Retrospektiv – o’tmishga murojaat etish.
Refleksiv malaka – pedagogga nisbatan qo’llanadigan nazorat - baholash
faoliyati.
Refleksiya – takrorlash, aks etish, o’z harakatlari va holatlarini tahlil qilish.
Rivojlanishning ehtimollik nazariyasi – shaxs psixikasi rivojlanishining har
bir davrini tasodifiy faktlar yig’indisiga ko’ra belgilashga asoslangan nazariya va u
avvalgi rivojlanish davridagi erishilgan sathga nisbatangina bog’liq bo’ladi.
Rol ijro etish – qatnashuvchilarning yakka va guruh bo’lib turli rollarda
(sahnada) chiqishi, obrazga kirishi.
Ruhiy pedagogik tayyorgarlik – pedagogikaning metodologik asoslari va
kategoriyalarini, shaxsning ijtimoiylashuvi va taraqqiyoti qonuniyatlari, ta’lim va
tarbiyaning mohiyati, maqsadi va texnologiyalarini bilish.
Sardor – guruh a’zolariga lozim bo’lgan vaziyatlarda sezilarli ta’sir o’tkaza
oladigan shu guruhning a’zosi.
Do'stlaringiz bilan baham: |