Shaklan va mazmunan o’zaro bog’liqlik. Bu talab falsafadan, uning
qoidalarini san’at asarlarini o’rganishga qiyoslashdan olingan. Gegel fikricha, haqiqiy
san’at asari shaklan va mazmunan yaxlit asardir. Binobarin, test topshiriqlari ham
shaklan va mazmunan uyg’un bo’lishi lozim. Test topshiriqlarini yuqoridagi talablar
asosida tuzish, o’qituvchilarning test tuzish nazariyasi bo’yicha ma’lumotga ega
bo’lishlarini talab qiladi. Buning uchun testshunoslik kurslarida o’qish va tegishli
adabiyotlarni mustaqil o’zlashtirib borish zarur.
Test topshiriqlari tuzishga oid yuqoridagi talablarga rioya qilish, ularning
talabalar bilimini haqqoniy va aniq o’lchash xususiyatlarini ta’minlaydi. Buning
uchun test topshiriqlari tuzishda mutaxassis olimlar, fan o’qituvchisi, uslubchi,
pedagog va psixologlarning hamkorlikdagi faoliyatini ta’minlash zarur.
2. Test rejasini ishlab chiqish. O’quv fan bo’yicha test topshiriqlari tuzishni
Do'stlaringiz bilan baham: |