish tamoyillari,
metodlari, vositalari va shakllari majmuasi.
Metod – 1) tabiiy va ijtimoiy hayot hodisalarini tadqiq qilish, bilish usuli; 2)
harakat qilish usuli, tarzi.
Metodika – biror ishni tashkil qilishda maqsadga muvofiq qo’llanadigan
metodlar jami.
Metodologiya – 1) dunyoni ilmiy bilish metodi haqidagi ta’limot; 2) biror
fanda, shu jumladan pedagogikada qo’llanadigan metodlar jami.
Mifologiya - qadimgi dunyo xalqlarining dunyo va tabiat hodisalari, ularning
paydo bo’lishi haqidagi, xudolar va qahramonlar haqidagi rivoyatlari, afsonalari, bu
afsonada qadimiy xalqlarning dunyo va xudolar haqidagi ibtidoiy tasavvurlarining
aks etganligi.
Motiv – ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun asos bo’ladigan kishining ichki
faoliyat mazmuni.
Motivasiya – shaxsni faol xatti-harakatlarga undovchi sabablar, asoslar
to’plami bo’lib, u ayni zamonda kishi xulqini fiziologik va psixologik boshqarishning
dinamik jarayonini ham bildiradi va faoliyatining yo’nalishi, faolligi, uyg’unligi va
turg’unligini belgilaydi.
125
Do'stlaringiz bilan baham: |