68
nisbatan samarali hisoblanadi. Bunday natija o’quv materialini yaxshi o’zlashtirgan
yoki chuqur tayyorgarlik ko’rmagan talabani aniqlashni osonlashtiradi. Shuning
uchun ham, abituriyentlarni tanlash, bitiruv imtihonlari
kabi muhim tadbirlar uchun
test topshiriqlari o’quv dasturini to’liq o’rgangan talabalarning 50 foizi bajara olishi
mumkin bo’lgan darajada tayyorlanadi. Demak, ma’lum bir yo’nalishdagi testlar
uchun 50 foizlik natija yaxshi ko’rsatkichdir.
Shuni unutmaslik kerakki, o’z sinfi
uchun muallimlar tomonidan tayyorlangan test topshiriqlari boshqacharoq mezon
bilan baholanadi. Bunda 50 emas, balki 85 foiz ko’rsatkich
maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Bu xaqda oldingi mavzuda bayon etilgan.
12.
To’g’ri javobda qo’shimcha belgilarning mavjud bo’lmasligi. Test
tuzishda tajribasiz kishi tushunarli bo’lsin, degan maqsadda to’g’ri javobni boshqa
javoblarga nisbatan kengroq va batafsilroq bayon qiladi. Talabalar bu farqni tez
anglab oladilar va javobni ana shu belgiga qarab aniqlashadi. Bunga aslo yo’l qo’yib
bo’lmaydi.
13.
Variativlik. O’quv materialidagi ma’lum bir mavzuni o’zlashtirishni
nazorat qilish
uchun mantiqiy fikr bayoni, sintaktik tuzilishi, morfologik belgilari
yoki murakkablik darajasiga ko’ra turlicha bo’lgan, lekin bitta o’quv
materialiga
tegishli test savollari tuzish mumkin. Bu bir o’quv maqsadiga erishish yo’lida
topshiriqlar turkumini yaratish imkonini beradi (invariant testlar). Shu bois
kompyuter test tizimi topshiriqlarning variativlik xususiyatiga asoslangan. Bunda
kompyuter navbatlagi topshiriqni avvalgi savolga berilgan javobga ko’ra tanlaydi.
14.
Do'stlaringiz bilan baham: