Microsoft Word Yangi texn doc


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/162
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#262775
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   162
Bog'liq
yangi pedagogik texnologiyalar (1)

Foydalanilgan adabiyotlar: 
a) asosiy adabiyotlar 
1. Tolipov O’.Q., Usmonboyeva M. “Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari” 
Toshkent. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti. 2006. – 
149-175b. 
2. Shojalilov A., Abduraximov S.A., G’ofurov S.A., Yusupov F.M. “Injenerlik 
pedagogikasi va ilg’or pedagogik texnologiyalar” T.: 2004.-29-44b. 
3.  Farberman B. L. Ta’limda eng muhim yangilik. // Ma’rifat. 1995 yil. 24 may.  
 
Tanqidiy tafakkur nutq bilan chambarchas bog’liq. Psixologiyada og’zaki, 
yozma, ichki, tashqi, aktiv va passiv nutq turlari mavjudligi ko’rsatiladi. Shaxsda 
nutqning barcha turlari rivojlangan bo’lishi kerak. 
Og’zaki nutqdan talaba “Aqliy xujum”, “Munozara o’tkazish”, o’qilgan material 
bo’yicha fikr bayon etish va boshqalarda foydalaniladi. Shu kungacha ta’lim 
jarayonida og’zaki nutqning rivojlanishiga ko’proq e’tibor berilgan. Yozma nutqning 
shakllanish va rivojlanishiga xam e’tibor berilgan. An’anaviy ta’lim usulida yozma 
nutqni shakllantirish va rivojlantirishga yetarli e’tibor berilgan. 
Yozma nutq inson hayotida keyinroq shakllanadi. Alohida e’tibor berib 
mashqlantirilmasa, u yetarli rivojlanmay qolishi mumkin. 


 
115
Yozma nutq talabaning fikrlanishi rivojlantirishda muhim o’rin tutadi. Yozma 
nutq fikrni keng va chuqur o’ylab bayon etishni, aniq ifodalashni, bayon etayotgan 
fikr bo’yicha o’ylashni talab etadi. 
Yozma nutq talabalarda quyidagi sifatlarni shakllantiradi va o’stiradi: 
1. Yozma nutq talabada o’zining shaxsiy nuqtai nazarini shakllantirishga, o’z 
fikri va tajribasini kadrlashga o’rgatadi. 
2. Yozma nutq talabani muammoni chuqurroq tushunishga majbur etadi: talaba 
ma’lum fikrni yozma fodalangandan so’ng, uni tahlil etadi. Yangi fikrlar tug’iladi. 
Yozma nutq tanqidiy tafakkurni o’stiradi. 
3. Yozma nutq talabaning qiziquvchanligini o’stiradi, kuzatuvchanligini 
shakllantiradi. 
4. Yozma nutq asosida fikr bayon etilganda talaba o’z kursdoshlarining 
bildiradigan fikrini o’ylab ish tutadi. Yozma ishda xamkorlik namoyon bo’ladi. 
5. Yozma nutq talabadagi o’qish ko’nikmalarni rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. 
Talaba o’qganda xar bir so’z, ibora va jumlalarga e’tibor berish imkoniyatiga ega 
bo’ladi. Ta’lim jarayonida yozma nutqning rivojlanishiga alohida e’tibor berish 
pedagogik texnologiyaning asosiy talabi hisoblanadi. 
Pedagogik texnologiya asosida dars o’tishda ta’limning barcha bosqichida 
(da’vat, anglash, fikrlash) yozma ishlardan foydalanish zarur. Tanqidiy tafakkurni 
rivojlantirishga oid maqola va kitoblarda yozma nutq turlariga katta e’tibor yerilgan. 
“Tanqidiy tafakkurni rivojlantirish vositalari” kitobida yozma nutqning quyidagi 
turlari ko’rsatilgan: 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling