Ta’lim turlari – sokratcha suhbat metodi, an’anaviy ta’lim, izohli-namunali
(illyustrativ) ta’lim, bilimlarni mustaqil egallash, programmalashtirilgan ta’lim,
ta’limni algoritmlash jarayoni, differensiasiyali, individual ta’lim va boshqalar.
Tarbiya – 1) shaxsning ma’naviy va jismoniy holatiga muntazam va
maqsadga muvofiq ta’sir etish; 2) pedagogik jarayonda ta’lim maqsadlarini amalga
oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati.
Taqlid qilish – biror harakat, qiliq, ahd, fikr va hissiyotni takrorlash, aynan
o’zlashtirish.
Tafakkur – inson aqliy faoliyatining oliy shakli, insonlarni o’rab olgan
dunyodagi o’zaro bog’langan narsa va hodisalarni bilish jarayoni, muhim hayotiy
jarayonlarni his qilish va muammolarni hal qilish, ma’lum bo’lmagan voqyea
hodisalarni qidirish, kelajakni ko’ra olish. Tafakkur, tushuncha, hukm, xulosa
shakllarida namoyon bo’ladi.
Temperament – 1) shaxsning psixik faoliyati dinamikasining turli jihatlarini
bildiradigan turg’un individual xususiyatlarining qonuniy munosabatlari; 2)
shaxsning dinamik xususiyatlari: intensivlik, tezlik, temp, psixik jarayonlar va
holatlar ritmi.
Test – 1) standart shakldagi topshiriqlar bo’lib, aqliy taraqqiyot, qobiliyat,
bilim va malakani aniqlash maqsadida o’tkaziladigan sinovdir; 2) aniq sosiologik
tadqiqotlarda foydalaniladigan tarqatma material, savolnoma; 3) shaxs ruhiyati va
xulqining aniq miqdoriy va ma’lum sifat baholarini oldindan berilgan ba’zi standart –
test me’yorlari bilan qiyosiy o’rganishga mo’ljallangan psixologik tadqiqotlarning
standartlashtirilgan metodi.
Do'stlaringiz bilan baham: |