Microsoft Word Yangi texn doc


Psixomotor (harakatga oid) sohada


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/162
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#262775
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   162
Bog'liq
yangi pedagogik texnologiyalar (1)

 
Psixomotor (harakatga oid) sohada
-  kichik mexanizmlarni qismlarga ajratish va yig’ishni uddalaydi. 
 
Affektiv (hissiyotga oid) sohada
-  mashina va kichik mexanizmlarni qurilishdagi ahamiyatini his etadi
-  qurilishda mashina va kichik mexanizmlardan samarali va maqsadga muvofiq 
holda foydalanish zarurligini anglaydi. 
O’quv maqsadlari  bunday ko’rinishda aniqlanganda, birinchidan, ularga 
erishilganlikni aniq o’lchash imkoniyatiga ega bo’linadi, ikkinchidan, test yoki 
boshqa shakldagi nazorat topshiriqlari bu maqsadlarga muvofiq holda tuzilganda 
o’quv materialining mazmunini to’la qamrab olishga erishiladi, uchinchidan esa, 
aynan bir mashg’ulot o’quv maqsadlarining bir xil va aniq bo’lishi barcha fan 
o’qituvchilarining bir xil natijaga erishishlarini kafolatlaydi va bu bo’lajak o’quv 
jarayonining loyihalashda katta ahamiyatga ega bo’ladi. Ya’ni o’qitish natijalariga 
qarab, o’quv maqsadlari (nazorat topshiriqlari) mazmuniga hamda o’quv jarayoni 
didaktik konstruksiyalari mazmuniga tuzatishlar kiritib boriladi. Bu esa o’quv 
jarayonini doimo rivojlanib va takomillashib boruvchi pedagogik tizim ekanligini 
ta’minlaydi. Pedagogik texnologiyada aniqlashtirilgan o’quv maqsadlarini talabalarni 


 
54
tashqaridan kuzatiladigan hatti-harakatini anglatuvchi fe’llarda ifodalash qabul 
qilinganligini yuqorida ta’kidlab o’tilgan edi.  
O’quv maqsadlarini aniqlashtirishga juda ko’p vaqt sarflanadi, lekin bu 
o’qituvchi faoliyatining muhim tomonlarini-o’quv jarayonini rejalash,nazorat qilish 
va baholashni qamrab olganligi esa, uning ahamiyatini yanada oshiradi. Shuningdek, 
o’quv maqsadlarini aniqlashtirishning yana bir ahamiyati, ularni bevosita test 
topshiriqlariga aylantirish mumkinligidadir. Aniq o’quv maqsadlarini bevosita test 
topshiriqlariga aylantirishga misollar 7-jadvalda keltirilgan. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling