63
O’zaro bog’langan qisqa yopiq topshiriqlar zanjirchasi
bilimlarning har qanday
murakkab o’quv materialini o’zlashtirish sifatini tekshirishga imkon beradi.
Yopiq
testlarni ishlab chiqishda noto’g’ri, biroq to’g’riga o’xshab ko’ringan
javoblarni
ta’riflash asosiy qiyinchilini tashkil qiladi. Agar ular muvaffaqiyatsiz tuzilgan bo’lsa,
to’g’ri javob ular orasida ajralib turadi va hatto yaxshi
bilmaydigan talaba ham uni
osonlikcha topishi mumkin. Bu holda topshiriq o’zining
tekshiruvchi funksiyasini
yo’qotadi. Topshiriq yaroqli bo’lishi uchun hamma javoblar talabani o’ziga jalb
etadigan bo’lishi zarur. Shundagina tanlab olinadigan javoblari bo’lgan
topshiriq
muvaffaqiyatli chiqadi. Har bir noto’g’ri javobning o’ziga
jalb etadigan tomoni, shu
javobni tanlangan talablarning salmog’i bilan belgilanadi. Bu ulush nechog’li yuqori
bo’lsa, mazkur javob yaxshi ta’riflangan bo’ladi. Agar talabalar yaqqol noto’g’ri
javobni to’g’ri
javob sifatida tanlamasalar, bunday javobni almashtirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: