Microsoft Word Yangi texn doc


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/162
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#262775
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   162
Bog'liq
yangi pedagogik texnologiyalar (1)

uning rejasini ishlab chiqishdan boshlash  tavsiya qilinadi.  Avval fan bo’yicha test 
topshiriqlarining umumiy soni belgilanadi. Tegishli kafedra bu masala bo’yicha qaror 
qabul qiladi.  Bunda mazkur o’quv fanini o’rganishga ajratilgan umumiy soatlar soni 
va test tuzishga oid talablar hisobga olinadi. Darsxona mashg’ulotlarining hajmi katta 
bo’lgan kurslar uchun o’quv rejasi bo’yicha mazkur o’quv fani soatlaridan ko’proq 
test topshiriqlari sonini tanlash maqsadga muvofiq.  Bu mashg’ulotlarning har bir 
o’quv soatiga testda 1-2 ta savol qo’yishga imkon beradi.  Masalan, hajmi 144 soatlik 
o’quv faniga bir variant uchun 150-160 topshiriqni ishlab chiqish mumkin. Agar 
o’quv fanining soati ko’p bo’lmasa, (mas. 36 soat) test topshiriqlar sonini 
belgilashda, uning ishonchliligi bilan bog’liq bo’lgan fikrlarga asoslanib ish ko’riladi. 
Bunga asosan 50 topshiriqda ishonchlilik (bilimlarni o’lchash aniqligi) taxminan 0,7 
bo’ladi, ishonchlilikni 0,9 ga yetkazish uchun topshiriqlar soni 130 ta bo’lishi kerak.  


 
69
Ishonchliligi 0,7 dan kam bo’lgan topshiriqlar yakuniy baholash uchun yaroqsiz 
hisoblanadi. Shuning uchun ham, yakuniy baholash uchun tuzilgan test 
topshiriqlarining soni eng kamida 50 ta bo’lishi qabul qilingan.  
 
Test rejasi ishlab chiqilgandan keyin, talabalarning tegishli o’quv fanni 
o’rganish natijasida, ular oladigan bilimlarni egallashga va ko’nikma hosil qilishga 
oid talablarni shakllantiriladi. Bu talablar odatda o’quv fani bo’yicha ishchi 
dasturning  «fanning maqsad va vazifalari» bo’limida yoziladi. Test topshiriqlari 
talab etiladigan bilimlar, ko’nikmalarni egallash darajasini to’la-to’kis aniqlashi 
kerak. Buning uchun test topshiriqlarida aks ettirilishi zarur bo’lgan muayyan 
masalalar ro’yxati (test spesifikasiyasi) ishlab chiqiladi.  Masalan: 
A - ta’riflay olishni bilish; 
B - qonunlar, formulalar, tamoyillarni bilish; 
V - masalalar yechishda qonunlar, formulalarni qo’llashni bilish; 
G - o’xshashlik va tafovutni topishni bilish; 
D - sxema va grafiklarni o’qishni bilish; 
Ye - apparatlar (texnik moslamalar)ning tuzilishi va ishlatish qoidalarini bilish
J- EHM qo’llab matematik modellar va eng maqbul hisob-kitob uslublaridan 
foydalanishni bilish; 
Z - oldindan tanish bo’lgan sharoitda qaror qabul qila olish (bemorga tashhis 
qo’yish, mashinani texnik holati to’g’risida axborot berish, mavjud 
ma’lumotlar asosida boshqarishni bilish va h.k) va boshqalar.                           
O’z-o’zidan ravshanki, keltirilgan ro’yxat universal xarakterga ega emas, u har 
bir o’quv fanining o’ziga xosligi asosida tuziladi.  Masalan: chet tillar bo’yicha jumla 
tuzish kabi elementlar; tarixdan muhim voqyealar, atoqli arboblarning ismi-shariflari, 
jamiyat rivojlanishining izchilligi kabi elementlarni o’z ichiga oladi.  

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling