Suggestiya – uqtirish, to’la ishonch hosil qilish.
Suhbat – kuzatuv chog’ida yetarli darajada aniq bo’lmagan zarur axborotni
olish uchun qo’llanadigan tadqiqot metodi.
Tadqiqot obyekti – ziddiyat va muammoli vaziyat tug’diruvchi, bilishga
qaratilgan ilmiy tahlilga muhtoj obyekt.
Tadqiqot predmeti – bevosita o’rganilishi lozim bo’lgan va amaliy yoki
nazariy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadigan obyektning mohiyati, ma’lum bir
tomoni, xususiyati.
Tazyiq o’tkazish – uyatga qo’yish, aybdorlik hissi yoki ko’ngli
cho’kkanlarning fikri, hissiyoti, intilishi va maylini ularning ongidan xalos qilish.
Talqin qilish – biror hodisa yoki narsani izohlash, tushuntirish.
Takabbur – o’z manfaatlarini yuqori qo’yuvchi, manman shaxs.
Takt – misli ko’rilmagan tarzda o’zini tuta bilish.
Ta’lim – 1) shaxsning jismoniy va ma’naviy shakllanishining yagona
jarayoni, sosial etalonlarning ijtimoiy ong sifatida u yoki bu darajada qayd qilingan,
tarixan shartlangan ideal timsollarga ongli yo’naltirilgan ijtimoiylashish jarayoni; 2)
muayyan bilimlarni egallash g’oyaviy-axloqiy qadr, malaka, ko’nikma, axloq
me’yorlariga qaratilgan jamiyat a’zolarining ta’lim va tarbiyasi vazifasini bajaradigan
nisbiy mustaqil tizim.
Do'stlaringiz bilan baham: |