Microsoft Word Yangi texn doc
sharoitdagi o’zlashtirish sur’ati
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi pedagogik texnologiyalar (1)
sharoitdagi o’zlashtirish sur’ati bilan aniqlashni taklif etdi. B.Blum talabalar
qobiliyatini turli fanlarni o’qitilishida, materialni o’rganish uchun cheklanmagan vaqtdan foydalanishni taklif etadi. Va u talabalarni quyidagi toifalarga ajratadi [1]. 1. Kam qobiliyatlilar (5 foiz atrofida) juda ko’p vaqt sarflanganda ham belgilangan bilim va ko’nikmalar darajasini egallay olmaydilar. 2. Iqtidorli bolalar (5 foiz atrofida), ular boshqalarni kuchi yetmagan topshiriqlarni uddalaydilar va yuqori sur’atda o’zlashtiradilar. 3. Oddiy qobiliyatli talabalar - ular ko’pchilikni tashkil etadilar (90 foiz atrofida) va o’zlashtirish qobiliyatlari ajratilgan vaqtga bog’liq bo’ladi. Bu ma’lumotlar asosida, o’quv jarayoni to’g’ri tashkil etilsa va unga ajratilgan vaqt qat’iy cheklanmasa, 95 foiz talabalar materialni to’la o’zlashtirishga erishishlari mumkin, qolganlari esa to’la o’zlashtira olmaydilar degan fikrga kelindi. Agar o’qish shartlari (uslublar, usullar, o’quv materiali, ajratilgan vaqt) barcha uchun bir xil bo’lsa, talabalarning ko’pchiligi bilim va ko’nikmalarni egallashda «o’rtacha» natijaga erishadilar. Talabalarning qobiliyati bo’yicha taqsimlanishi va ular erishgan o’quv natijalari yoyilmasi orasidagi bunday bog’liqlik B. Blum tajribasida ham tasdiqlandi. U talabalar qobiliyatlarini o’qitishdan oldin aniqladi va o’quv natijalariga ko’ra yuqori qobiliyatli talabalar yuqori ko’rsatkichga, o’rtacha qobiliyatlar esa o’rtacha va past qobiliyatlilar - past ko’rsatkichlarga erishganliklarini qayd kildi. Lekin, odatdagi o’qitishdan farqli holda, o’quv jarayonini eng maqbul holda tashkil etilsa (eng avvalo o’qitish sur’ati bo’yicha), o’quv materialini deyarli barcha talabalar tomonidan o’zlashtirishga erishilgan. Bu holda talabalar qobiliyatlari va o’zlashtirish natijalari o’rtasidagi bog’liqlik sezilarli darajada pasayadi, ya’ni faqat yuqori qobiliyatli talabalargina emas, balki o’rtacha va past qobiliyatlilari ham yuqori darajalarga erishishlari mumkin. Shunday qilib, to’la o’zlashtirish modeliga asoslangan o’qitishning asosiy belgilaridan biri, deyarli barcha talabalar erisha Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling