Har bir bilim va ko’nikmani tekshirishga test topshiriqlarining muayyan foizi
ajratilishi zarur. Test rejasini ishlab chiqishda bu g’oyat muhim ishdir, test
validligi, ya’ni uning o’quv dasturiga muvofiqligi ko’p jihatdan ana shunga
bog’liq bo’ladi.
Bu masala bo’yicha, test ishlab chiquvchilar o’quv fanining ishchi o’quv
dasturini tahlil qilish asosida muayyan bir fikrga kelishlari mumkin. So’ngra qabul
qilingan topshiriqlar sonini o’quv fani bo’limlari va o’zlashtirish darajalari bo’yicha
taqsimlanadi. 8-9 jadvallarda 120 ta topshiriqni o’quv fanining 4 ta bo’limi va
o’zlashtirish darajalari bo’yicha taqsimlash misol keltirilgan.
Bunday rejani ishlab chiqish test validligiga, uning o’quv dasturi mazmuniga
muvofiqligi va talabalar olgan bilim, ko’nikma va malakalarining puxta bo’lishini
kafolatlaydi. Testning umumiy rejasi ishlab chiqilgandan so’ng, topshiriqlarni tanlash
va tuzish - eng mas’uliyatli bosqich hisoblanadi. Yuqorida aytilganidek, bu vazifa
odatda kurs bo’yicha bir necha marta dars bergan va test bo’yicha talabalar bilimini
sinab ko’rgan eng tajribalar o’qituvchilar ishtirokida amalga oshiriladi.
70
Do'stlaringiz bilan baham: |